Referat Bitiruv malaka ishi 3 varaq tushuntiruv yozuvi va varaq chizma qismidan iborat


Download 0.52 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/24
Sana27.01.2023
Hajmi0.52 Mb.
#1134344
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   24
 
3.7. Darsning tashkil qilish 
Bu bo’limda darsning tarkibiy qismlari ularning mazmun mohiyati, maqsadi va o’zaro bog’liqligi 
uchun vaqt taqsimoti jadvali keltiriladi. Yangi materialni o’rganish darsida paxta terish mashinalari 
mavzusiga oid dars rejasini na’muna sifatida keltiramiz. 
 Dars mavzusi : Paxta terish mashinalari
Darsning maqsadi: O’quvchilarga paxta terish mashinalarining tuzilishi, ishlashi va vazifasini 
tushuntirishdan iborat.
Dars usuli: Xikoya qilish, tushuntirish va texnik jihatdan jihozlash. 
Paxta terish mashinalarining rangli plakatlari, maketlari va asosiy qismlari. 
 
Darsning borishi. 
 1. Tashkiliy qism-3 minut: guruh navbatchisi dokladini qabul qilish va guruh talabalari bilan 
salomlashish; darsga qatnashmagan o’quvchilarni guruh jurnaliga qayd qilish 
2. O’quvchilar bilimlarini tekshirish-10 minut. Bunda o’quvchilarga quyidagi savol va topshiriqlar 
berish mumkin: 
1.Vertikal va gorizantal shpindelli paxta terish appartlarining tuzilishi va tenologik jaayonini taqqoslang. 
2. Vertikal va gorizantal shpindelli paxta terish appartlarining ishlash tartibini tushuntiring. 
3. Paxta terish apparatining ish tirqishi qanday sozlanishi kerak? 
4. Qanday maqsadda vertical shpindellarni ish tirqishida “shaxmt” usulida joylashtirish kerak? 
5Vertical shpindelli barabanning aylanish tezligi qanday mezon asosida belgilanadi? 
6. Gorizantal shpindelli barabanning aylanish tezligi qanday mezon asosida belgilanadi? 


20 
7. Ochilgan chanoq o`lchamlari qayerda e`tiborga olinadi? 
8. Shpindel sirtining faol qismi deganda nimani tushunasiz? 
9. Shpindel tishi paxta ilintirib olishi uchun qanday shartlar bajarilishi kerak? 
10. Vertical shpindelli paxta terish apparati ajratgichning ishi qanday baholanadi? 
11. Gorizantal shpindelli apparatdagi namlagich qanday ishlaydi? 
3.O’quvchilarni ilmiy faoliyatini sabablar, mustaqil ishlash uchun dars mavzusi va topshiriqni 
ma’lum qilish -7 minut. 
O’quvchilarda faol bilish faoliyatini shakllantirish hamda bilimlarini nafaqat to’liq bo’lishiga, 
balki o’tilgan mavzularni tushinishga bo’lgan qiziqishini kuchaytirish zarur. Bu bilimlarni chuqur 
o’zlashtirish uchun shart-sharoitlar va keyinchalik mustaqil ravishda bilim egallashga imkoniyat yaratadi. 
O’quvchilarni bilim olishga munosabatlari ko’p jihatdan yuqorida ta’kidlangan sabablarga bog’liqdir. 
Chunonchi, agar o’quvchilarda ta’lim olishga bo’lgan qobiliyat rivojlangan va bilimlarni egallashga 
bo’lgan munosabat ijobiy bo’lsa, ular o’quv materialini puxta o’zlashtiradilar.
O’qituvchi mavzuni ma’lum qiladi va kirish suhbati o’tkazadi. Bunda o’qituvchi o’quvchilar 
yordamida plakat va ko’rgazmali qurollar bo’yicha o’rnatish tizimi qanday o’rin tutadi, vazifasi, tuzilishi, 
ishlashi, konstruktiv xususiyatlari, ishlash prinstipi, uchraydigan nosozliklar va ularni bartaraf etish 
usullari haqida gapirib beradi. So’ngra o’qituvchi bevosita ushbu mashg’ulot mavzusiga o’tadi.
1. Yangi material bilan dastlabki tanishtirish jarayonida uning o’quvchilar tomonidan idrok etilishi va 
o’zlashtirishi -40 minut.
Yangi materialni bayon qilishda o’quvchilarni faollashtirish uchun o’qituvchi quyidagi savollardan 
foydalanishi mumkin: 
- Vertikal va gorizantal shpindelli paxta terish appartlarining ishlash tartibini tushuntiring. 
- Paxta terish apparatining ish tirqishi qanday sozlanishi kerak? 
- Qanday maqsadda vertical shpindellarni ish tirqishida “shaxmt” usulida joylashtirish kerak? 
- Vertical shpindelli barabanning aylanish tezligi qanday mezon asosida belgilanadi? 
- Gorizantal shpindelli barabanning aylanish tezligi qanday mezon asosida belgilanadi? 
- Ochilgan chanoq o`lchamlari qayerda e`tiborga olinadi? 
Suhbat jarayonida o’qituvchi o’quvchilarning javoblarini tahlil qiladi. 
5.O’rganilgan materialni hamda ilgari o’zlashtirilgan bilimlarni umumlashtirish va sistemalash -10 minut. 
Tushintirilgan materialni mustahkamlash uchun o’qituvchi o’quvchilarga quyidagi savollarga javob 
berishni taklif qiladi: 
- Shpindel sirtining faol qismi deganda nimani tushunasiz? 
- Shpindel tishi paxta ilintirib olishi uchun qanday shartlar bajarilishi kerak? 
- Vertical shpindelli paxta terish apparati ajratgichning ishi qanday baholanadi? 
- Gorizantal shpindelli apparatdagi namlagich qanday ishlaydi? 
1-jadval 


Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling