Республикаси олий ва


- rasm. Byudjet daromadlarida aksiz solig’ining ulushi


Download 265.47 Kb.
bet24/31
Sana17.06.2023
Hajmi265.47 Kb.
#1521504
TuriДиссертация
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   31
Bog'liq
bilvosita soliqlar xisobi va taxlilini takomillashtirish

3.3- rasm. Byudjet daromadlarida aksiz solig’ining ulushi


Aktsiz solig’ining to’g’ri hisoblab yozilishi va budjetga to’lanishi ustidan nazoratni Davlat soliq xizmati organlari O’zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi, O’zbekiston Respublikasining «Davlat soliq xizmati to’g’risida»gi qonuni, yuqorida ko’rsatib o’tilgan Yo’riqnoma va O’zbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiradi.


Yuqorida takidlaganimizdek, Respublikamizda davlat tomonidan olib borilayottan ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy hayotdagi erkinlashtirish siyosati soliqlar tizimini har tomonlama erkinlashtirishga sharoit yaratmoqda. Birinchi
Prezidentimiz Islom Karimovning so’zlari bilan aytganda «Soliqlar korxonalarning tadbirkorligi va tashabbuskorligini har tomonlama rag’batlantirishi lozim».70 Birinchi Prezidentimizning bu nutqida soliqlarning mohiyatini, ularni iqtisodiy zarurligini barcha to’liq tushunib yetishi lozim, soliqlarni soddalashtirish va soliq yukini muvofiqlashtirish lozimligi to’g’risida ma’ruza qilganlar, shuningdek davlat budjetida daromadlarni shakllantirishga alohida e’tibor bergan holda mahalliy budjetlar daromadini oshirishni ta’kidlagan edilar.
Bunda mahalliy hokimiyat va boshqaruv organlarining barcha darajalardagi mahalliy budjetlar daromadlari va xarajatlarini shakllantirishdagi roli, mustaqilligi va mas’uliyatini oshirish, mahalliy budjetlarning Davlat budjetidagi ulushini ko’paytirish maqsadida ayrim soliqlar bo’yicha tushumlar to’liq miqdorda mahalliy budjet daromadlariga o’tkazilishi belgilangan, ushbu soliqlar quyidagilardir:

  • suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq;

  • yuridik shaxs bo’lmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanuvchi jismoniy shaxslar daromadlaridan olinadigan belgilangan soliq;

  • yuridik va jismoniy shaxslarning tadbirkorlik faoliyati ayrim turlarini amalga oshirishdan oladigan daromadlaridan olinadigan belgilangan soliq;

  • respublikada ishlab chiqariladigan alkogolli mahsulotlar va spirt, pivo, o’simlik yog’i, kir sovunga belgilangan aktsiz soliqlari miqdori.

Aktsiz solig’i budjetga, oyning aktsiz to’lanadigan tovar realizatsiya qilingan o’n kunligi tugaganidan keyin uch kundan kechiktirmay o’tkazilishi lozim.
Aktsiz solig’i korxonalarning moliyaviy-xo’jalik faoliyatiga salbiy ta’sir ko’rsatmasligi lozim, chunki O’zbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga asosan aktsiz solig’ini iste’molchilardan olib byudjetga o’tkazish majburiyati korxonalarga yuklatilgan. Lekin aktsiz solig’ining salbiy tomonlari ham namoyon bo’lmoqda. Bu esa, nafaqat bevosita iste’molchilarga, balki ishlab chiqaruvlarga ham ta’sir etmoqda.



70 I.A.Karimov Bizning yo’limiz-demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va modernizatsiya jarayonlarini izchil davom ettirish yo’lidir. – Toshkent.: xalq so’zi gazetasi, 2011y 9 dekabr.

Download 265.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling