Reja: Buyraklarning tug'ma nuqsonlarining asoratlari
Buyrak rivojlanishining anomaliyalari
Download 29.01 Kb.
|
Buyrak tug
- Bu sahifa navigatsiya:
- Buyrak distopiyasi
- Boshqa turdagi buyrak kasalliklari
Buyrak rivojlanishining anomaliyalariBuyrak nefroptoziBuyrak nefroptozi a’zoning patologik harakatchanligi — uning o’rnini vertikal holatda 2 sm, gorizontal holatda 3 sm`dan ko’proqqa siljishi bilan tavsiflanadi. Buyrak polikistoziBuyrak polikistozi a’zolarning tug’ma anomaliyalariga mansub bo’lib, ularda ko’plab kistalar hosil bo’lishi bilan tavsiflanadi. Patologik jarayonga har doim ikkala buyrak ham jalb qilinadi. Buyrak distopiyasiBuyrak distopiyasi — bu buyrak joylashuvining buzilishidir. Ushbu anomaliya rivojlanishning tug’ma nuqsonlariga mansub. Buyraklar past joylashishi, chanoq bo’shlig’i, ko’krak qafasiga siljigan bo’lishi mumkin. Buyrakning yomon sifatli o’smalariBuyraklarning yomon sifatli o’smalari — buyrak to’qimasining turfa xil yomon sifatli transformatsiyalarini birlashtiradigan kasalliklar guruhidir. Onkologik kasalliklarning umumiy massasi ichra buyrak saratoni 2-3% hollarda uchraydi. Ko’pincha kasallikdan 40 yoshdan oshgan kishilar aziyat chekishadi. Boshqa turdagi buyrak kasalliklariBuyrakning kamroq tarqalgan boshqa kasalliklariga quyidagilar kiradi: Albuminuriya — proteinuriya, siydikda oqsil bo’lishi; Ksantogranulematoz pielonefrit — buyrak to’qimasi yallig’lanishining o’ta kamyob shakli bo’lib, unda ko’p miqdorda makrofaglar va limfoid hujayralar paydo bo’lishi bilan tavsiflanadi; Nefrit — turli etiopatogenezli buyrakning yallig’lanishli kasalliklari. Nefritik sindrom — buyrak kasalliklari fonida rivojlanadigan simptomakompleks; Nefropatiya — buyrak koptokcha apparati va parenximasining turli etiologiyali shikastlanishlari; Nefroskleroz — buyrak to’qimasining biriktiruvchi to’qima bilan almashishi bilan tavsiflanadigan patologiya; Nefrotik sindrom — generalizatsiyalangan shishlar, massiv proteinuriya, gipoproteinemiya va gipoalbuminemiya, giperlipidemiya bilan tavsiflanadigan holat; Pionefroz — yiringli-destruktiv pielonefritning terminal bosqichi hisoblanadigan kasallik; Download 29.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling