Reja: Paxta va pillani qayta ishlash bilan bog’liq yengil sanoat tarmoqlari


Download 1.26 Mb.
bet4/10
Sana08.03.2023
Hajmi1.26 Mb.
#1252941
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
1350806322 19127

Trikotaj sanoatining O'rta Osiyodagi eng yirik korxonasi Qo’qon paypoq fabrikasi 1939 yilda ishga tushurildi. Urush yillarida Andijon va Toshkent trikotaj fabrikalari qurildi. Shuningdek, tarmoqning yirik korxonalari Samarqand, Buxoro, Jizzax shaharlarida ham qurilgan bo’lib, ularda erkaklar, ayollar va bolalarni ustki va ichki trikotaj kiyimlari ishlab chiqariladi.
Tikuvchilik sanoati O'zbekistonning barcha viloyatlarida mavjud. Bu sanoatning korxonalari ayni paytda mehnat resurslari ko’p bo’lgan qishloq joylarida va kichik shaharlarda ko’plab qurilgan. Sanoatning ushbu tarmog’ida ko’plab qo’shma korxonalar ham barpo qilingan. Mazkur korxonalarda chiroyli kiyim-kechaklar bilan birga qo’lda tikilgan chopon, ko’rpa-to’shak, gulko’rpa, zarbof to’n, choyshab, so’zana, kashta kabi buyumlar yuksak milliy san`at mahsuli darajasida ishlab chiqarilmoqda.


2. Yengil sanoatning boshqa tarmoqlariga ta`rif.
Ko’n-poyabzal sanoati. Ko’nchilik-O'zbekiston hunarmandchili-gining qadimiy turlaridandir. Samarqand, Buxoro, Xiva, Qo’qon shaharlarida ko’plab ko’nchilik do’konlari bo’lib, ularda har xil charmlar tayyorlangan. Dastlabki ko’n zavodi Toshkentda 1928 yilda qurilib ishga tushirildi. 1967 yilda ikkinchi ana shunday korxona ishga tushdi. Bu ikki korxona orasida Xonobod (Andijon)da ham teri oshlash zavodi ish boshladi.
Poyafzal sanoati ham qadimiy tarmoqlardandir. 1927 yil Toshkentda poyafzal fabrikasi ishga tushirildi. Keyinroq Yangiyo’l poyafzal fabrikasi, Pop rezina poyafzal fabrikasi, Farg’ona poyafzal fabrikasi ish boshladi. Hozirda bu shaharlardan tashqari Samarqand, Buxoro, Qo’qon, Chirchiq, Andijon, Namangan shaharlarida ham poyafzal fabrikalari ishlab turibdi. Ularda hayvonlar terisidan yumshoq va qattiq charm, tabiiy va sun`iy charmdan turli poyabzal (tufli, botinka, etik, sandal, shippak, piyma, kalish va b.), shuningdek, telpak, ot-ulov asboblari, attorlik buyumlari ishlab chiqariladi.
Poyabzal ishlab chiqarishni takomillashtirish sohasida xorijiy mamlakatlar bilan hamkorlik yaxshi yo’lga qo’yilgan. Masalan, 1995 yildan "Farg`onapoyabzal" aksiyadorlik jamiyati Germaniyaning "Salamander" firmasi bilan hamkorlikda "O’zsalamander" qo’shma korxonasi barpo etilib, eksportbop mahsulot chiqara boshladi. Ushbu korxona yilliga 8 turdagi 500 ming juft erkaklar poyabzali ishlab chiqarish quvvatiga ega.
Mo’yna sanoatining eng yirik korxonalari Buxoro qorako’l zavodi va Toshkent ko’n-mo’yna zavodidir. Bu korxonalarda ayollar va bolalar paltosi, bosh kiyimlari, astari mo’yna bo’lgan buyumlar tayyorlanadi. Buxoro qorako’l zavodiga qorako’l terilariga ishlov beriladi. Hozirda bu yerda Gretsiya bilan hamkorlikda "Buxoro-Omega" qo’shma korxonasi tashkil qilingan. Keyingi yillarda Ozbekiston hududida ondatra, nutriya, qunduz kabi mo’ynali hayvonlarning ko’paytirilishi sanoat ahamiyatiga ega bo’lmoqda. Ulardan olingan mo’ynalardan ustki va bosh kiyimlar tikiladi

Download 1.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling