Ra, bayrog’im! Zafar sari otlangan Sohibqironga


Download 8.09 Kb.
Sana07.05.2023
Hajmi8.09 Kb.
#1437404
Bog'liq
Buxoro viloyat Romitan tuman 2-maktab 11-sinf o\'quvchisi Musayeva Maryam


Hilpira, bayrog’im!
Zafar sari otlangan Sohibqironga,
Har qadam, har lahzada baxsh etding g'urur.
Or-nomus sanalding yalovbardorga,
Vujudida to'ldirib bir olam surur.

Erk tuyg'usin tuymoq istagan Kubro,


Seni mahkam tutdi qizg'anib yovdan.
Ruh tanini tark etdi, tug' qo'lda mahkam,
Dushman chora topmadi ilkin kesmoqdan.

Tafakkur bayrog'in tutgan jadidlar


Qilmoqni istadi xalqni hurfikr
Ozod yurt dardida ketgan shahidlar
Hayotini o'mardi ayrim bag'ri kir.

Hilpirashing kutdi qadoq qo'l xalqing


Sen eding go'yoki umid mash'ali
Sabrda tengsizim o'zbek ajdodim
Yoshlandi ko'z yurtim hur bo'lgan mahali

Senda aksin topdi charog'on osmon


Tarmoqlandi misli qudrat irmog'i
Adolat, haqiqat pokiza rangda
Jannatmonand yurtim zumrad qirg'og'i.

E'tirofga munosib avlod qo'lida


Mustahkam joy olding tanidi dunyo
Madhiyam yangrar chog' yuksalding ko'kka
Chempioning surtdi ko'zga aylab to'tiyo.

Bayrog'im, g'ururim, iftixorimsan


Millatim, o'zligim, sharaf-shonimsan
Inson qadri aziz yurtda yasharman
Hilpira, hilpira, abad, orimsan!

Maryam Musayeva
Buxoro viloyati Romitan tumani 2-maktab 11-sinf o’quvchisi
Download 8.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling