1. Qanday qushlarni bilasiz?


Download 2.01 Mb.
Sana13.10.2023
Hajmi2.01 Mb.
#1701340
Bog'liq
7-sinf Davlat tili. D.NORMENGLIYEVA

  • Qushlar qadimdan insonlarning do‘sti sifatida qadrlanganini multfilmlar, hikoyalar, ertak va qissalardan bilasiz. Humo qushi tinchlik, burgut mag‘rurlik, ukki donishmandlik, oqqush erkinlik, go‘zallik ramzi sifatida tanilgan. Qushlarning xatti-harakatlariga qarab ob-havo to‘g‘risida ma’lumotga ega bo‘lish mumkin. Masalan, turnalarning past-baland uchishi yilning qanday kelishidan; chumchuqlar ning gala-gala bo‘lib uchishi ob-havo ochiq va quruq bo‘lishidan; zag‘chalarning gala-gala bo‘lib yoki qaldirg‘ochlarning pastlab uchishi yomg‘ir yog‘ishidan darak. Bundan tashqari, qushlarning qishloq xo‘jaligida ham ahamiyati katta. Ular ekinzorlardagi, daraxt po‘stloqlaridagi hasharotlar bilan oziqlanib, insonlarga foyda keltiradi.
  • 1. Qanday qushlarni bilasiz?
  • 2. Sizga ularning qaysi xususiyatlari yoqadi?
  • 3. Qushlar tabiat va insonlarga qanday foyda keltiradi?
  • 4. Bir kunda yerga tashlangan saqich orqali 10000 qush halok bo‘lar ekan. Shuning oldini olish uchun qanday tavsiya bera olasiz?
  • 1. Kolibri
  • A. Qanotida tirnog‘i bor
  • 2. Goatsin
  • E. Gayana davlati gerbida uchraydi
  • 3. Toporik
  • F. Pingvinga o‘xshaydi
  • Kalibri – eng kichik va orqaga ucha oladigan yagona qush. (B va D)
  • 1. Ayrim qushlar doim kuzda, sovuq tushganda issiq o‘lkalarga (uchib ketadi / parvoz qiladi).
  • 2. Qadimda kabutarlar orqali xabar (yuborilgan / jo‘natilgan).
  • 3. Bulbul taxminan 10 yil (yashaydi / umr ko‘radi).
  • 4. Rivoyatlarda keltirilishicha, qaldirg‘ochlar fayzli xonadonlarga (uya quradi / in soladi).
  • 5. Flamingo bir oyoqda turib (uxlaydi/ mizg‘iydi).
  • To‘g‘ri javob
  • To‘g‘ri javob
  • To‘g‘ri javob
  • To‘g‘ri javob
  • To‘g‘ri javob
  • Ayrim qushlar doim issiq o‘lkalarga uchib ketadi.
  • Qadimda kabutarlar orqali xabar jo‘natilgan.
  • Bulbul taxminan 10 yil umr ko‘radi.
  • Rivoyatlarda keltirilishicha, qaldirg‘ochlar fayzli xonadonlarga uya quradi.
  • Flamingo bir oyoqda turib uxlaydi.
  • Mustaqil bajarish uchun topshiriq!
  • Qaysi davlat ramzlarida qushlar tasviri uchrashi va ular nimaning timsoli ekani haqida ma’lumot to‘plang.

Download 2.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling