Tize(y) / / deze bog‘lovchisi: olt. olor biske ayttilar bis deze ukpadibis “ular bizga aytdilar, lekin biz anglamadik”; shor. men seni qiygirgam sen teze un perbediij “men seni chaqirdim, lekin sen javob bermading”, alar anda qaldilar men tezepere nan keldim “ular qoldi, men esa keldim”, xak. xaxpas xiri irgilenin carimi-la turca carimin tizey kemnirj-de xoli cardinal naacilap saltir “ochiq qoldi, lekin yarmi yana kimningdir qo‘li bilan yopildi”.
Vale, va, lekin, lek, amma bog‘lovchilari: ozarb. bir gedeyem men veli gor niyyati sultanligim “bir gadoman, lekin sultonlikka niyatimni ko:r”, goz yasi tokerdi leyk ne sud “ ko‘zdan yosh to‘kildi, lekin ne foyda”; eski o‘zb, magar uyqudayuzun korgay erdim, vale hajrinda kozdan ucdi ityqu; xub aytip edi, amma men razi bolmadim; o‘zb. gapingiz to‘g‘ri ekan, lekin masalaning boshqa tomoni ham bor.
O‘zbek tilida biroq va balki zidlov bog‘lovchilari ham bo‘lib, bu boshqa turkiy tillarda, deyarli, uchramaydi: O‘ktam mevalarni saralaydi, biroq, yegisi kelmaydi (Oybek). ...yolg‘iz o ‘zi emas, balki butun kosib ahlining ahvoli pachava ekanini ochib tashladi (Oybek).
Ayiruv bog‘lovchilari harakat, voqea-hodisaning takrorini anglatadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |