Innovatsion va ijtimoiy-iqtisodiyot universiteti


Download 76.26 Kb.
bet1/5
Sana08.11.2023
Hajmi76.26 Kb.
#1755293
  1   2   3   4   5
Bog'liq
XX asrning 70-80




O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA’LIM FAN VA INNOVASIYALAR VAZIRLIGI
INNOVATSION VA IJTIMOIY-IQTISODIYOT UNIVERSITETI
BOSHLANG’ICH TA’LIM FAKULTETI
XX asrning 70 – 80-yillarida O’zbekistonda xalq ta’limi”
mavzusidagi
KURS ISHI


Bajardi: 6/22-guruh talabasi Po’latova Barno
Ilmiy rahbar: __________________________
TOSHKENT-2023


MUNDARIJA
KIRISH.

  1. O‘zbekistonda 1970-1980 yillarda maorif.

  2. XX asrning 70 – 80 yillarda oliy ta’lim tizimi va uning faoliyati.

  3. XX asrning 50-80 yillarda fan va adabiyotning ta`lim tizimidagi roli.

XULOSA.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR.


KIRISH
Har bir ijtimoiy tuzumda insonning ma’naviy yuksalishini ta’minlovchi ta’lim-tarbiya, ma’naviyat va ma’rifat kabi tushunchalar mavjud bo'lib, ular pedagogika sohasidagi о’zgarishlarini jamiyat taraqqiyoti bilan bog'liq holda o'rganishni talab etadi.
Pedagogika tarixi qadim zamonlardan hozirgi kungacha bo'lgan turli tarixiy davrlarda tarbiya, maktab va pedagogika nazariyasining taraqqiyotini davrlar talabi asosida o'rganib keladi. Har bir ijtimoiy tuzum, uning kelajagi, insoniyat istiqboli, kishilarning turmush darajasi fan va madaniyat taraqqiyoti bilan bevosita bog'liqdir. Binobarin, mustaqillik tufayli ko'hna Turkiston diyorida istiqomat qilib kelgan barcha xalqlar milliy qadriyatlarining qayta tiklanishi va rivojlanishi uchun shart-sharoitlar vujudga keldi.
Urushdan keyingi yillarda O’zbekiston sovetlar hukumati maorif, fan va madaniyatni rivojlantirishga e'tibor bermadi, deyishga hech qanday asos yo’q. Ammo bu tarmoqlar buyuk davlatchilik siyosati manfaatalariga bo’ysundirilgan holda olib borildi. Bu siyosatni «baynalminalchilik» va «shaklan milliy mazmunan sotsialistik» deb atalgan shovinistik g’oyalar asosida amalga oshirildi. Chunki «baynalminalchilikka» tashqi shakl va tashviqot-targ’ibot nuqtai nazaridan haqiqiy baynalminalchilik g’oyasi berilgan bo’lsada, amalda sovetlar hukmronligi davrida bu g’oya har qanday milliylik va milliy manfaatni nazar-pisand qilmas, milliylik va milliy manfaat g’oyasi tarafdorlarini hech ikkilanmasdan iskanja ostiga olar va qatag’on qilar edi. «Shaklan milliy va mazmunan sotsialistik» madaniyat g’oyasi ham aslida mahalliy millatlar ongini zaharlash quroli bo’lgan.
Chunki «shakl» shunchaki ishlatilgani holda asosiy maqsad g’oya mazmun pardasiga o’ralgan bo’lib, u miliy qadriyatlarni g’orat qilib, «sotsialistik» niqob ostida ruslashtirish manfaatlariga xizmat qilar edi.



Download 76.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling