Shisha, shisha buyumlar va sitallarning asosiy xossalari. Reja: Umumiy ma’lumotlar


Download 84.95 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/7
Sana19.06.2023
Hajmi84.95 Kb.
#1622700
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
12-ma’ruza Shisha, shisha buyumlar va sitallarning asosiy xossa



Shisha, shisha buyumlar va sitallarning asosiy xossalari. 
 
Reja: 
1. Umumiy ma’lumotlar 
2. Shisha ishlab chiqarish 
3. Shishaning tuzilishi va asosiy xossalari 
4. Shishaning turlari 
5. Shisha buyumlar va konstruktsiyalar 
6. Sitallar va ular asosidagi buyumlar 
 
1. Umumiy ma’lumotlar 
Shisha va shisha tayyorlash jarayoni antik Egipet, Mesopotamiya, Gretsiya va Rimda 
eramizdan avvalgi 30-40 asrlarda malum bolgan. Keyinchalik Xitoy va Markaziy Osiyo 
mamlakatlariga shisha tayyorlash texnologiyasi turli xududlardan kirib kelgan. Wzbekistonda 
mustaqillik tufayli shisha va shisha buyumlar ishlab chiqaruvchi zavodlar, tsexlar kopaymoqda. 
Shular jumlasiga 1996 yilda qurib ishga tushirilgan Chirchiq, Quvasoy shisha zavodlarini kiritish 
mumkin. Bundan tashqari bir tomonlama nur otkazuvchi, shishapaket, rangli va avtomobilsozlik 
uchun uch qatlamli shishalar ishlab chiqarish yolga qoyilmoqda. 
Shisha va shisha buyumlar quyidagi jixatlari bilan klasslarga bolinadi: kimyoviy tarkibga 
kora: oksidli (silikatli, kvartsli, boratli, fosfatli va sh.k.); kislorodsiz (galogenli, nitratli va sh.k.); 
ishlatilish sohasiga kora; qurilish, memorchilik, texnik, shisha idishlar va shisha tolalar. 
2. Shisha ishlab chiqarish 
Shisha ishlab chiqarishda asosiy xom ashyo sifatida kvarts qumi ohaktosh, soda va natriy 
sulfati ishlatiladi. Shisha qorishmasini pishirish haroratini pasaytirish uchun unga soda, natriy 
sulfati qoshiladi. Agar kvarts qumi va sodadan iborat qorishmadan shisha olinsa, nim shaffof 
suvda eruvchan shisha boladi (Na
2
Si0
3
). Qorishma tarkibiga ohaktosh yoki dolomitni kiritish 
shishani suvda erimasligini taminlaydi. 
Silikatli shisha 1500
0
C haroratda maxsus shisha eritish xumdonlarida olinadi. Massa 
harorati 800-900
0
C etganda silikatlar hosil bolish jarayoni boshlanadi. Harorat 1150-1200
0

bolganda massa shaffoflashadi, lekin tarkibida kop havo pufakchalari boladi. Shisha massasidagi 
havo aralashmalari 1500
0
C chiqib ketadi va shisha qiyomiga etadi. Massani qoliplash harorati 
200-300
0
C atrofida bolib, quyuqligi kimyoviy tarkibiga bogliq. SiO
2
, Al
2
O
3
, ZrO
2
oksidlari 
massani quyuqlashtirsa, Na
2
O, CaO, Li
2
O oksidlari aksincha, suyuqlashtiradi. 


Shisha massasini erigan xolatda uzoq muddat ushlash uning strukturasini amorf holatidan kristall 
holatga qayta otishga olib keladi. 
Silikat shishaning oksid tarkibi, % massa boyicha: 
SiO
2
-64-73; Al
2
O
3
-0,5-7,2; K
2
O-0-5; Na
2
O-10-15; CaO-2,5-26,5; MgO-0-4; Fe
2
O
3
-0-0,4; 
CO
3
-0-0,5; V
2
O
3
-0-5. 
Shisha massasiga kaolin, dala shpati (Al
2
O
3
) kiritilishi uning mexanik mustahkamligini, 
termik va kimyoviy chidamligini oshiradi. Shisha xom ashyosi tarkibiga B
2
O
3
qoshilsa, uning 
shishalanishi tezlashadi va kristallanishi kamayadi. Rux oksidi (ZnO) shishaning harorat chiziqli 
kengayish koeffitsientini kamaytiradi va termik chidamligini oshiradi. Qorgoshin oksidi (RbO) 
optik shisha va xrustall tayyorlashda ishlatiladi. 
Shisha olish “qayiq” usulida bolib, cheksiz shisha lentasini tortish demakdir. Shisha 
qalinligi tortish tezligi bilan boshqariladi. Vitrina va kozgu oynalari silliqlanadi va shaffoflanadi. 

Download 84.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling