Shisha, shisha buyumlar va sitallarning asosiy xossalari. Reja: Umumiy ma’lumotlar


Download 84.95 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/7
Sana19.06.2023
Hajmi84.95 Kb.
#1622700
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
12-ma’ruza Shisha, shisha buyumlar va sitallarning asosiy xossa

Shisha tola-borosilikat shishasini yuqori haroratda eritib, diametri 0,0002-0,03 
mm teshikdan tortib chiqarib, galtaklarga orab olinadi. Shisha tolasini uzluksiz ravishda 
olish texnologiyasi 3-rasmdan sxema tarzida korsatilgan. 


3-rasm. Markazdan qochma (a) va puflash (b) usullarida shisha tolasi olish 
1- 
eritmali vanna; 2-eritma oqimi; 3-isitgich; 4-siqilgan havo va bug uzatiladigan moslama; 5-tsentrifuga; 
6-shisha tolasi. 
Shisha tolasining chozilishdagi mustahkamligi juda katta (2000-4000 MPa). 
Tolaning diametri kichraysa uning mustahkamligi ham kamayadi. Shisha tolasi 
(diametri 0,04 mm) ortacha zichligi 40-50 kgm
3

Shisha tolasidan tayyorlangan ip, mato, namat, plita, qobig va sh.k. lar qavatlararo 
plitalar, pardevorlar, tom va yopma plitalar tayyorlashda issiqlik izolyatsiyasi materiali 
sifatida ishlatiladi. Chiqindi hisoblangan chigal va katta diametrli shisha tolasidan 
presslab olingan shisha namatni bitum yoki smolalarda shimdirilgan mahsulot qurilish 
konstruktsiyalarning er osti qismini korroziyadan saqlash, issiqlik trassalarida 
izolyatsiyalovchi material sifatida ishlatiladi. 
Energiyatejamkor shishapaket. Sovuq kunlarda oddiy oyna qoyilgan xonalarda 
50% gacha issiqlik yoqotilishi kuzatiladi hamda oynalarga yaqin joyda harorat ancha 
past boladi. Mutaxassislar bu holatni “sovuq devor faolligi” deb atashadi. 
Oyna orqali issiqlik ikki yol bilan yoqotiladi: 
1. 
Oynaning katta zichligi tufayli, yuqori darajada issiqlik otkazuvchanligi. Bu 
xolatda ikki va uch qavatli oynali romlar ishlatiladi. 
2. 
Havo konvektsiyasi tufayli issiqlik yoqotiladi. Ushbu holatda gemetik 
shishapaketlar yaratish usuli bilan issiqlik saqlab qolinadi. İnfraqizil nurlanish tufayli 
70% gacha issiqlik yoqotiladi. Bu holda bir tomonga maxsus qoplama surtilgan 
energiyatejamkor oynalar ishlatiladi. 
Xozirda ikki tipda (kichik emissiyali) oyna qoplamasi ishlatiladi: 
K – shisha – “qattiq” qoplamali va i – shisha – “yumshoq” qoplamali. Yumshoq 
qoplamali oynalar yuqori samarali bolib, narxi arzon. Kichik emissiyali oynalarni 
Dunyoda bir necha Kompaniyalar ishlab chiqaradi. Ularni ishlab chiqarish texnologiyasi 
murakkab bolib, ishlab chiqaruvchidan yuqori mahorat talab qiladi. İshlab 
chiqaruvchilar orasida Glaverbel kompaniyasi mashxurdir. Glaverbel kompaniyasi 
ishlab chiqarayotgan yumshoq qoplamali kichik emissiyali deraza oynalari – 
shishapaketlar uchun moljallangan issiqtejamkor, shaffof va nur otkazuvchi paketlar 
uchun moljallangan. Planibel top N va Planibel Ton NT (toblash mumkin), Energy N va 
Energy NT neytral, qish-yoz mavsumlarida xonalarda komfort haroratini taminlovchi 
hamda energiyatejamkor xossalarga ega bolgan Sunergu va Stopray arxitektura oynalari 
kiradi. 


Kichik emissiyali shishapaketlar ikki va kop kamerali oddiy shishapaketlardan 
avzalligini korsatadi. Kichik emissiyali oynalar ikki kamerali shishapaketlarga nisbatan 
20% issiqlik tejamkor hisoblanadi. 
Bunday oynalar yoz kunlari quyosh nurini qaytaradi, chunki nurni qaytarish 
faolligi ikki tomonlama boladi, natijada xonada salqin havo saqlanadi. 
Bir kamerali energiyatejamkor shishapaketda rezonans holati kuzatilmaydi, ushbu 
holat ikki va qop kamerali shishapaketlarda roy beradi. 
Kichik emissiyali shishapaketlar tashqi oynalar ishlatilsa ham shovqindan 
izolyatsiya qiladi. Oddiy hollarda, odatdagi 4 mm oyna orniga 
6 mm, xatto 8 mm 
oyna ishlatiladi. 

Download 84.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling