Reja: Yuqori mustahkamli beton tayyorlash uchun materiallar
rasm- Yuqori mustahkam yengil betonlarning ishlatish sohasi
Download 0.59 Mb.
|
Mavzu-2 maxsus (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.2-rasm. Kremzitbeton mustahkamligining zichligiga bog‘liqligi. Sement sarfi: 1,2-350 kg/m
2.1. rasm- Yuqori mustahkam yengil betonlarning ishlatish sohasi
Beton qorishmasini tayyorlashda markasi M500 li portlandsement, o‘rtacha yiriklikdagi kvars qumi, uyma zichligi 0,7 kg/dm3 va fraksiyasi 0...10mm li keramzit, superplastifikator S-3 (1 % sement massasiga nisba-tan) va mikrokremnezem (10 % sement massasiga nisbatan) qo‘llaniladi. Sement sarfini 350 dan 500 kg/m3 gacha, to‘ldiruvchilarni 0,6 m3 dan 0,9 m3 gacha almashtirish (o‘zgartirish) orqali 1 m3 beton uchun turli xil mustahkamlik va zichlikka ega bo‘lgan beton olinadi (2.2-rasm). 2.2-rasm. Kremzitbeton mustahkamligining zichligiga bog‘liqligi. Sement sarfi: 1,2-350 kg/m3; 3,4-500 kg/m3 (shtrihli chiziq-3 kunlikda, to‘liq chiziqlar 28 kunlikda). 2.3-rasm. Keramzitbetonli qorishma harakatchanligining vaqt bo‘yicha o‘zgarish grafiklari. Keramzitning namligi va mikrokremnezemni kiritishning usullari: 1, 2-qorishmadagi keramzit tabiiy namlikda bo‘lganida; 3, 4-qorishmadagi keramzit nam bo‘lganda (to‘liq chiziqlar mikrokremnezemni suv bilan aralashtirib kiritilganda; shtrixli chiziqlar-mikrokremnezemni quruq xolda kiritilganda). Конус чўкмаси, см Keramzitbetonli qorish-mani tayyorlash jarayonda mikro-kremnezem quruq kukun xolda sachratib qo‘shiladi. Quyidagi 2.3-rasmda keramzitbeton qorishmasining vaqt bo‘yicha o‘zgarish tavsiflari keltirilgan. Ushbu grafiklardan ko‘rish mumkinki, quruq keramzitbeton beton qorishmasiga mikrokremnezem changitib qo‘shilganda qorishmaning harakatchanligi dastlabki 0,5...1 soat mobaynida sezilarli kamayadi (1-egri chiziq), mikrokremnezem quruq holda qo‘shilganda (2-egri chiziq), qorishma harakatchanligining kamayishi me'yoriy darajada bo‘ladi. Namlangan keramzit ishlatilganda (3, 4-chiziqlar) qorishma harakatchanligi kamayadi, ya'ni: mikrokremnezem changitib (namroq holda) qo‘shilganda konus cho‘kmasi 21...25 sm li qiymati 1...1,5 soat davomida saqlanadi; mikro-kremnezem quruq holda qo‘shilganda konus cho‘kmasi miqdori 24 sm 2 soatdan ko‘proq saqlanib turadi. Yuqoridagilardan xulosa qilish mumkinki, beton qorishma harakatchanligining kamayishi uning zichligi va mustahkamligining ortishi bilan tavsiflanadi. Yuqori mustahkam keramzit va zamonaviy organomineralli modifika-torlar (MB va embelit) ishlatilganda ham, mustahkam yengil beton olish mumkin. Keramzit va modifikatorlar xillarining yengil beton xossalariga ta'sirini taqqoslash natijalari 2.1-jadvalda keltirilgan. Download 0.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling