R e j a: Kirish brics tashkiloti haqida. Brics mamlakatlari iqtisodiyotiy ko’rsatkichlari jahon iqtisodiyotida tutgan o’rni. O’zbekiston Respublikasi va brics mamlakatlari bilan munosabatlari Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar. Kirish


Download 1.11 Mb.
bet5/8
Sana21.04.2023
Hajmi1.11 Mb.
#1371668
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
brics mustaqil ish 23

Janubiy Afrika Respublikasi

Janubiy Afrika Respublikasi (JAR) (afrikaanscha: Republiek van Suid-Africa; ing: Republic of South Africa) — Afrika janubdagi mamlakat. Maydoni 1221 ming km². Aholisi 60 mln. kishidan ortiq (2021). Poytaxti—Pretoriya shahri Maʼmuriy jihatdan 9 viloyat (provinsiya)ga boʻlinadi.




Iqtisodiyoti

Iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlari — ishlab chiqaruvchi sanoat (yalpi ichki mahsulotning 22,6 %), konchilik sanoati (13 %), moliya (15,21 %), savdo va sayyoxlik industriyasi (11,52 %), transport va aloqa (9,11 %), qishloq xoʻjaligi (5 %) va baliqchilik (4,7 %). Xizmat koʻrsatish sohasi, neft va gaz qazib olish hamda Iqtisodiyoti qayta ishlashni istiqbolli sohalar qatoriga qoʻshish mumkin9. Sanoati. Janubiy Afrika Respublikasi oltin (yiliga oʻrtacha 530 t dan koʻproq), platina metallari guruxi (100 t ga yaqin), vanadiy, xrom va marganets rudalari, surma, olmos qazib olishda dunyoda oldingi oʻrinlarda, koʻmir qazib chiqarishda 5- oʻrin, uran qazib chiqarishda 7-oʻrinda turadi. Temir rudasi, mis, asbest va boshqa ham qazib olinadi. Yiliga oʻrtacha 170 mlrd. kVt-soat elektr energiyasi ishlab chiqariladi. Qora metallurgiya, mashinasozlik, kimyo, neftni qayta ishlash, sement, toʻqimachilik, oziq-ovqat sanoati rivojlangan. Qishloq xoʻjaligi mahsulotining deyarli hammasi oq tanlilarga qarashli fermer xoʻjaliklari hissasiga toʻgʻri keladi. Asosiy ekinlari: makkajoʻxori (7,7 mln. tonna, 1999), shakarqamish (21 mln. tonna), bugʻdoy (1,5 mln. tonna), kartoshka, tamaki, sitrus va boshqa mevalar. Mamlakat hududining taxminan 80 % (98 mln. gektar)dan qishloq xoʻjaligi maqsadlari uchun foydalaniladi. Qariyb 1,4 mln. gektar yer sugʻoriladi. Ekinlarni sugʻorish uchun Vaal, Ulifants, Krokodayl, GreytFish va boshqa daryolardan suv olinadi. Chorvachilikda qoramol, qoʻy, echki, choʻchqa boqiladi. Qoʻy juni yetishtirishda mamlakat faqat Avstraliya, Yangi Zelandiya, Argentinadan keying oʻrinda turadi. Sut chorvachiligi asosan yirik shaharlar atrofida. Transporti. $1ransport yoʻlilarning uz. — 33,8 ming km, shundan 5 ming km ga yaqini elektrlashtirilgan. Qattiqqoplamali avtomobil yoʻllarining uz. — 56,4 ming km. Neft va neft mahsulotlari portlardan asosiy sanoat markazlariga quvurlar orqali oqiziladi. Dengiz floti rivojlangan10. Eng muhim portlari: Durban, Keyptaun, Port-Elizabet, IstLondon. 3 ta xalqaro aeroport bor. Tashqi savdo aylanmasi yiliga 40 mlrd. AQSH dollaridan oshadi. Chetdan asosan mashina va asbob-uskunalar sotib oladi, chetga mineral va qishloq xoʻjaligi xom ashyosi, olmos va metallar, kimyo va qishloq xoʻjaligi mahsulotlari chiqaradi. Janubiy Afrika Respublikasi jun eksport qilishda dunyoda 4-oʻrinda turadi. Yiliga salkam 70 mln. litr vino eksport qiladi. Tashqi savdodagi asosiy mijozlari: AQSH, Buyuk Britaniya, Germaniya, Yaponiya, Shveysariya, Pul birligi — rand.





Download 1.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling