Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti jahon tarixi


Download 222.12 Kb.
bet4/54
Sana30.12.2022
Hajmi222.12 Kb.
#1073109
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   54
Bog'liq
Jahon tarixi (o\'rta asrlar)

Sosoniylar davrida din. Sosoniylar davriga kelib davlat dini sifatida zardushtiylik belgilandi. Yangi sulolaning dastlabki shahanshohlari zardushtiylar kitobi Avestoning matnini to‘plash va tahrir qilish to‘g‘risida farmon berdilar va bu Shopur II davrida (309-379) tugallandi. Ushbu diniy matnlardan tashqari, falakiyotga, huquq, ahloq va boshqa sohalarga oid matnlar kiritildi. Avestoning qadimgi matni Sosoniylar davrida ko‘pchilik aholiga tushunarsiz bo‘lganligi uchun, keyinchalik unga maxsus izohlar tuzildi. Bu izohlar “Zend” (zand) nomini olgan.
Zardushtiylikning asosida dualizm - dunyoning yaxshilik va yomonlik, yorug‘lik va zulmatdan iborat ekanligi va ular o‘rtasidagi to‘xtovsiz
kurashdan iboratligi yotadi. Bu kurash yorug‘lik xudosi Axuramazda va zulmat xudosi Axriman o‘rtasida bo‘lib, kurashning oxirida yaxshilik, ezgulik, yorug‘lik g‘alaba qiladi. Inson bu kurashda Axuramazda tomonda turib ishtirok etishi kerak.
Zardushtiylarning har bir qishloq, shahar va viloyatda ibodatxonalari bunyod etildi. Kohinlar nafaqat diniy amallarni bajarishgan balki, ular qo‘lida ta’lim berish va sud qilish huquqi ham jamlangan edi. Shuningdek, ular meros masalasida ham hal qiluvchi rol o‘ynagan. Shu boisdan ham III-V asrlarda yangi diniy ta’limotlarga xalq orasida intilish kuchli bo‘ldi.
Moniylik va uning ijtimoiy ahamiyati. Bu ta’limotning asoschisi Moniy 215-yilda Bobilda tug‘ilgan va o‘zining targ‘ibotini 241-242-yillarda Ktesifonda boshlagan. Moniylik g‘oyasining asosida ham xuddi zardushdiylikka o‘xshab dualistik g‘oya yotadi, ya’ni hayot boshlanishining ikki asosini: yorug‘lik va zulmat, yaxshilik va yomonlikni tan olish, dunyo mana shu ikki asosning kurashidan iborat va olam taraqqiyotining oxirgi maqsadi yorug‘likning g‘alabasidir.
Moniylik dini asketizm (hayot noz-ne’matlaridan vos kechish) ni targ‘ib qiladi: inson taomlarni iste’mol qilishdan o‘zini tiyishi, axloqiy sof turmush tarzi kechirishi kerak. “Alohida”, “saralangan” kishilar uylanmasliklari va hatto o‘simliklarni ham yulmasliklari kerak. Moniy fikriga ko‘ra, yangi ta’limot mavjud diniy ta’limotlarning o‘rnini bosadigan umumiy diniy qarash bo‘lishi kerak edi. Shuning uchun ham u boshqa dinlardagi ibodat va an’analarni (urf-odatlarni) erkin o‘zlashtira boshladi. Moniychilar asketizmni boylar va hukmron sinflarga qarshi qo‘ydi.
Sosoniylar avvaliga moniylikning tarqalishiga unchalik monelik qilmadilar, ammo keyinchalik moniylar targ‘ibotining davlat va cherkovga qarshi qaratilganligi ma’lum bo‘lgandan so‘ng hukumat tomonidan bu oqim tarafdorlari qattiq quvg‘inga olindi. Moniyning o‘zi 276-yilda zardusht kohinlari tomonidan qatl etildi. Uning tarafdorlari yashirinishga majbur bo‘lib, G‘arbda va Vizantiyada panoh topdilar. Ammo bu yerda ham moniychilarni ta’qib etish Erondagidan kam bo‘lgan emas. Moniylikka qarshi ruhda yozilgan xristian adabiyotlarining ko‘pligi bu ta’limotning katta ta’sir kuchiga ega bo‘lganligini ko‘rsatadi. Moniylikning ayrim tomonlarini keyinchalik Yevropada tarqalgan albigoychilar va Bolgariyada tarqalgan bogomillik xarakati kabi dahriy va sekstantlik harakalarida namoyon bo‘ldi.
Eronda xristianlar. III-IV asrlarda Eronning Mesopotamiya, Xuziston va boshqa hududlarida xristian dini tarqaldi. Avval boshda Eron hukmdorlari
rimliklar ichkarisida o‘z ittifoqchilariga ega bo‘lishga umid qilib, mamlakatda juda ko‘p xristianlarga boshpana berdilar. Lekin bu uzoq davom etmadi. Xristianlik Sosoniylarga dushman bo‘lgan Rimning rasmiy diniga aylangach, ular quvg‘in qilindilar va Eron hududlari xristian diniga muxolifatda bo‘lgan turli dahriylik ta’limotlarini quvvatlay boshladilar.
Mazdak ta’limoti. Eronni boshqargan sosoniylar sulolasi hukmronligi davrida yirik ijtimoiy-siyosiy xarakatdan biri Mazdak ta’limoti bo‘ldi. Mazdakiylik diniy-ijtimoiy ta’limot bo‘lib, uning nomi ta’limotning rahbari va g‘oyaviy asoschisi Bomdodning o‘g‘li Mazdak nomi bilan bog‘liq. Ta’limot asoschisi Mazdak fors viloyatining Fesa shahridagi Zardusht-i Xurrakon ibodatxonasining kohini bo‘lganligi uchun ba’zida bu ta’limot zardushtakan nomi bilan ham ataladi. Mazdak o‘z ta’limotida zardushtiylik, moniylik, ellin dunyosi falsafiy qarashlari va xristian dini sektalarining g‘oyalarini jamladi. Ushbu xarakat ayniqsa mamlaktni 488-496, 499-531- yillar davomida idora qilgan sosoniy hukmdor Kubod davrida butun mamlakat bo‘ylab keng yoyildi. Kubod zodagonlar va kohinlarning siyosiy va iqtisodiy qudratini zaiflashtirish maqsadida mazdakiylik xarakatini qullab quvvatladi. Ularning dasturiga mos keladigan bir qancha islohotlar o‘tkazdi. 496-yilda bir guruh zodagonlar Kubodni taxtdan ag‘darib, uning o‘rniga ukasi Yamaspni (496-499) taxtga ko‘tardilar. Kubodning o‘zi eftaliylar hukmdori Axshunvar huzuriga qochib bordi. Keyinchalik bevosita eftaliylarning yordami evaziga taxtni qaytarib olishga erishdi. Shundan so‘ng zodagonlarga qarshi qaratilgan siyosatini davom ettirgan holda mazdakiylik tarafdorlariga yuqori mansablar berdi.
Mazdakiylikning asosiy xarakatlantiruvchi kuchi xonavayron bo‘lgan jamoatchi dehqonlar hamda hunarmandlar edi. Xarakatga vaqtincha qo‘shilgan ozodlar va dehqonlar ham katta yordam bergan. Mazdakiylik Eron mahalliy aholisining siyosiy xarakatiga aylandi. 488-yili Mazdak tomonidan ilgari surilgan diniy falsafiy ta’limot moniylik va zardushdiylik bilan mustahkam aloqada edi. Mazdakiylikning moniylikdan prinsipial farqi yorug‘likdan qorong‘ulik, yaxshilikning yomonlik ustidan g‘olib chiqishiga bo‘lgan qat’iy ishonch edi. Bu g‘alaba narigi dunyoda emas, bu dunyoda sodir bo‘ladi. Yorug‘lik kuchlari ongli ravishda, yomonlik kuchlari ongsiz, stixiyali ravishda g‘alabasiga ko‘maklashishi kerak deb xisoblangan. Yerda yomonlik ildizini quritish mumkin. Yaxshilik va yomonlik timsoli mulkiy tenglikda yaqqol ko‘rinib turibdi. Aynan u birinchi navbatdayoq qilinmog‘i darkor. Mazdakiylik xarakati sinfiy zulumkorlikka qarshi qaratilgan edi.
Mazdakiylik xarakati qatnashchilarining asosiy talabi bu - mulkni qayta taqsimlash, bu sohada tenglik o‘rnatish, huquqiy tenglikni ta’minlash edi. Tortib olingan yer jamoa mulkiga qaytarilib berilishi lozim edi. Bu xarakatdan yuqori tabaqa vakillari, hatto shahanshoh Kubod I ning o‘zi ham foydalanib qolishga xarakat qildi. Kubod bu yo‘l bilan zodagonlar qudratini sindirishga uringan edi. U armiyaning asosini tashkil etgan ozodlar va dehqonlar bilan ham xisoblanishga majbur edi. Mazdakiylik eski davlat ijtimoiy asoslariga qarshi kurashdilar. Ular kasta va tabaqalar tugatilishini talab qildi. Ularning asosiy yo‘nalishlariga ko‘ra, qon to‘kish mutlaqo mumkin emasdi. Shunga qaramay mazdakiylar xarakati ishtirokchilariga raqiblari qarshilik ko‘rsatgudek bo‘lsalar, ularni o‘ldirishga ruxsat berilgan. Xarakat natijasida mamlakatda mavjud bo‘lgan quldor zodagonlarning katta qismi qirib tashlandi. Ularning iqtisodiy qudratiga zarba berildi, kastaviy- tabaqaviy imtiyozlari bekor qilindi. Mazdakiylar xarakati birinchi navbatda yirik zodagonlarga qarshi qaratilgan edi. Xarakatdan keladigan asosiy foyda ozodlar va dehqonlar hissasiga to‘g‘ri keldi. Biroq xarakat davomida ijtimoiy kurash jamoa ichida ham rivojlanib ketdi. Barcha jamoa a’zolarining teng huquqligi ozodlar g‘azabini keltirib chiqardi. Shu sababli ham ulardan iborat armiya xarakat dushmanlari lageriga o‘ta boshladi. Undan tashqari Kubod 502-506-yillarda Vizantiya ustidan qilgan g‘alabasi tufayli munosabatini o‘zgartirib, u ruhoniylar va zodagonlar bilan kelushuv yo‘liga o‘tdi, chunki ular endi Shahanshoh uchun xavfli bo‘lmay qolgan edi. G‘alaba tufayli u xazinani to‘ldirib, mavqeyini tiklab olishga erishgan edi. Xarakatdan ozodlar va dehqonlarning chiqib ketishi uni ancha zaiflashtrib qo‘ydi. Dehqonlar otryadlari dastlabki g‘alabalardan keyinroq uy-uylariga tarqalib ketardilar. Xarakat muvaffaqiyatsizlikga uchray boshladi. Kubod vaziyatdan foydalanib, mazdakiylar bilan bog‘liq amaldor va maslahatchilarni lavozimlaridan chetlatgan, keyinroq ular quvg‘in ostiga olingan. Bu jarayonga mazdakiylar va zardushtiylar o‘rtasidagi o‘zaro kelishmovchilik ham sabab bo‘ldi. Uzoq vaqt davom etgan mazdakiylar xarakati 529-yilga kelib to‘liq mag‘lub etildi. Mazdakiylik xarakatining mag‘lub etilishida Xusrav I Anushirvonning hissasi katta bo‘ldi.



Download 222.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling