Reja: Paxta va pillani qayta ishlash bilan bog’liq yengil sanoat tarmoqlari


Oziq-ovqat sanoati, tarmoqlar tarkibi, geografiyasi


Download 1.26 Mb.
bet6/10
Sana08.03.2023
Hajmi1.26 Mb.
#1252941
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
1350806322 19127

3. Oziq-ovqat sanoati, tarmoqlar tarkibi, geografiyasi.
Respublikada eng taraqqiy etgan sanoat tarmoqlaridan biri bu-oziq-ovqat sanoatidir. Sanoatning mazkur turi asosan mahalliy (qishloq xo’jaligi) xom ashyosiga tayanadi. Umumsanoat mahsuloti hajmining 9,6 foizi oziq-ovqat sanoatiga to’g’ri keladi (2004 y). Qishloq xo’jaligi rivojlangan O'zbekistonda sanoatning bu turi qadimdan shakllangan. Dastlab suv tegirmonlarida un, objuvozlarda guruch, juvozlarda o'simlik moyi, novvoyxonalarda nonlar tayyorlangan, qandolatchilar turli xil shirinliklar, uzumdan musallas va boshqa sharbatli va suyuq ichimliklar tayyorlaganlar.
Oziq-ovqat sanoatining tarmoqlari ko’p va xilma-xil. Unda sut va go’sht, yog`-moy va baliq mahsulotlari, un va un mahsulotlari, meva-sabzavot va konservalar, uzum va meva sharbatlari, spirt, aroq, pivo, tamaki, chanqovbosar ichimliklar va boshqa mahsulotlarni ishlab chiqarish yo’nalishlari yo’lga qo’yilgan.
Mamlakatimiz aholisining ehtiyojini qondirish maqsadida uning oziq-ovqat sanoati yildan-yilga ko’p mahsulot ishlab chiqarishni ta`minlamoqda. Mamlakat oziq-ovqat sanoat korxonalarida 142,6 ming t. go’sht va go’sht mahsulotlari, 213,4 ming t. sut va sut mahsulotlari, 2,8-3,0 ming t. hayvon va 276 ming t. o'simlik yog`i, 54,2 ming t. makaron mahsulotlari, 542,2 ming t non va non mahsulotdari ishlab chiqarilmoqda.
16-jadval.
Asosiy turdagi oziq-ovqat sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish dinamikasi (o'tgan yilga nisbatan foizda).



T/r

Oziq-ovqat sanoat mahsulotlari

2000

2002

2003

2004

1.

Sut va sut mahsulotlari


Download 1.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling