Shisha, shisha buyumlar va sitallarning asosiy xossalari. Reja: Umumiy ma’lumotlar


Download 84.95 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/7
Sana19.06.2023
Hajmi84.95 Kb.
#1622700
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
12-ma’ruza Shisha, shisha buyumlar va sitallarning asosiy xossa

Elektr otkazuvchanlik. Shishaning elektr otkazuvchanligi uning kimyoviy strukturasiga, 
shu jumladan kremniy, bor, bariy, litiy va sh.k. larning oksidlari miqdoriga, mikroarmatura va 
fibroarmatura bilan taminlanganligiga bogliq boladi. 
Oddiy silikat shishasining xona haroratidagi solishtirma elektr qarshiligi 10
10
-10
11
Om
.
sm, 
teshib otish kuchlanishi 450 kVsm
2
tashkil qiladi. 
Texnologik xususiyatlari. Shishani va undan tayyorlangan buyumlarni mexanik qayta 
ishlash mumkin: olmos bilan kesish, arralash, pobedit keskichlari vositasida charxlash, shliflash, 
polirovkalash shular jumlasidandir. Shishani 800-1000
0
C haroratda list, nay, tola sifatida chozib 
olish, payvandlash va puflab shakl berish, buyum olish mumkin. Keyingi paytda shishaning 
ishlanuvchanligidan foydalanib, undan turli qurilish va memorchilik buyumlari va qismlari, 
shishapaketlar, tola va matolar tayyorlash imkoniyati tugildi. 
4. Shishaning turlari 
Taxta oyna. Taxta oynaga oddiy deraza, vitrina, issiqlik nurlarini yutuvchi, 
armaturalangan va boshqa oyna turlari kiradi. 
Taxta oyna deraza va eshikni tosishga, sanoat va jamoat binolarini tashqi muhitdan 
izolyatsiyalashda, ichki va tashqi tomondan bezashda ishlatiladi. Taxta oyna eni 250-1600 mm, 
uzunligi 250-2200 mm, qalinligi 2; 2,5; 3; 4; 5 va 6 mm olchamlarda tayyorlanadi. Bir metr 
kvadrat oynaning massasi 2-5 kg boladi. Shisha taxtaning nur otkazuvchanligi 87% kam 
bolmasligi, shaffof bolishi talab etiladi. U rangsiz bolib, bazi xollarda yashil yoki kokimtir 
soyalar bolishi ruxsat etiladi. Taxta oyna yuzasidagi qiyshiqliklar, burmalar, yol-yol chiziqlar, 
boshliqlarning bolishi uning navini belgilaydi. 
Vitrina oynasi mamuriy, maishiy, savdo, mehmonxona va sh.k. binolarni bezashda va 
izolyatsiyalashda ishlatiladi. Vitrina oynalari polirovkalanib, qalinligi 6-10 mm, eni 3500, boyi 


6000 mm gacha olchamlarda ishlab chiqariladi. Vitrina oynasining bir tomonlama nur 
otkazuvchi turi binolarni bezashda va yoruglik nurini motadil saqlashda zarur boladi. 
İssiq nurlarni qaytaruvchi oyna bir tomondan 0,3-1 mkm qalinlikda, turli rangdagi metall 
va oksid plyonkalar bilan qoplangan boladi. Metall yoki oksid qoplamalari maxsus ionli purkash 
uskunalari yordamida nikel-xrom aralashmasi, temir, mis, xattoki oltin, platina va sh.k. nodir 
metallar qoplanishi mumkin. Ularning nur otkazuvchanligi 30-70% atrofida boladi. Metall 
qoplamali shishalar infraqizil nurlarni qaytargani sababli qizimaydi va xonadan nur tashqariga 
chiqmasligi tufayli binolarda issiqlik saqlanadi. Metall va oksid plyonkalar bilan qoplangan 
vitrina oynalari Parij, Berlin, Toshkent (Biznes markazi, İnterkontinental mehmonxonasi va x.k.) 
va boshqa mamuriy binolarni bezash va izolyatsiyalashda ishlatilgani, uning imkoniyatlari 
kopligidan darak beradi. 
İssiq nurlarni yutuvchi oyna oddiy oynadan kimyoviy tarkibida temir, kobalt, nikel oksidi 
bolishi bilan farq qiladi. Oynaning bu turi davolanish, bolalar bogchalari, gulxona, qishki bog, 
bino va inshootlarni romlariga ornatiladi. 
Nur qaytaruvchi oyna gulli va xiralashtirilgan turlarga bolinib, xona ichi korinmasligi 
uchun deraza, eshik romlariga ornatiladi. Gulli oyna quyilayotganda maxsus valiklardan 
foydalaniladi. Xiralashtirilgan oyna esa, qum oqimi bilan oddiy oynani qayta ishlab tayyorlanadi. 
Armaturalangan oynani kuydirilgan, xromlangan, nikellangan polat tor bilan kuchaytirib 
tayyorlanadi. Bu oyna silliq va tolqinsimon bolib, oyna sindirilganda sochilib ketmasligini 
taminlaydi. Uning olchamlari: uzunligi 1200-2000 mm, eni 400-1500 mm. 
Toblangan oyna oddiy oynani 540-650
0
C haroratda qizdirib va asta-sekin sovutib olinadi. 
Toblangan oynaning zarbiy va egilishdagi mustahkamligi oddiy oynaga nisbatan bir necha 
barobar yuqori. Toblangan oyna vitrinalar, eshiklar, balkon, zinapoya tosiqlari va bolmalar 
tayyorlashda ishlatiladi. 
Radioaktiv nurlarga bardoshli oynani shixta tarkibiga qorgoshin, litiy, bor, kadmiy va 
tseziy oksidlari (0,25-1,5%) qoshilib tayyorlanadi. Bunday oynalar atom elektrostantsiyalarida, 
reaktor qurilmalari xonalarida, izotoplar tayyorlaydigan korxonalarda ishlatiladi. 
Kop qavatli oyna (tripleks) oddiy va armaturalangan bolib, asosiy va oraliq 
(amortizatsiyalovchi) qatlamlardan iborat. Bu oyna turi sindirilganda maydalansa ham sochilib 
ketmaydi. 
İssiqqa bardoshli oyna borosilikatli bolib, tarkibida bor, rubidiy va litiy oksidlari boladi. Bu 
oyna turi 200
0
S haroratga chidaydi va haroratdan chiziqli kengayish koeffitsienti oddiy oynadan 
2-3 marta kam boladi (2-4
.
10
-6
0
C). 



Download 84.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling