Reja: Bolalikni davrlarga ajratish muammolari 2


Download 80.06 Kb.
bet3/16
Sana22.06.2023
Hajmi80.06 Kb.
#1647506
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
Reja Bolalikni davrlarga ajratish muammolari 2

Chaqaloq bolalar asab tizimining hamma qismlari baravar rivojlanmaydi, ularda eng oldin asab tizimining quyi qismlari, ya’ni orqa miya, uzunchoq miya takomillashadi. Chunki asab tizimining bu qismlari tug‘ma yo‘l bilan o‘tadigan shartsiz reflekslarning markazi hisoblanadi. Keyinchalik asab tizimining yuksak qismlari ya’ni oliy asab faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan katta miya yarim sharlari va po‘stloq qismi takomillashadi. Chaqaloq bolalar bosh miya yarim sharlari po‘stining burmalari sayoz bo‘ladi. Yangi tug‘ilgan chaqaloq bolaning asab miya katta yarim sharlari po‘stidan asab hujayralari 14-15 milliard bo‘ladi, bu nerv hujayralarini birlashtiruvchi asab tolalarining usti mielin deb nom olgan maxsus parda bilan qoplanib boradi. Chaqaloqlarni yo‘rgaklash oldidan bir oz harakatga solish, ya’ni qo‘l –oyoqlarini harakatga keltirish lozim. Bu jarayonning tezlashuvi bosh miya po‘stining jadal rivojlanishiga yordam beradi. Bola 1 yoshga to‘lguncha jismoniy jihatdan tez o‘sar ekan uning asab tizimi ham tez rivojlanadi. Chunonchi yangi tug‘ilgan bola miyasining umumiy vazni 1 yoshga to‘lguncha 600- gr ga ortadi. Bola teri ya’ni badan analizatorlari orqali haroratni, biror narsa tekkanini va og‘riqni sezadi. Chaqaloq bolaning badani haroratga juda sezgir bo‘ladi, shuning uchun tez sovqotadi. Agar bolaning yuzi yoki labiga qo‘l tekkizilsa, u darxol o‘z harakatlarini boshlaydi. Bola tug‘ilgan kunidan boshlab hid va ta’m bilish analizatorlari normal ishlay boshlaydi. Agar uning og‘ziga taxir suyuqlik tekkizilsa, u aftini burishtirib bezovtalanib, chiqarib tashlaydi. Bola qo‘lansa hiddan ham bezovtalanadi. Demak chaqaloqlarda analizatorlar normal holatda bo‘ladi. Bularning hammasi psixik rivojlanishning asab –fiziologik asosi bo‘ladi. Bir oylik bolani qo‘lga olish bilan yig‘isi to‘xtab tinchib qoladi. Bu bolaning qo‘lga o‘rganib qolganligini ko‘rsatadi. Noto‘g‘ri tarbiyalangan bolada bu refleks nihoyatda tez o‘rnashib qolib natijada o‘z o‘rniga yotmaydi, faqat qo‘lda uxlashni hohlaydi. Bu esa bolani normal o‘sishiga zarar yetkazadi.
O‘tkazilgan tajribalar shuni ko‘rsatadiki, hatto 8 kunlik bola qo‘lga olish bilan yerga yotqizishni farqiga borar ekan.

Download 80.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling