Shisha, shisha buyumlar va sitallarning asosiy xossalari. Reja: Umumiy ma’lumotlar


Shisha buyumlar va konstruktsiyalar


Download 84.95 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/7
Sana19.06.2023
Hajmi84.95 Kb.
#1622700
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
12-ma’ruza Shisha, shisha buyumlar va sitallarning asosiy xossa

5. Shisha buyumlar va konstruktsiyalar 
Kovakli shisha bloklar payvandlangan ikki bolakdan iborat bolib, nurni taratuvchi, 
issiqlik va tovush izolyatsiyalovchi xususiyatlarga egadir. Shisha blok ichki tomonidagi 
chiziqli bortmalar nurni taratishga yordam beradi. Ularning nur otkazuvchanligi 65% 
kam emas, nurni taratishi 25%, issiq otkazuvchanligi 0,4 Vtm
0
C atrofida boladi. Shisha 
bloklar rangli va kop bolmali bolishi mumkin. Ular santexkabinalarda, maishiy xizmat, 
ovqatlanish muassalarida, zinapoya bolmalarida ishlatilishi mumkin. Shisha bloklar 
temirbeton karkas ichiga maxsus qorishma bilan terilib konstruktsiya tayyorlanadi. Ular 
yonmaslik talablari qoyiladigan sanoat va jamoat binolarida ishlatiladi (1-rasm). 
Shishapaketlar ikki yoki uch qatlam oynani maxsus ramalarga havo kirmaydigan 
qilib germetiklar yordamida ornatiladi. Shishapaketlar terlamaydi, issiqlik va tovush 
izolyatsiyalovchi boladi. Ular oynaning oddiy, toblangan, nur qaytaruvchi va rangli 
turlari asosida tayyorlanadi. Shishapaketlar jamoat va sanoat binolarida ishlatilishi 
mumkin. 
1-rasm. Shisha blok turlari 
a) BK 24498; b) BKTs 19498; v), g) BPTs 29419498. 
Shishaprofilit qobirga, shveller, tavr, yarimaylana, paket kondalang kesimli 
(profilli) bolib, maxsus mustahkam shishadan tayyorlanadi. Shveller profilli shisha 
profilit eni 250-500 mm, paketliniki 250-300 mm bolishi mumkin. Ularning armaturali 
va armaturasiz, rangli va rangsiz turlari bolib, yigilayotganda maxsus sovuqqa va suv 
muhitiga chidamli moslamalar (prokladka) yordamida zichlashtiriladi. Ular sanoat 
binolari, sport inshootlari, transport toxtash joylari qurilishida ishlatiladi (2-rasm). 


2-rasm. İkki va uch qatlamli shishapaketlar (a). Shishapaket tugunlarining konstruktiv echimi-
elimlangan (b), kavsharlangan (v) va payvandlangan(g) 
1-shisha; 2-havo (gazli) qatlam; 3-tayanch ramkasi; 4-elimlovchi va zichlashtiruvchi qatlam; 5-qorgoshinli 
qotishma asosidagi qatlam; 6-shisha yuzidagi metallashtirilgan qatlam; 7-kavsharlangan qatlam; 8-shisha 
payvandlangan tugun. 
Shisha naylar ingichka kapillyardan tortib to diametri 150 mm gacha bolgan qalin 
devorli holda ishlab chiqariladi. Shisha naylar kimyo, oziq-ovqat, dorishunoslik
meditsina va sanoatning boshqa tarmoqlarida ishlatiladi. Ular ichi silliq bolib, gigiena 
talablariga javob beradi. Shisha naylar mort, egilishdagi mustahkamligi kichik, issiqqa 
bardoshligi 40
0
S atrofida boladi. 
Kopik shisha bir tartibda joylashgan yumaloq kovakchalarning (diametri 0,1-0,6 
mm) ozaro yupqa shisha devor bilan ajratilishidan hosil bolgan. Kopik shisha sanoatda 
ishlab chiqariladigan shisha chiqindilarni obdon tuyib, unga gaz hosil qiluvchi 
qoshilmalar (koks, ohaktosh, marmar va sh.k.) qoshiladi va 700-900
0
C eritilib, qolipga 
quyiladi. Suyultirilgan shishada qoshilmalar gaz hosil qiladi va qotish jarayonida 
buyumda mayda govakchalar paydo boladi. Bu esa buyumning ortacha zichligi, issiqlik 
va tovush otkazuvchanligini kamaytiradi. Kopik shishaning govakligi 85-95%, ortacha 
zichligi 200-400 kgm
3
, issiqlik otkazuvchanlik koeffitsienti 0,08-0,12 Vtm
0
C, 
siqilishdagi mustahkamligi 0,5-12,5 MPa atrofida boladi. 
Kopik shishadan olchamlari 1000x500x125 mm yoki 500x500x125 mm li blok va
plitalar tayyorlanadi. Kopik shishani arralash, kesish yoki parmalash mumkin. Undan 
tayyorlangan buyumlar sovuqqa hamda kimyoviy agressiv muhitlarga chidamli boladi. 
Kopik shisha qurilishda kop qatlamli temirbeton panellarda, gisht va yogoch taxta 
devorlarda, pollar va qavatlararo plitalarda, issiqlik izolyatsiyasi qatlami sifatida 
ishlatiladi. Sirti 400
0
C gacha qiziydigan uskuna va quvurlarni qoplashda ham issiqlik 
izolyatsiyasi materiali tarzida ishlatish mumkin. 

Download 84.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling