«radiotexnik o’lchovlar» fаni


Download 148.6 Kb.
Sana23.11.2023
Hajmi148.6 Kb.
#1794988
Bog'liq
15-mavzu

« RADIOTEXNIK O’LCHOVLAR»   FАNI

To’rtta diodli zanjirdan iborat o’zgartgichning parabolik shakldagi volt-amper xarakteristikasining shakllanishi

Reja :

  • 1. Siljish kuchlanishini bo’lgich qarshiliklarini tanlash bilan o’zgartirib, kesish nuqtasining holatini (vaziyatini) siljitish
  • 2. Kuchlanishning o’rtacha to’g’rilangan qiymatini o’z­gart­gich.
  •  

Siljish kuchlanishini bo’lgich qarshiliklarini tanlash bilan o’zgartirib, kesish nuqtasining holatini (vaziyatini) siljitish mumkin. To’rtta diodli zanjirdan iborat o’zgart­gich­ning parabolik shakldagi volt-amper xarakteris­tika­si­­ning shakllanishi 5.12-rasm­da ko’rsatilgan.

  • Siljish kuchlanishini bo’lgich qarshiliklarini tanlash bilan o’zgartirib, kesish nuqtasining holatini (vaziyatini) siljitish mumkin. To’rtta diodli zanjirdan iborat o’zgart­gich­ning parabolik shakldagi volt-amper xarakteris­tika­si­­ning shakllanishi 5.12-rasm­da ko’rsatilgan.
  • Siljish kuchlanishlari E1...E4 ni tanlash bilan to’rtta diod kesish nuqtalarining zaruriy vaziyatlari tanlanadi. Agar kvadrator kirishidagi kuchlanish E1 dan ortiq bo’lsa, diod D3 (5.11-a rasm) ochiladi, tok diod, bo’lgichning pastki re­zistori orqali, keyin kor­pusga boradi va o’lchash asbobi orqali transformatorning o’rta nuqtasiga oqadi. Kuchla­nish­­ning keyingi ortishida diod D4 ochiladi va navbatdagi diodli zanjir o’tkazuvchi bo’­la­di va h.k. Barcha diodli zan­jir­­larning toklari qo’shiladi va o’lchash asbobi orqali o’tadi.

Kuchlanishning o’rtacha to’g’rilangan qiymatini o’zgartgich.

  • O’rtacha to’g’rilangan qiy­matni o’zgartgich – bu o’zgarmas kuch­la­­nishni o’lchanayotgan kuchlanishning o’rtacha to’g’rilangan qiymatiga proportsional tokka o’zgartgichdir. Ko’pincha, bun­day o’zgartgich magnitoelektrik asbob bilan birikti­rilgan ikki yarim davrli to’g’rilagich bo’lib, u bir vaqtda ikki vazifani bajaradi – o’lchanayotgan kattalikni ko’rsa­tishlarga o’zgartiradi va o’rtacha to’g’rilangan kuchlanish ta’rifi
  • ga muvofiq ravishda o’rtachalash operatsiyasini bajaradi.

Ko’prikli sxema eng ko’p tarqalgan (5.13-rasm). Kirishdagi o’zgaruvchan kuchlanishning musbat yarim davrida tok D1 diod orqali, ko’prikning rezistor va magnitoelektrik tizimli strelkali asbobni o’z ichiga olgan diagonali orqali, keyin D3 diod orqali oqadi. Manfiy yarimto’lqinda D1 va D2 diodlar yopiladi va tok pastki kirish qisqichidan diod D4, ko’prik diagonali (o’sha yo’nalishda), diod D2, yuqori kirish qisqichi orqali oqadi. Shunday qilib, o’zgaruvchan kuchla­nishni o’zgarmas pulslanuvchi kuchlanishga o’zgartirish amalga oshiriladi. O’rtalashtirish operatsiyasi magnitoelektrik tizimli asbobning inertsion xossalari hisobiga amalga oshiriladi.

  • Ko’prikli sxema eng ko’p tarqalgan (5.13-rasm). Kirishdagi o’zgaruvchan kuchlanishning musbat yarim davrida tok D1 diod orqali, ko’prikning rezistor va magnitoelektrik tizimli strelkali asbobni o’z ichiga olgan diagonali orqali, keyin D3 diod orqali oqadi. Manfiy yarimto’lqinda D1 va D2 diodlar yopiladi va tok pastki kirish qisqichidan diod D4, ko’prik diagonali (o’sha yo’nalishda), diod D2, yuqori kirish qisqichi orqali oqadi. Shunday qilib, o’zgaruvchan kuchla­nishni o’zgarmas pulslanuvchi kuchlanishga o’zgartirish amalga oshiriladi. O’rtalashtirish operatsiyasi magnitoelektrik tizimli asbobning inertsion xossalari hisobiga amalga oshiriladi.

5.14-rasmda kirishga garmonik signal berilganida to’g’rilangan kuchlanish va uning o’rtacha to’g’rilangan qiymati ko’rsatilgan.

  • 5.14-rasmda kirishga garmonik signal berilganida to’g’rilangan kuchlanish va uning o’rtacha to’g’rilangan qiymati ko’rsatilgan.

Download 148.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling