Reja: Bank tizimi Pul-kredit siyosati
O’zbekiston Respublikasi bank tizimi va pul-kredit siyosatining ustuvorliklari
Download 99 Kb.
|
1476130264 65339
3.O’zbekiston Respublikasi bank tizimi va pul-kredit siyosatining ustuvorliklariBugungi kunda mamlakatimiz bank tizimi qat’iy xalqaro talablarga javob beradigan eng barqaror tizimlardan biri bo’lib faoliyat ko’rsatmoqda. 2013 yilda respublika bank tizimini yanada isloh qilish va rivojlantirishda asosiy e’tibor O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010 yil 26 noyabrdagi PQ-1438-sonli Qarori bilan tasdiqlangan «2011-2015 yillarda respublika moliyabank tizimini yanada isloh qilish va barqarorligini oshirish hamda yuqori xalqaro reyting ko’rsatkichlariga erishishning ustuvor yo’nalishlari bo’yicha kompleks chora-tadbirlar» Dasturi hamda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining respublika moliya-bank tizimini rivojlantirishga oid boshqa qarorlarida belgilangan vazifalarni bajarishga qaratildi. Jumladan: banklarning moliyaviy barqarorligi va likvidligini yanada oshirish maqsadida ular kapitallashuvini oshirish, resurs bazasini ko’paytirish va aktivlar sifatini yaxshilash, bank sohasiga xususiy kapitalni keng jalb etish; respublika tijorat banklari faoliyatini tartibga solish va bank nazorati tizimini Bank nazorati bo’yicha Bazel qo’mitasining yangi talablaridan kelib chiqqan holda xalqaro andozalar asosida takomillashtirib borish; mamlakat bank tizimi va tijorat banklari faoliyatini etakchi xalqaro reyting tashkilotlari tomonidan qo’llaniladigan me’yor va ko’rsatkichlar asosida baholash amaliyotini kengaytirish va ushbu darajalarga erishish tadbirlarini amalga oshirish; iqtisodiyotning real sektorini moliyaviy qo’llab-quvvatlashga, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlashga yo’naltirilgan bank kreditlari hajmini yanada ko’paytirish; kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni moliyaviy qo’llab-quvvatlash, birinchi navbatda, yoshlar va ayollar bandligini oshirishga qaratilgan biznesloyihalarni moliyalashtirishga kreditlar ajratish hajmini oshirish; xalqaro andozalar va tamoyillar hamda mamlakatimizda bozor munosabatlari rivojlanishining hozirgi real holatidan kelib chiqqan holda moliya-bank sohasining qonunchilik bazasini yanada takomillashtirish ishlari amalga oshirildi. 2013 yilda bank tizimida amalga oshirilgan izchil va aniq maqsadli islohotlar banklar kapitallashuv darajasi va depozit bazasining yuqori sur’atlarda o’sishiga imkon berdi va natijada bank tizimining moliyaviy barqarorligi mustahkamlanib, moliyaviy vositachilik roli kengaydi hamda ko’rsatilayotgan bank xizmatlari sifati yanada oshdi. Bank tizimining moliyaviy barqarorligi va rivojlanishi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yil 7 yanvardagi PQ-1464-sonli Qarori bilan tasdiqlangan indikatorlar tizimiga asosan tahlil qilinganda, bank tizimining barcha ko’rsatkichlari «yuqori darajada»gi indikator baholariga muvofiq kelmoqda. Jumladan, 2013 yil bo’yicha bank tizimida kapitalning etarlilik darajasi 24,3 foizni tashkil etdi. Bu esa, Bank nazorati bo’yicha Bazel qo’mitasi tomonidan belgilangan xalqaro me’yordan 3 barobar yuqoridir. Bank tizimi barqarorligining yana bir muhim ko’rsatkichi hisoblangan likvidlik darajasi 2013 yilda ham 65 foizdan yuqori darajada saqlanib qolayotganligi va ushbu ko’rsatkichning talab etiladigan minimal darajadan 2,2 barobar ortiqligi mamlakatimiz bank tizimining mustahkamligini hamda har qanday tashqi va ichki salbiy ta’sirlarga to’la bardosh bera olishini tasdiqlaydi. Banklar tomonidan aholiga xizmat ko’rsatish indikatorlari, jumladan, bank xizmatlaridan foydalanish darajasi har 100 ming (katta yoshli) aholiga to’g’ri keladigan bank muassasalari soni 49,7 tani tashkil etib (30 tadan ko’pi yuqori bahoga to’g’ri keladi), «yuqori daraja» va har mingta katta yoshli aholiga to’g’ri keladigan jismoniy shaxs-omonatchilar hisobvarag’i soni 1028 birlikni tashkil etib, bu bo’yicha ham (1000 tadan ko’pi) «yuqori daraja» baholariga muvofiq kelmoqda. Shuningdek, yuqoridagi qaror talablari bo’yicha respublika bank tizimida depozitlar hajmi dinamikasi, kredit qo’yilmalari hajmining o’zgarishi kabi indikatorlar ham yuqori darajadagi baholarga muvofiq kelmoqda. Shu bilan birga, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 20 apreldagi 117-sonli qarori asosida 2012 yilning 1 iyulidan boshlab joriy etilgan, hududlarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasi, shu jumladan, moliya-bank sohasi faoliyatini baholovchi indikatorlarning har chorakdagi tahlili natijalari tijorat banklarining hududlardagi filiallari ko’rsatkichlarining yuqoriligini ko’rsatdi. Download 99 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling