Reja: Kirish I bob. Turizmning tarixiy shakllari


Buyuk Ipak Yo’lining tarmoqlari


Download 51.7 Kb.
bet11/15
Sana21.06.2023
Hajmi51.7 Kb.
#1644686
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
kurs ishi xalqaro turizm

Buyuk Ipak Yo’lining tarmoqlari
Xitoyning Anosi shahriga kelib, Ipak Yo’li bir necha tarmoqlarga bo‘linib ketgan. Xususan bir tarmoq Anosi-Hami-Qoshg‘ar orqali Quqonga, undan esa Toshkentga o‘tgan. Bu yerdan Jizzax va Samarqand orqali Buxoroga kelgan yo’l Urganch orqali Gurevga, u yerdan Oqsaroy orqali Qora dengiz bo‘ylariga chiqqan. Yana bir tarmoq esa Dunxuan orqali Xutanga, undan Lohurga o’tib ketgan. Undan tashqari Buxoroga kelib, bu tarmoq ikkiga bo’lingan. Janubiy yo‘nalish BuxoroQarshi-Termiz orqali Nishopurga o’tgan va Hirot orqali Hindistonga o’tib ketgan. Nishopurdagi tarmoqlardan biri Tehron-Qazvin-Hamadon-Bog‘dod-Palmira yo’nalishi bo‘ylab O’rta Yer dengizi bo’yidagi Tir shahrigacha cho’zilgan. Umuman olganda Ipak Yo’lining janubiy tarmog‘i O’zgan orqali O’shga o’tib, Quva — Marg‘ilon-Qo’qon orqali Xo’jand, Samarqand, Buxoroga o’tgan. Shimoliy yo’nalishi esa, Xazar hoqonligi va Bulg‘or davlati orqali Kiyev Rusi va Yevropa mamlakatlariga borib, bu tarmoq VI asrdan boshlab rivojlana boshlagan. Ipak Yo’lining asosiy karvon yo’llaridan tashqari ichki savdo yo’llari ham mavjud edi.
O‘rta Osiyo hududlarida antik davrdan boshlab, rivojlanish jarayonlari Buyuk Ipak Yo’li bilan uzviy bog‘liqdir. Xususan, mil. avv. II asrdan boshlab Xitoy va O’rta Osiyo tarixiy-madaniy viloyatlari bilan savdo va madaniy aloqalar rivojlanib bordi. Farg‘ona, Sug‘d va Baktriyaga ipakchilik kirib keldi. Karvon Yo’li rivojlanib borgan sari savdo-sotiq va madaniy aloqalar rivojlanib bordi. Kushonlar va eftalitlar davriga kelib (I-VI asrlar), O’rta Osiyo orqali o‘tuvchi Ipak Yo’li tarmoqlari nazoratini mahalliy sug‘diy aholi qulga oladilar. Qushni davlatlar ham Ipak Yo’lidan manfaatdor bo‘lganligi sababli ilk O’rta asrlarda Eron va Vizantiya hukmdorlari sug‘diylar bilan qonli kurashlar olib bordilar.
Milodning boshlarida qadimgi dunyoning ilg‘or madaniyatli davlatlari asosan to‘rttaga: Rim, Parfiya, Xitoy va Kushon davlatlariga bo‘linar edi. G‘arbda Britan orollaridan Sharqda Tinch okeani sohillarigacha cho‘zilgan bu zabardast saltanatlar insoniyat tarixida birinchi bo‘lib «Buyuk Ipak Yo’li» deb nomlanuvchi yo’l bilan bog‘landilar. Ipak Yo’li rivojlanib borgan sari podsholarning o’zaro elchilar yuborishlari, bir-birlariga har xil sovg‘alar in’om etishlari an’anaga aylandi. Savdo-sotiq misli ko‘rilmagan darajada rivojlanib bordi. Shuningdek, Sharq bilan G‘arb madaniyatining bir-biriga ta’siri kuchaydi. Davlatlar rivojlanishidagi ko’plab madaniy o‘xshashliklar ham shu tufayli yuzaga keldi.
Buyuk ipak Yo’li bo‘ylab ko’plab karvonsaroylar, shaharlar barpo etildi. Bu yo’ldan borayotgan savdogarlar ko’pincha yo’lning oxirigacha bormas edilar. O’rta Osiyo viloyatlari bu yo’lning O’rtasida joylashganligi sababli savdogarlar Xorazm, Samarqand, Termiz va boshqa hududlarda o‘z mollarini sotib, mahalliy mahsulotlarni xarid qilar edilar. O’rta asrlar O’rta Osiyo bozorlarida chetdan keltirilgan ko’plab mahsulotlar mavjud ediki, hozirgi kunda Ipak Yo’li ustidagi ko‘hna shaharlar va manzilgohlardagi arxeologik qazishmalar natijasida topilayotgan topilmalar fikrimizning dalilidir.
YUNESKO tomonidan «Buyuk Ipak Yo’li-muloqot Yo’li» dasturining ishlab chiqilishi Yevrosiyodagi 30 dan ortiq yetakchi davlatlarning 2000 yilga qadar ilmiy-madaniy faoliyati uchun yo‘nalish bo‘ldi. Respublikamiz hududlarida ham ilmiy ekspeditsiyalar tashkil etildi. Buning natijasida ko’pgina tarixiy-madaniy obidalar o‘rganildi, qadimgi yo’llar va yo‘nalishlar aniqlandi, milliy va ma’naviy boyligimiz hamda an’analarimiz o‘rganildi. Juda ko’pchilik tadqiqotchilar ishtirok etayotgan «Buyuk Ipak Yo’li-muloqot Yo’li» dasturining asosiy vazifasi Sharq va G‘arb xalqlari O’rtasida iqtisodiy va madaniy aloqalar o‘rnatgan hamda rivojlantirgan bu yo’lni xalqlarning birodarlik, o’zaro hamkorlik va samimiy muloqot Yo’liga aylantirishdan iboratdir.
Keyingi yillarda O‘zbekiston Respublikasida xalqaro turizmni rivojlantirish borasida ishlab chiqilgan muhim hujjatlar qatoriga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1995-yil 2-iyundagi «Buyuk Ipak Yo‘li»ni qayta tiklashda O‘zbekiston Respublikasi ishtirokini avj oldirish va respublikada Xalqaro turizmni rivojlantirish borasidagi chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Farmoni hamda mazkur farmonni amalga oshirish maqsadida e’lon qilingan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995 yil 3-iyundagi «O‘zbekiston Respublikasida xalqaro turizmning zamonaviy infratuzilmasini barpo etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorini kiritish mumkin.
O‘zbekiston turizmning rivojlanishida «Buyuk Ipak Yo‘li» ning tutgan o‘rni va mohiyati nihoyatda cheksiz. Bir necha asrlar davomida ushbu zaminning G‘arb va Sharqida istiqomat qilgan xalqlarni Janubiy-Sharqiy Osiyodan to O‘rta yer dengizi mamlakatlarigacha cho‘zilgan va «Buyuk Ipak Yo‘li» deb nom olgan savdo-sotiq yo‘li bir-biri bilan bog‘lab turar edi. Bu yo‘lga «Ipak Yo‘li» deb nom berilishining asosiy sababi, bu yerda tashiladigan mahsulotlarning asosiy qismi ipak matolari va mahsulotlari bo‘lganligidandir. Ipak tayyorlash bilan bog‘liq bo‘lgan sir-asrorlarni Xitoy ustalari ming yillar davomida boshqa odamlardan yashirib kelgan. Ammo «Buyuk Ipak Yo‘li» orqali tashilgan mahsulotlar faqat ipakdangina iborat bo‘lmay, balki bu yo‘l orqali bronza, chinni, jun, xom ashyolar va ulardan tayyorlangan buyumlar ham edi. «Buyuk Ipak Yo‘li» qariyib ikki ming yillik tarixga ega bo‘lib, bu yo‘l asosan Italiyadan tortib Turkiya orqali Iroq va Eronga borgan. U yerdan esa Markaziy Osiyo hamda Shimoliy Pomir orqali o‘tib Qashqar va Yorkentgacha yetgan. Bu yerda yo‘l ikkiga ajralgan hamda shimol tomondan Takla-Makon sahrosini aylanib o‘tib, Lobnor ko‘li yaqinida yana qo‘shilgan va Xitoygacha borgan.
Uning tarixda tutgan o‘rni hamda ahamiyatini tiklash, bu yo‘lda turizmni rivojlantirish kabi maqsadlarni mo‘ljallab, 1994 yilning oktyabr oyida Birlashgan Millatlar Tashkiloti va uning nufuzli tashkiloti YUNESKO ishtirokida O‘zbekistonda Jahon turistlik tashkilotining kengashi bo‘lib o‘tdi. Kengash a’zolari Ipak yo‘li bo‘ylab turizm faoliyatini tiklash va rivojlantirishga qaratilgan Samarqand Dekloratsiyasini qabul qildi.
1995 yil oktyabrida Toshkent shahrida «Ipak Yo’lida turizm» nomi bilan birinchi turistlik yarmarka o‘tkazildi. Shundan beri bunday yarmarka har yili uzluksiz ravishda o‘tkazilib kelinmoqda. Bu yarmarkalarda tuzilgan shartnoma va bitimlar turizmni yanada rivojlantirish, respublikaning turizmga oid imkoniyatlarini ishga solish hamda «Buyuk Ipak Yo’li»ga xos bo‘lgan qadimiy an’analarni tiklashga keng yo‘l ochib berdi.

Download 51.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling