Reja: Yuqori mustahkamli beton tayyorlash uchun materiallar


rasm- Yuqori mustahkam yengil betonlarning ishlatish sohasi


Download 0.59 Mb.
bet3/12
Sana24.12.2022
Hajmi0.59 Mb.
#1055807
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Mavzu-2 maxsus (2)

2.1. rasm- Yuqori mustahkam yengil betonlarning ishlatish sohasi

Beton qorishmasini tayyorlashda markasi M500 li portlandsement, o‘rtacha yiriklikdagi kvars qumi, uyma zichligi 0,7 kg/dm3 va fraksiyasi 0...10mm li keramzit, superplastifikator S-3 (1 % sement massasiga nisba-tan) va mikrokremnezem (10 % sement massasiga nisbatan) qo‘llaniladi. Sement sarfini 350 dan 500 kg/m3 gacha, to‘ldiruvchilarni 0,6 m3 dan 0,9 m3 gacha almashtirish (o‘zgartirish) orqali 1 m3 beton uchun turli xil mustahkamlik va zichlikka ega bo‘lgan beton olinadi (2.2-rasm).



2.2-rasm. Kremzitbeton mustahkamligining zichligiga bog‘liqligi. Sement sarfi: 1,2-350 kg/m3; 3,4-500 kg/m3 (shtrihli chiziq-3 kunlikda, to‘liq chiziqlar 28 kunlikda).
Sement sarfi 500 kg/m3 bo‘lganda mustahkamligi 40 MPa va zichligi 1,4 kg/dm3 bo‘lgan yuqori mustahkam yengil beton olingan. Bunday betonning so-vuqbardoshligi 250 sikldan yuqori.

2.3-rasm. Keramzitbetonli qorishma harakatchanligining vaqt bo‘yicha o‘zgarish grafiklari. Keramzitning namligi va mikrokremnezemni kiritishning usullari: 1, 2-qorishmadagi keramzit tabiiy namlikda bo‘lganida; 3, 4-qorishmadagi keramzit nam bo‘lganda (to‘liq chiziqlar mikrokremnezemni suv bilan aralashtirib kiritilganda; shtrixli chiziqlar-mikrokremnezemni quruq xolda kiritilganda).

Конус чўкмаси, см

Keramzitbetonli qorish-mani tayyorlash jarayonda mikro-kremnezem quruq kukun xolda sachratib qo‘shiladi. Quyidagi 2.3-rasmda keramzitbeton qorishmasining vaqt bo‘yicha o‘zgarish tavsiflari keltirilgan. Ushbu grafiklardan ko‘rish mumkinki, quruq keramzitbeton beton qorishmasiga mikrokremnezem changitib qo‘shilganda qorishmaning harakatchanligi dastlabki 0,5...1 soat mobaynida sezilarli kamayadi (1-egri chiziq), mikrokremnezem quruq holda qo‘shilganda (2-egri chiziq), qorishma harakatchanligining kamayishi me'yoriy darajada bo‘ladi. Namlangan keramzit ishlatilganda (3, 4-chiziqlar) qorishma harakatchanligi kamayadi, ya'ni: mikrokremnezem changitib (namroq holda) qo‘shilganda konus cho‘kmasi 21...25 sm li qiymati 1...1,5 soat davomida saqlanadi; mikro-kremnezem quruq holda qo‘shilganda konus cho‘kmasi miqdori 24 sm 2 soatdan ko‘proq saqlanib turadi.


Yuqoridagilardan xulosa qilish mumkinki, beton qorishma harakatchanligining kamayishi uning zichligi va mustahkamligining ortishi bilan tavsiflanadi.
Yuqori mustahkam keramzit va zamonaviy organomineralli modifika-torlar (MB va embelit) ishlatilganda ham, mustahkam yengil beton olish mumkin. Keramzit va modifikatorlar xillarining yengil beton xossalariga ta'sirini taqqoslash natijalari 2.1-jadvalda keltirilgan.

Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling