Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti jahon tarixi


Xitoyning tangutlar, kidanlar va chjurchjenlar bilan munosabatlari


Download 222.12 Kb.
bet20/54
Sana30.12.2022
Hajmi222.12 Kb.
#1073109
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   54
Bog'liq
Jahon tarixi (o\'rta asrlar)

Xitoyning tangutlar, kidanlar va chjurchjenlar bilan munosabatlari


Tangutlarning G‘arbiy Sya davlati. X asrning oxiri-XI asrning boshlariga kelib Xitoyning shimoli-g‘arbiy chegaralarida yangi xavf - Si Sya
(982-1227) – G‘arbiy Sya (xitoyliklar uni shunday atagan) yuzaga keldi. Davlatga qadimgi ko‘chmanchi syan qabilasining vorisi tangutlar asos soldi.
“Besh sulola va o‘n qirollik” davrida tangutlar Xitoy boshqaruvi ostida bo‘lib, uning hukmdori nomigagina vassal qaramlikni tan olgan edi. 982- yilga kelib, tangut yo‘lboshchisi Sun saroyi bilan aloqalarni uzdi. Yangi mustaqil davlatga asos soldi. Tangut jamiyati feodal-patriarxal shaklda edi. Ijtimoiy tuzumda, davlat apparati tarkibida va harbiy tashkilotlarda patriarxal- urug‘chilik tizimi saqlanib qolgandi. Tangut urug‘ oqsoqollari qo‘lida ko‘p sonli kuchli qo‘shin bor edi.
Deyarli 250 yil mavjud bo‘lgan G‘arbiy Sya davlatida tangut xalqining o‘ziga xos madaniyati shakllandi va XII asrda ravnaq topdi. Tangutlarning o‘z yozuvi, diniy va dunyoviy adabiyoti, maktab va akademiyasiga, tarixi yoritilgan xronikalariga ega bo‘ldi. O‘ziga xos musiqa madaniyati va san’ati yuzaga keldi.
Butun XI asrda G‘arbiy Sya Sun sulolasi bilan kurash olib bordi. 1006- yilda tangutlar qiroli Sun sulolasi bilan tinchlik shartnomasini imzoladi. Shunday qilib, Sun sulolasi mustaqil tangut davlatini mavjudligini tan oldi.
G‘arbiy Sya davlati Yuan-xao (1031-1048) davrida kengaydi va mustahkamlandi. 1038-yilda Yuan-xao imperator unvonini qabul qildi. U kuchli qo‘shin tuzdi. Ayniqsa uning “temir zirxli” otliqlari qo‘shinda asosiy rol o‘ynardi. 1040-1044-yillarda ikki davlat uchun og‘ir kechgan urush bo‘lib o‘tdi. Tuzilgan tinchlik shartnomasiga ko‘ra, har yili Sun sulolasi tangutlarga katta miqdorda tovon to‘lashi belgilandi. Keyingi davrda ikki davlat o‘rtasida Xitoyning chjurchjenlar bosqini sababli kuchsizlanganni bois urush kelib chiqmadi.

  1. asrning to‘rtinchi choragi boshida kidanlar chjurchjenlarga yurish qilganda tangutlar Lyao davlatiga yordam berdi. Ammo tezda tangutlar qudratli chjurchjenlar tomonidan tor-mor keltirildi.

Sun imperiyasining kidanlar bilan kurashi. XI asrning oxiriga qadar Sun sulolasining asosiy va xavfli raqibi kidanlar bo‘lib qoldi. Kidanlar imperiyaga tinimsiz yurishlarni amalga oshirardi. Imperiya ularni qiyinchilik bilan qaytarib turdi. 979 va 986-yillardagi muvaffaqiyatsiz urushlardan so‘ng 1004- yilda Kayfun yaqiniga kidan qo‘shinlari kirib keldi. Sun sulolasi Xitoy uchun juda og‘ir bo‘lgan kelishuvni imzolashga majbur bo‘ladi. Har yili imperiya kidanlarga katta hajmda o‘lpon to‘lashi belgilanadi.
1042-yilda kidanlar Sun va G‘arbiy Sya o‘rtasidagi urush holatidan foydalanib, Xitoy hukumatiga yangi shartlar qo‘yadi. Kidanlarga to‘lanadigan
to‘lov miqdori oshirildi. 1075-yilda Lyao hukumati Shansi hududini o‘z boshqaruviga berishni talab qildi. Bu kidanlarning xalqaro siyosiy maydondagi so‘nggi xarakati bo‘ldi.
Chjurchjenlarning Szin davlati. XII asrga kelib imperiya uchun tungus- manjur qabilasi bo‘lgan chjurchjenlar asosiy xavfga aylandi. XII asr boshlariga kelganda chjurchjenlarda ibtidoiy jamiyat ildizlari barham topib, ular feodal munosabatlarga asoslangan jamiyatga o‘tishdi. Chjurchjen qabilasi Vanyan urug‘ining harbiy-siyosiy yetakchiligida birlashdi. Ularda davlatchilik yuzaga keldi.
1113-yilda vanyan qabilasi yo‘lboshchisi Aguda (1115-1123) X asrdan buyon chjurchjenlar ustidan hukmronlik qilib kelayotgan kidanlarga qarshi isyon ko‘tardi. Kidanlar yerlarini egalladi. Ikki yil o‘tib, mustaqil qirollikka asos soldi. Uni Szin deb nomladi. Aguda imperatorga aylandi. Szin imperiyasi ilk feodal harbiy davlat edi. XII asrning birinchi choragi oxiriga kelib, imperiya harbiy-siyosiy kuch jihatdan yetakchi davlatga aylandi.
XII asrning boshiga kelib Lyao imperiyasi xo‘jalik, siyosiy va harbiy sohada katta yo‘qotishlarga uchradi. Tinimsiz urushlar davlat zaxiralarini tugatib, xalqning ahvolini og‘irlashtirdi. Imperiya ichida ham muntazam ravishda qaram qabila va xalqlarning isyonlari sodir bo‘ldi. Shu bilan birga kidanlarning qaram dehqonlari, erkin kishilari, qullari, askarlari ham ochiqdan-ochiq hukumatga qarshi chiqa boshladi.
1118-yilda Sun sulolasi Szinning harbiy kuchidan foydalanib, Lyaoni mag‘lub etish va X asrda unga o‘tib ketgan Shimoliy Xitoy yerlarini qaytarish maqsadida chjurchjenlar bilan muzokaralar boshlaydi. Muzokaralar natijasida Szin - Sun ittifoqi tuzildi. Ammo bu Xitoy uchun og‘ir bo‘ldi. Chjurchjenlarga har yili katta miqdorda tovon to‘lashdan tashqari chjurchjenlarga saroy ichki hayotiga aralashuviga imkon beruvchi boshqa imtiyozlar berildi.
1125-yilda Kidanlar imperiyasi quladi. Kidanlarning bir qismi Tolos va Chu daryosi havzasiga kelib joylashdi. Bu yerda qoraxitoylarning G‘arbiy Lyao davlatiga asos soldi. G‘arbiy Lyao 1211-yil mo‘g‘ullar bosib olguncha mavjud bo‘ldi. 1125-yilning qishidayoq chjurchjenlar Sun imperiyasi bilan tuzilgan kelishuvni buzib, Xitoy hududiga bostirib kirdi. 1127-yilning boshida Szin armiyasi Kayfin shahrini egalladi. Sun imperatori va oila a’zolari asir olindi. Shu tariqa chjurchjenlar Xuanxe daryosidan shimoldagi hududlarni egallab oldi.
1127-yil iyunda Xenanda asirlikdan qochgan imperator o‘g‘li o‘zini “oy o‘g‘li” deb e’lon qildi. Shu davrdan Sun sulolasi boshqaruvining ikkinchi davri-Janubiy Sun (1127-1279) tarixi boshlandi. Xanchjou Janubiy Sunning poytaxtiga aylantirildi.



Download 222.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling