Reja: Umumiy qoidalar Ekstremizmga qarshi kurashish chora-tadbirlari


Download 113.5 Kb.
bet11/11
Sana27.03.2023
Hajmi113.5 Kb.
#1299303
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
EKSTRIRIZM

5-bob. Yakunlovchi qoidalar
20-modda. O‘zbekiston Respublikasining ekstremizmga qarshi kurashish sohasidagi xalqaro hamkorligi
Oldingi tahrirga qarang.
Ekstremizmga qarshi kurashish sohasidagi xalqaro hamkorlik O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligi va xalqaro shartnomalariga muvofiq amalga oshiriladi.
(20-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ekstremizmga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi davlat organlari chet davlatlarning vakolatli organlariga belgilangan tartibda zarur axborotni taqdim etish to‘g‘risida so‘rovlar yuborish va ularning so‘rovlariga javob berish, shuningdek boshqa hamkorlikni amalga oshirish huquqiga ega.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: “Terrorizm, separatizm va ekstremizmga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Shanxay konvensiyasi (2001-yil 15-iyun, Shanxay)
Oldingi tahrirga qarang.
21-modda. Ekstremizmga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik
Ekstremizmga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.
(21-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
22-modda. Ushbu Qonunning ijrosini, yetkazilishini, mohiyati va ahamiyati tushuntirilishini ta’minlash
Ekstremizmga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi davlat organlari ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi o‘rtasida tushuntirilishini ta’minlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
23-modda. Qonunchilikni ushbu Qonunga muvofiqlashtirish
(23-moddaning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin.
24-modda. Ushbu Qonunning kuchga kirishi
Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oy o‘tgach kuchga kiradi
Download 113.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling