Yengil va oziq-ovqat sanoati
Reja:
1. Paxta va pillani qayta ishlash bilan bog’liq yengil sanoat tarmoqlari
2. Yengil sanoatning boshqa tarmoqlariga ta`rif
3. Oziq-ovqat sanoati, tarmoqlar tarkibi, geografiyasi
O'zbekiston iqtisodiyotida yengil sanoatning ulushi alohida va ko’p qirralidir. Qishloq xo’jalik mahsulotlarini qayta ishlaydigan yengil va oziq-ovqat sanoati korxonalari respublika agrosanoat majmui (ASM)ning tarkibiy qismidir.
Hozirgi davrda mamlakat yengil sanoati ko’p tarmoqli industrial kompleks bo’lib, uning tarkibida paxta tozalash zavodlari, to’qimachilik, trikotaj, shoyi to’qish, tikuvchilik, ko’n-poyabzal, gilamchilik, chinni-fayans buyumlari ishlab chiqarish kiradi. Respublika yalpi sanoat mahsulotining 19,4 foizi yengil sanoat hisobiga to’g’ri keladi (2004 y). Respublika yengil sanoati tarmoqlari yiliga 456 mln. m² ip gazlama, 474 ming m² jun gazlama, 47 mln. m² shoyi gazlama, 32,1 mln. dona trikotaj mahsulotlari, 64,5 mln. juft paypoq, 5,5 mln. juft poyabzal, 2 mln. m² gilam va gilam mahsulotlari ishlab chiqarmoqda.
15-jadval.
Asosiy turdagi yengil sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish dinamikasi (o'tgan yilga nisbatan foizda).
Do'stlaringiz bilan baham: |