Reja: Muhit omillarining umumiy tasnifi 2


Download 33.34 Kb.
bet15/16
Sana25.11.2021
Hajmi33.34 Kb.
#177384
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
Bio 1 kurs.12 mavzu

Hamtovoqlik – bitta oziq manbayining turli qismlarini iste’mol qilishda ifodalanadi. Masalan, tuproqda yashovchi saprofit bakteriyalar va o‘simliklar o‘rtasidagi munosabat chirituvchi bakteriyalarning o‘simlik qoldiqlari bilan oziqlanib, ularni mineral moddalargacha parchalashi va o‘simliklarning shu mineral moddalarni o‘zlashtirishida aks etadi.

Kommensalizmning yana bir shakli hamxo‘raklik bo‘lib, bu munosabat oziq orqali bog‘lanishlarga asoslangan. Bir tur boshqa turning oziq qoldiqlari bilan oziqlanishi hamxo‘raklik deyiladi. Masalan, ayrim qushlar timsoh va sirtlonning, tasqara esa sherning ovqat qoldiqlari bilan oziqlanadi. Odamning yo‘g‘on ichagida yashovchi bakteriyalar odamga ziyon yoki foyda yetkazmagan holda hazm bo‘lmagan ovqat qoldiqlari bilan oziqlanadi. Yopishqoq baliq esa maxsus so‘rg‘ichlari bilan akulalar terisiga yopishib olib akula bilan birgalikda harakat qiladi va uning ovqatlari qoldiqlari bilan oziqlanadi.

Antropogen omillar deyilganda insonning atrof-muhitga, ya’ni tirik organizmlar, biogeotsenozlar, biosferaga har qanday (bevosita va bilvosita) ta’siri tushuniladi. Antropogen omillarning quyidagi turlari mavjud: kimyoviy omillar, fizik omillar, biologik omillar, ijtimoiy omillar.

Insonning tabiatga ta’siri bevosita va bilvosita bo‘lishi mumkin.
Download 33.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling