Quyosh energiyasidan foydalanishning energetik tizimlari va qurilmalari


Download 0.89 Mb.
bet7/60
Sana31.01.2024
Hajmi0.89 Mb.
#1819035
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   60
Bog'liq
Quyosh energiyasidan foydalanishning energetik tizimlari va qurilmalari

Quyosh doimiysi. Quyosh markazidan bir astronomik birlik masofada (Yer atmosferasidan tashqarida) nurlanish oqimiga perpendikulyar joylashgan 1 m2 maydon orqali o‘tayotgan quyosh nurlanishi oqimiga Quyosh doimiysi (E0~1367 Vt/m2) deyiladi.
Ammo bu qiymat doimiy kattalik emas, xaqiqatdan ham u yil davomida o‘zgarib turadi: ±1,5% ga vaqt bo‘yicha Quyosh nurlanishi oqimining o‘zgarishi hisobiga; ±4% ga yil davomida Yer va Quyosh o‘rtasidagi masofaning o‘zgarishi hisobiga amalga oshadi. Quyosh doimiysining yil davomidagi o‘zgarishining orientatsiyalangan grafigi 1.3-rasmda keltirilgan.



1.3-rasm. E0 ning yil davomida o‘zgarishi


Quyosh nurlanishi spektral zichligi. Quyoshni ulkan termoyadro reaktoriga o‘xshatish mumkin. Uning ichki qismida har doim yadro sintezi reaksiyasi sodir bo‘lib turadi. Yadrodan chiqayotgan nurlanishning spektral zichligi bir tekis emasdir. Quyoshda har sekundda o‘rtacha materiya ajralib chiqib tasavvur qilib bo‘lmas energiyaga aylanadi va u elektromagnit to‘lqinlar ko‘rinishida kosmosda nurlanadi.
Mutlaq qora jism - har qanday temperaturada oʻziga tushayotgan barcha nurlanishlarni (toʻlqin uzunligidan qatʼi nazar) yuta oladigan jism; yutish krbiliyati birga teng. Mutlaq qora jismj. nurlatgan yorugʻlikning spektral tarkibi va energiyasi faqat shu jism temperaturasi bilan aniqlanadi, ammo uning kimyoviy tarkibiga bogʻliq boʻlmaydi. M.k, j. tabiatda mavjud emas, uni faqat sunʼiy yoʻl bilan hosil qilish mumkin. Buning uchun ichi kovak, no-shaffof jism biror aniqtragacha qizdiriladi. Teshik A dan jism kovagi S ga kirgan har qanday nur S ichki devordan koʻp marta kaytishi natijasida toʻliq yutiladi, orqaga qaytib chiqmaydi (rasmga q.). Yuqorida koʻrsatilgan tarzda biror temperaturagacha qizdirilgan jismning teshigidan chiqayotgan nurlanishni Mutlaq qora jismj.ning nurlanishi deyish mumkin. Mutlaq qora jismj. qonunlari jismlarning xossalarini aniqlashga imkon beradi va muhim ilmiy va amaliy ahami-yatga ega. Masalan, Mutlaq qora jismj.ning Plank nurlanish qonuni energiya kvantlari haqidagi gʻoyani ilgari surdi. Bu esa, oʻz navbatida, kvant mexanikaga asos soldi.[1]

Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling