Rashid zohid


Download 0.83 Mb.
bet49/100
Sana31.01.2023
Hajmi0.83 Mb.
#1144024
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   100
Bog'liq
QO\'LLANMA

Devoni Lutfiy
SHoir devonining qo‘lyozmalari O‘zR FA SHI fondida, Tojikiston FA qo‘lyozmalar fondida, Rossiya FA Sankt-Peterburg SHarq qo‘lyozmalari instituti fondida, Parij Milliy kutubxonasida, Londondagi Britaniya muzeyida, Turkiyaning Istanbul universiteti hamda Bursa shahar muzeyi kutubxonasida, Germaniyaning Gota shahri, Tehrondagi Sipohsolar qo‘lyozmalar fondida hamda sharqshunos olimlarning shaxsiy kolleksiyalarida saqlanmoqda. Lutfiy devonining qo‘lyozmalari XV-XVII asrlarda Hirot madaniy muhitida, XVIII asrdan XX asr boshlarigacha oid qo‘lyozmalar esa O‘rta Osiyoda, xususan, Xorazm, Qo‘qon, Farg‘ona va Jizzax madaniy muhitlarida ko‘chirilgan.111
Atoyi devoni
Atoyi XIV asr shoiri.
1927 yilda A.N. Samoylovich Atoyi devonining topilishi bilan bog‘liq tarixni shunday hikoya qiladi: “Osiyo muzeyida vaqtinchalik saqlangan qo‘lyozmalar orasida qirralari charmdan ishlangan maxsus yopqichli, karton g‘ilofga solingan bir devon topildi. YOpqichda: “ديوان شيخ زاده” deb yozilgan eski yorliq, g‘ilofning karton qismida shunday yozuvlar bor: “V’ znak’ pamyati podarena Fatx Ali Xanom’ Beglyar Begi Tabrezskim sego 1818 goda iyunya 12 dnya Knyazyu Vasiliyu Bebutovu” (tarjimasi: “Tabrizlik beglarbegi Fath Alixondan 1818 yil iyunning 12-kunida knyaz Vasiliy Bebutovga esdalik uchun sovg‘a qilindi”).112
Devon bugungi kunda Sankt-Peterburgdagi SHarqshunoslik institutining SHarq qo‘lyozmalari bo‘limida 22V-2456 raqami bilan saqlanadi.
Sakkokiy devoni
Mavlona Sakkokiy XIV asr shoiri.

  1. Sakkokiy devoni qo‘lyozmasi Britaniya muzeyida № 2079 raqami ostida saqlanmoqda.

  2. Toshkentda O‘zRFA SHI fondida № 7685 raqami ostida qo‘lyozma saqlanmoqda. Bu qo‘lyozmalardan Britaniya muzeyidagi nusxaning ko‘chirilgan yili qadimiyroq.

2-ilova
Ilmiy-tanqidiy matnlar


1.Alisher Navoiy. “Mezonul avzon”


Ilmiy-tanqidiy matn tayyorlovchi: I. Sulton (1947)113

2.Alisher Navoiy. Xamsa. “Sab’ai sayyor”


Ilmiy-tanqidiy matn tayyorlovchi: P. SHamsiev (1956)

3.Alisher Navoiy. Xamsa. “Farhod va SHirin”


Ilmiy-tanqidiy matn tayyorlovchi: P. SHamsiev (1963)

4.Alisher Navoiy. Xamsa. “Hayratul abror”


Ilmiy-tanqidiy matn tayyorlovchi: P. SHamsiev (1970)

5.Alisher Navoiy. “Lisonut tayr”


Ilmiy-tanqidiy matn tayyorlovchi: SH.Eshonxo‘jaev (1965)114

6.Alisher Navoiy. “Xazoyinul ma’oniy”


Ilmiy-tanqidiy matn tayyorlovchi: H.Sulaymon (1965)

7.Gulxaniy. “Zarbulmasal”


Ilmiy-tanqidiy matn tayyorlovchi: F.Ishoqov (1965)115

8.Alisher Navoiy. “Nazmul javohir”


Ilmiy-tanqidiy matn tayyorlovchi: M. Rashidova (1991)116

9.Alisher Navoiy. “Saddi Iskandariy”


Ilmiy-tanqidiy matn tayyorlovchi: M. Hamidova (1994)117

10.Alisher Navoiy. “Nasoyimul muhabbat”


Ilmiy-tanqidiy matn tayyorlovchi: H. Islomiy (2011)118

11.So‘fi Olloyor. “Sabotul ojizin”


Ilmiy-tanqidiy matn tayyorlovchi: R.Zohid (2018)

3-ilova


Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling