Reja: Ishqalanish detallarini uchun materiallar


Foydali ish koeffitsiyenti


Download 1.01 Mb.
bet9/9
Sana17.12.2022
Hajmi1.01 Mb.
#1025815
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Diyorbek Abdiev.Tribologiya MI

Foydali ish koeffitsiyenti — biron bir tizim (qurilma, mashina, dvigatel va boshqalar) sarflagan energiyaning samaradorligini ifodalovchi tushuncha; qancha energiya foydali ishga aylanishini, qancha energiya yoʻqolishini koʻrsatadigan son (odatda, foizlarda ifodalanadi). Foydali ishga sarflangan energiyaning mashina olgan umumiy energiya miqdoriga nisbati bilan aniqlanadi.
Issiqlik dvigatellaridagi foydali ish koeffitsiyenti — mexanik foydali ishning sarflangan issiqlik miqdoriga nisbati, elektr transformatorlardagi foydali ish koeffitsiyenti — ikkinchi chulg’amda olingan elektromagnit energiyasining birlamchi isteʼmol chulgʻamidagi energiyaga nisbati, elektr dvigatellaridagi foydali ish koeffitsiyenti — foydali mexanik ishning manbadan olingan elektr energiyasiga nisbatidan iborat va boshqalar.
Mashinaning umumiy foydali ish koeffitsiyenti uning ayrim qismlari foydali ish koeffitsiyentilari yig’indisiga teng. Energiyaning turli koʻrinishda yoʻqolishi tufayli foydali ish koeffitsiyenti hamisha 1,0 dan kichik boʻladi. Takomillashgan elektr transformatorlarda foydali ish koeffitsiyenti 98—99%, elektr generatorlarida 90—95%, ichki yonuv dvigatellarida 40—50% va issiklik elektr stansiylarida 35—40%.

Xulosa
Avtomobillarda moylash va rostlash ishlariga ketadigan texnik xizmat ko'rsatish vaqtiga 50 % vaqt, tekstil uskunalarida bu ko'rsatkich 60 % ni, va samolyotlarda 40 % ni tashkil etadi.Metall qoplovchi moylash materiallaridan foydalanish bunday xarajatlarni 3 martal kamaytiradi.Bu tribotexnikani mashina va uskunalarga texnik xizmat ko'rsatishga ketadigan xarajatlarni kamaytirishni misollaridan biridir.
Balki yaqin kelajakda tribotexnika bo'yicha dunyo olimlari fiziklar, ximiklar va metallshunoslar bilan hamkorlikda dengiz suvidan qimmatbaho metallar olish usullarini ishlab chiqar, yangi konstruksion va moylash materiallarini yaratar, yeyilmaslik samarasini ta'minlovchi rudalar tarkibini aniqlar, mashina va uskunalarni moslashuvchanligini rad etadigan detallarga ishlov berish texnologik jarayonlarini yaratar, yeyilmaslik samarasini ta'minlovchi turli materiallar aralashmasidan iborat kompozitsion materiallarni izlab topar hamda ko'plab boshqa masalalarni yechimini topishar
Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling