Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti jahon tarixi


Koreya va Xitoy bilan munosabatlar (XIV-XV asrlar)


Download 222.12 Kb.
bet29/54
Sana30.12.2022
Hajmi222.12 Kb.
#1073109
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   54
Bog'liq
Jahon tarixi (o\'rta asrlar)

Koreya va Xitoy bilan munosabatlar (XIV-XV asrlar).


Yaponiyaning tashqi savdosi
Xodzyo hukmronligining oxirida va ikkinchi Asikaga syogunligi hukmronligi boshlanish pallasida hukumat mo‘g‘ullar hujumi vaqtida uzilib qolgan Xitoy va Koreya bilan munosabatlarni tiklashga xarakat boshladi. Yapon kemalarida Xitoyga budda ruhoniylari yo‘l olgan bo‘lsa, o‘z navbatida Xitoydan Yaponiyaga yoshlarga ta’lim berish va monastirlarda faoliyat ko‘rsatish uchun ruhoniylar keldi.
“Shimol va Janub sulolalari” urushi davrida, ayniqsa XIV asrning o‘rtalaridan Yaponiyaning Koreya va Xitoy bilan munosabatlari keskinlashib ketdi. 1340-yildan to 1386-yilgacha yaponlar besh marta Koreya sohillariga qaroqchilik hujumlarini uyushtirishi bunga sabab bo‘ldi. XIV asrning oxiridan yapon qaroqchilari Xitoyning sohillarida ham, Shandundan to Fuszyan provinsiyasigacha bo‘lgan hududlarda qaroqchilik bilan shug‘ullana boshladi.
Ichki muammolarga o‘ralashib qolgan Asikaga xonadoni xorijiy mamlakatlar bilan savdo qilish huquqi bo‘yicha savdogarlarga litsenziyani berish bo‘yicha monopol huquqni eng yirik ibodatxonalardan biri bo‘lgan Tenryudziga (Kioto) ishonib topshiradi. XIV asrning o‘rtalaridan boshlab ushbu ibodatxona muntazam ravishda Xitoyga “Tenryudzi ibodatxonasi kemalari” nomini olgan kemalar yuborib turgan.
XV asrning boshlariga kelganda Yaponiya va Xitoy hukumatlari noma almashishdi, savdo kelishuvini imzolashdi. XV asrning birinchi choragidan ikki davlat o‘rtasidagi savdo aloqalari jadallik bilan rivojlanib bordi, bu savdoda suv sig‘imi 500 dan 2500 kokugacha bo‘lgan 14 ta kema ishtirok etgan. Yaponiyadan Xitoyga guruch, oltin, simob, oltingugurt, o‘rmon mahsulotlari va qimmatbaho daraxt navlari, yog‘ochdan yasalgan va loklangan chiroyli mahsulotlar, pardalar, yelpig‘ichlar, bronza idishlar va uzun, kalta qilichlar olib borilgan. 1483-yilda Xitoyga kelgan birgina savdo missiyasi bu yerga 37 ming dona sotish uchun qilich keltirganligi ma’lum. Xitoydan Yaponiyaga paxta tolasi, ipak xom-ashyosi, ipak mahsulotlari, chinni idishlar, kitoblar, rasmlar, narkotik moddalar, kimxob, parfyumeriya, sandal daraxti, tibbiyot asboblari, antikvar mahsulotlar olib ketilgan. Xitoy savdogarlari 200-300%gacha daromad olishgan. Xitoydan Yaponiyaga olib






    • 180 litrga teng suyuqlik o‘lchovi birligi

ketilayotgan mahsulotlar ichida eng ko‘pini xitoy mis tangalari (“eyrakusen”) tashkil qilgan. Xitoy bilan tashqi savdoda Yaponiyaning janubiy-g‘arbidagi Simadzu, Otomo, Outi, Xosokava va Yamanadagi yirik feodallar, shuningdek Sakai, Xakata, Xioto va boshqa dengizbo‘yi shaharlari savdogarlari katta foyda ko‘rishgan. Xitoyda yapon mahsulotlari Yaponiyaning o‘zidagidan ko‘ra 4-5, ba’zan hatto 10 marta qimmatroqqa sotilgan.
Yaponiya Ryukyu orollari bilan ham savdo munosabatlarini o‘rnatgan bo‘lib, ushbu oroldan kelgan kemalar Bonosu (Sasuma) portiga ba’zan kelib turgan. Yapon kemalari bo‘lsa tez-tez Ryukyu portlariga, asosan Naxaga kelgan. Bu yerdan ular Koreya va Xitoyga sotish uchun Indoneziya va Malayyadan keltirilgan mahsulotlarni sotib olishgan.
Yaponiyada “Shimol va Janub sulolalari” urushi tugagan vaqt (1392) Koreyada Li sulolasining hokimiyatga kelgan paytiga to‘g‘ri keldi. Shu boisdan deyarli bir paytda yapon-koreys savdo aloqalari rivojlanishni boshladi. XV asrning o‘rtalarida Kyusyu feodal knyazlari (Otomo, Simadzu) va Susimining So feodal xonadoni Koreya bilan yiliga koreys portlariga 50 ta yapon savdo kemalari kirishi haqida shartnoma imzoladi. Ko‘pgina yapon savdogarlari Koreyaning janubiy qismidagi uchta bandargohlarda doimiy tayanch manzillari tashkil etish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Yaponiya Koreyaga soda, mis rudasi, turli xil tibbiyot asboblari, ziravorlar va bo‘yoqlar chiqargan bo‘lsa, u yerdan sopol idishlar, ignalar va boshqa to‘qimachilki mahsulotlari olib kelishgan.



Download 222.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling