Mehmonxonalar va ularning vazifasi Ma’ruzachi: Ismoilov B
Download 0.93 Mb.
|
2-mavzu,Xizmat ko\'rsatish 3-KURS,KECHKI
Mehmonxonalar va ularning vazifasiMa’ruzachi:Ismoilov BMehmondo’stlik sanoati korxonalarining evolyutsiyasi to’g’risida so’z yuritganda, tarixiy jihatdan kishilik jamiyatining rivojlanish bosqichlariga mos keluvchi davrlarni ajratish mumkin:
2.Rim imperiyasining qulashi bilan hovli va tavernalar o‟z-o‟zidan inqirozga uchradi. Faqat IV asrdan so‟nggina, O‟rta asr davri (500-1300 yil) boshlangungacha, yangi turda joylashtirish korxonalari yuzaga kela boshladi.1.Mehmonxona sanoati korxonalarining yuzaga kelishi qadimgi Rim bilan aloqadordir (taxminan er.av. 50-yillar). Rim imperiyasi yirik bo‟lganligi sababli amaldor va savdogarlar tez-tez tashqariga chiqib turganlar. Natijada ularni joylashtirish uchun doimiy xovli-joy va tavernalar yuzaga kelgan. 3.Mehmondo’stlik korxonalarining rivojlanishida AQSH aloxida o’rin tutadi. Tarixchilarning fikricha, birinchi karvonsaroy bu yerda Yevropadan ancha keyin, 1607 yilda paydo bo’lgan. Dastlabki tavernalardan biri 1634 yili Bostonda ochilgan. 1642 yilda Nyu-Yorkda (o’sha davrda u yangi Amsterdam deb atalar edi) taverna gollandlar tomonidan ochildi. Nyu-Yorkning Brodvey ko‟chasidagi 70 xonali “Siti-otel” qo’shma shtatlarda ochilgan birinchi mehmonxona bo’ldi. Bu muhim hodisa 1794 yilda sodir bo’ldi. 1829 yilda Bostonda “Tremont” mehmonxonasi – AQSHdagi birinchi klassli, koridor xizmatchilari, registratura (retseptsiya) ga, ega nomerlarning eshiklari qulflanadigan va hatto mehmonlarga bepul sovun beriladigan ilk mehmonxona ochildi. Bu AQSH da “MEHMONXONA BUMI” boshlanishiga turtki berdi. Dastlabki Mehmonxona koʻrinishidagi binolar Ossuriyada (miloddan avvalgi 10-asr) boʻlgan. Bu turdagi binolar turli xalqlarning yashash sharoitlari bilan bogʻliq ravishda turlicha atalgan. Masalan, Oʻrta Osiyoda karvonsaroy, rabot, "zoviya", arablarda "xon", Rossiyada "Gostiniy dvor", "korchma", Fransiya va Ispaniyada "taverna", "harchevna", inglizlarda "inna", yaponlarda "ryokan" kabi. 18-asrdan boshlab Fransiyada "otel" nomi bilan yuritila boshladi va h. k. Keyinchalik bu nom boshqa mamlakatlarga ham tarqaldi. Otel tipidagi katta Mehmonxonalar ilk bor Rossiya (Moskva)da 1879-yil qurilgan (mas, "Grand-Otel" M.si, u 1959-yil "Moskva" M.si bilan birlashtirilgan). Oʻrta Osiyoda dastlabki M. Toshkentda 1905-yil qurilgan ("Natsional", keyinchalik "Sharq" deb nomlangan). Hozirda jahon bo’yicha mehmonxona o’rinlarning soni 17,5 milliondan ortib ketgan. Ularning 37,8 foizi Yevropada, 35 foizi Amerikada, 22,2 foizi Osiyo va Okeaniyada, 2,8 foizi Afrikada va 2,2 foizi O’rta Sharq mintaqasida joylashgan. Dunyo mamlakatlari bo’yicha tahlil qilinadigan bo’lsa, mehmonxonalarning aksariyati AQSH, Yaponiya, Italiya, Germaniya, Xitoy, Fransiya, Meksika, Kanada, Tailand, Gresiya, Avstriya, Indoneziya, Avstraliya, Rossiya, Turkiya va Argentina mamlakatlarida joylashgan, qolgan mamlakatlarning birortasining egalik qilayotgan o’rinlarining soni dunyo bo’yicha umumiy ko’rsatkichning 1%ga yetmaydi. Mehmonxona industriyasi tarixida birinchi “Mehmonxona” so‘zi XVIII asrda paydo bo‟ldi. Fransiyada dastlabki mehmonxonalar “ko‘p xonali bino” deb atalgan. Undagi xonalar bir oyga, bir xaftaga, hatto bir kunga ijaraga berilgan. Tez orada bu atama Amerikada ham keng tarqalgan. Download 0.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling