Raximov X. “Valeologiya asoslari”
Spirtli ichimliklarning ta’sir etuvchi moddasi
Download 0.58 Mb.
|
Valeologiya asoslari (01)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Alkogolni organizmga zararli ta’siri va uning asoratlari.
Spirtli ichimliklarning ta’sir etuvchi moddasi.
Afsonalardan ma’lum bo’lishicha vinoni birinchi bo’lib XI asrda arab virachi Albukazes achigan uzum shirasini xaydash yo’li bilan olgan ekan. Alkogol so’zi – “nozik, yengil, oliy janobi” degan manoni bildiradi. O’rta asrda vrachlar alkogolni - organizimga zararli ta’sir etishini bilganlaridan - keyin uni “ajal suvi” deb ataydilar. Lekin birinchi nomi hamma yerda saqlanib qoladi. Vino spirtning kimyoviy nomi etil spirti, ya’ni etanol. Etanol, dipolisaxaridlarni achitqi zamburg’lari ta’sirida parchalanadi. Uning kimyoviy formulasi C2H5OH. Achish protsessida boshqa spirtlar: CH3OH – metin spirti ya’ni yog’och spirti (zaharli) CH3H7OH – propil spirt, C4H7OH – butil va izabutil spirtlar ham hosil bo’ladi. Bu birikmalar suvda yaxshi erishi va qo’llansa xidi bo’lganligi uchun sivush moyillari deb ataladi. Uyda tayorlanadigan (qo’lbola) spirtli ichimliklarning hammasi tarkibida ana shunday sivush moyillari bo’ladi. Etanol – etil spirti rangsiz yengil xarakatchan, suyuqlik bo’lib, o’ziga hos xidi va achchiq ta’mi bor. U suv va yog’larda yaxshi aralashadi. 78 gradusda qaynaydi ya’ni oson bug’lanadi. Etanolning organizmga ta’siri bir qator fizik – kimyoviy biologik xususiyatlariga bog’liq. Ular quyidagilardan iborat: Etanol universal erituvchi: o’zi ham suvli muhitda va organizmdagi yog’larda yaxshi eriydi: Nerv xujayralariga o’ziga xos ta’sir ko’rsatadi va shunga ko’ra odamning ruxiy xolatini o’zgartiradi. Alkogolni organizmga zararli ta’siri va uning asoratlari. Ko’pgina spirtli ichimliklar uzum vinosi va pivodan tashqari hammasi spirtga suv va turli narsalar qo’shib tayyorlanadi. Spirtli ichimliklarning zaharliligi undagi sivush yog’larni tarkib bilan bog’liq bo’ladi. Uyda tayyorlangan spirtli ichimliklarning tarkibida bir yarim foizgacha zaharli moddalar bo’ladi. Etil alkogoli (etakol, etil spirti, uzum spirti) tiniq, keskin maxsus xidli suvda va organik eritmalarda yaxshi eriydigan moddadan iborat. Spirt ko’kish rang berib yonadi. Meditsinada tashqi a’zolarni antiseptik moddasi sifatida ishlatiladi. Etanol shilliq qavatlar, terini ta’sirlaydi, u tez so’rilib qonga o’tadi. Og’iz bo’shlig’ini biroz qizartiradi va so’lakni ko’p ajratadi. Qabul qilingan alkogol oshqozon engichka ichakning boshlang’ich qismidan so’rilib qon orqali butin organizmiga tarqaladi. Alkogolni u yoki bu organga kirishi organni qon bilan taminlanishini yaxshilaydi. Masalan, bosh miyyaning qon bilan taminlanishi, oyoq, qo’llarni qon bilan taminlanishiga nisbatan 16 marta yaxshi bo’ladi. Shuning uchun alkogolni ko’p qismi bosh miyaga boradi. Alkogol bosh miyaga borishi miya hujayralarini buzadi, so’ng boshqa hujayralarga borib ularning faoliyatini buzadi. Bosh miya hujayralariga bunday kuchli ta’sir etishining sababi nerv hujayralarini tarkibida spirtda yaxshi eriydigan (lipidlar) ko’p bo’ladi. Nerv hujayralariga o’tgan spirt ularning reaktivligi va ish qobilyatini pasaytiradi. Agarda bolalik ona 50 g spirtli ichimlik ichsa bola uchun juda xafli, chunki alkogolning 25 foizi ona sutining tarkibida bo’ladi. Bolani nogiron qilib qo’yish uchun shuning o’zi yetarli. Spirtli ichimliklarni ko’p istemol qilish modda almashinuvini buzadi: oqsil, uglevod, yog’, vitaminlar almashinuvi buziladi. Alkogolizm psixik kasalliklarni kelib chiqishiga sabab bo’ladi. Ota – onasi ichadigan oiladagi bolalar yomon o’qiydi, psixik stres xolatlar tufayli bola kechasi siyib qo’yadigan, nevroz, yoki tutilib qoladi. Xronik alkogolizm eng ko’p 20 – 22 yoshda (31,4 foiz) va 23 – 26 yoshda (40,4 foiz) yoshda uchraydi. Spirtli ichimliklarni birinchi marta ichib, bunga bog’lanib qolish 13 – 14 yoshdan, ba’zi hollarda 7 – 8 yoshdan boshlanadi. Bunday bolalar oilada, mehmondorchilikda vinoni ichib mazasini ta’tib ko’rishdan, ichkilikka o’rgana boshlaydi. Oilada o’smirga ichishga ruxsat berildimi alkogolizm boshlanadi. Ayollarni alkogolni ko’p ichishi oilani buzilishiga, ajrashishga sabab bo’ladi. Erkakni alkogol bo’lib qolishini ayol kishini asab tizimini buzilishiga psixik shkastlanishlar, nevroz, psixoz va boshqalar sabab bo’ladi. Ayollarda erkaklarga qaragan tezroq rivojlanadi alkogolizm bilan kasallangan ayollarda, kayfiyatni tushishi, hayotdan qoniqmaslik, psixopatiya, antisotsial xulq paydo bo’ladi. Ayollar mastlik xolatida boshqa odamni o’ldirishga o’ziga shikast yetkazishga, turli yuqumli kasalliklarga chalinishga moil bo’ladilar. Spirtli ichimliklar ichadigan ayollarda keyincha o’lik, chala, jismoniy va psixik kamchiliklari bor bola tug’iladi. Ba’zan kam aql, turli kamchiliklarga ega, ortiqcha barmoqlari bor, yuragi parog bolalar ham tug’ilishi mumkin. Shuningdek, psixoz, nevroz, tutqanoq kasalliklari ham alkogolizm bilan bog’liq. Spirtli ichimliklarni ko’p ichish tufayli nafas kasalliklari, ko’pincha sil kasalligi kelib chiqadi. Qon bosimi, yurak ishmiyasi, miokard infarkt kasalliklarining 62 foizi alkogolizm tufayli kelib chiqadi. Alkogolni uzoq tizimli ichish tufayli jigar kasallanadi, jigar tserfoza kelib chiqadi. Bu kasalliklarning 60 foizi o’lim bilan tugaydi. Alkogoliklarda ko’pincha qizilo’ngach, yoki og’iz bo’shlig’i raki vujudga keladi. Alkogoliklarning 90 foizi oshqozon gastiriti, kasalliklarga uchraydi. Alkogolni ko’p ichish turli xuquqbuzarliklarga sabab bo’ladi. Har 5 ta odamdan biri xuquqni buzadi, jinoyat sodir qiladi. Alkogolni suyiste’mol qilish tufayli barcha mamlakatlarda jinoyat, transport va ishlab chiqarish tramvatizmi, ish qobilyatini pasaishi sodir bo’ladi. Alkogolliklarning o’rtacha umri ichmaydigan kishilarga qaraganda 10 – 15 yil kam. Butun dunyo sog’liqni saqlash tashkiloti (Voz) ma’lumotiga muvofiq ichkilikbozlikdan har yili 1,5 million odam o’ladi. Alkogolliklar o’z kasbini yo’qotadi, boshqa ish qidiradi. Voz ma’lumotiga qaraganda klinik kasalxonalardagi bemorlarning 40 foizi alkogoliklardir. Asfiksiya (bo’g’ish, cho’kish, nafas yo’llariga turli massalarni ketib qolishi) tufayli o’lganlarning 75,8 foizi alkogoliklar xisobiga bo’ladi. Litva olimlarining ma’lumotiga ko’ra alkogolik mastlikda muzlab qolishning 82 foizi o’zini osib o’ldirishning – 58 foizi , cho’kkanlarning 54,3 foizi alkogoliklarga to’g’ri keladi. Alkogolizm tufayli kasalliklar ko’payadi. Venerik kasalliklarni yuqtirishda 10 dan 9 qismiga alkogolizm sabab ya’ni ichib olgan odam bu kasallikni tez yuqtiradi. Pyanista odam bolalarini tarbiyalashni bilmaydi. Kun tartibiga rioya qilmaydi. Ichkilikbozlik oilani barbod qiluvchi asosiy omil hisoblanadi. Download 0.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling