Referati mavzu: shisha va shisha buyumlar ilmiy rahbar: 2023 r e j a


Download 73.4 Kb.
bet2/8
Sana19.06.2023
Hajmi73.4 Kb.
#1607322
TuriReferat
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
shisha va shisha buyumlar

Umumiy ma’lumotlar

Shisha va shisha tayyorlash jarayoni antik Egipet, Mesopotamiya, Gretsiya va Rimda eramizdan avvalgi 30-40 asrlarda malum bolgan. Keyinchalik Xitoy va Markaziy Osiyo mamlakatlariga shisha tayyorlash texnologiyasi turli xududlardan kirib kelgan. Wzbekistonda mustaqillik tufayli shisha va shisha buyumlar ishlab chiqaruvchi zavodlar, tsexlar kopaymoqda. Shular jumlasiga 1996 yilda qurib ishga tushirilgan Chirchiq, Quvasoy shisha zavodlarini kiritish mumkin. Bundan tashqari bir tomonlama nur otkazuvchi, shishapaket, rangli va avtomobilsozlik uchun uch qatlamli shishalar ishlab chiqarish yolga qoyilmoqda.
Shisha va shisha buyumlar quyidagi jixatlari bilan klasslarga bolinadi: kimyoviy tarkibga kora: oksidli (silikatli, kvartsli, boratli, fosfatli va sh.k.); kislorodsiz (galogenli, nitratli va sh.k.); ishlatilish sohasiga kora; qurilish, memorchilik, texnik, shisha idishlar va shisha tolalar.
Shisha ishlab chiqarishda asosiy xom ashyo sifatida kvarts qumi ohaktosh, soda va natriy sulfati ishlatiladi. Shisha qorishmasini pishirish haroratini pasaytirish uchun unga soda, natriy sulfati qoshiladi. Agar kvarts qumi va sodadan iborat qorishmadan shisha olinsa, nim shaffof suvda eruvchan shisha boladi (Na2Si03). Qorishma tarkibiga ohaktosh yoki dolomitni kiritish shishani suvda erimasligini taminlaydi.
Silikatli shisha 15000C haroratda maxsus shisha eritish xumdonlarida olinadi. Massa harorati 800-9000C etganda silikatlar hosil bolish jarayoni boshlanadi. Harorat 1150-12000C bolganda massa shaffoflashadi, lekin tarkibida kop havo pufakchalari boladi. Shisha massasidagi havo aralashmalari 15000C chiqib ketadi va shisha qiyomiga etadi. Massani qoliplash harorati 200-3000C atrofida bolib, quyuqligi kimyoviy tarkibiga bogliq. SiO2, Al2O3, ZrO2 oksidlari massani quyuqlashtirsa, Na2O, CaO, Li2O oksidlari aksincha, suyuqlashtiradi.
Shisha massasini erigan xolatda uzoq muddat ushlash uning strukturasini amorf holatidan kristall holatga qayta otishga olib keladi.
Silikat shishaning oksid tarkibi, % massa boyicha:
SiO2-64-73; Al2O3-0,5-7,2; K2O-0-5; Na2O-10-15; CaO-2,5-26,5; MgO-0-4; Fe2O3-0-0,4; CO3-0-0,5; V2O3-0-5.
Shisha massasiga kaolin, dala shpati (Al2O3) kiritilishi uning mexanik mustahkamligini, termik va kimyoviy chidamligini oshiradi. Shisha xom ashyosi tarkibiga B2O3 qoshilsa, uning shishalanishi tezlashadi va kristallanishi kamayadi. Rux oksidi (ZnO) shishaning harorat chiziqli kengayish koeffitsientini kamaytiradi va termik chidamligini oshiradi. Qorgoshin oksidi (RbO) optik shisha va xrustall tayyorlashda ishlatiladi.
Shisha olish “qayiq” usulida bolib, cheksiz shisha lentasini tortish demakdir. Shisha qalinligi tortish tezligi bilan boshqariladi. Vitrina va kozgu oynalari silliqlanadi va shaffoflanadi. Tabiatda perlit, obsidian kabi tabiiy Shishalar mavjud (qarang Vulkan shishasi). Sunʼiy shishaning paydo boʻlishini, odatda, kulolchilik bilan bogʻlaydilar. Kulolchilikda loydan yasalgan mahsulotni kuydirishda unga soda va qum tushgan boʻlishi, natijada buyum sirtida shishasimon sir (glazur) hosil boʻlgan boʻlishi mumkin.
Shisha mil. av. 4 ming yillarda qadimiy Misr va Markaziy Osiyoda ishlab chiqarila boshlagan. Dastlab boʻgʻiq Shisha ishlab chiqarilgan. Tarkibidagi moddalar asta-sekin oʻzgartirila borgan. Undagi ishqoriy metallarning oksidlari 30% dan 20% gacha kamaytirilgan. shishaga qoʻrgʻoshin va qalay oksidlari qoʻshiladigan boʻlgan, rang kiritish maqsadida marganets va kobalt birikmalari qoʻshilgan. Mil. av. 2 minginchi yillarda Misrda hajmi 0,25 l li sopol koʻzalarda Shisha eritilgan. Qadimgi Shishalar 1000—1100°da pishirilgan.
2 muhim masala — shaffof Shisha tayyorlash va mahsulotga puflab shakl berish hal qilingandan boshlab shishasozlik texnologiyasida muhim oʻzgarish roʻy berdi. 19-asr oxirigacha shishasozlikda qoʻl mehnati ustun edi, 20-asrning 20-yillaridan boshlab turli xil Shishalar ishlab chiqarish avtomatlashtirildi.


  1. Download 73.4 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling