Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti jahon tarixi


Mamluklar boshqaruvi davrida Misr va Yaqin Sharq


Download 222.12 Kb.
bet45/54
Sana30.12.2022
Hajmi222.12 Kb.
#1073109
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   54
Bog'liq
Jahon tarixi (o\'rta asrlar)

Mamluklar boshqaruvi davrida Misr va Yaqin Sharq



Mamluklarning hokimiyati ayyubiylar davrida ham kuchayib bordi. 1250-yil Damettada salibchilar ustidan qozonilgan g‘alabadan keyin so‘nggi Ayyubiy sulton Turonshox (1249-1250) qo‘lga olinib, mamluklar tomonidan

  • Dastlab mamluk tug‘ma quldan farqli ravishda faqat qo‘lga kiritilgan qulga nisbatan ishlatilgan. Keyinchalik

o‘ldiriladi. Damashq va Xalabda saqlanib qolgan ayyubiy hukmdorlar 1260- yili o‘z hududlarini mo‘g‘ullarga boy berib qo‘ydi. Arabistondagi ayyubiylarni 1228-yilda rasuliylar siqib chiqarishgan. Faqat Hamada ayyubiylar sulolasi 1341-yilgacha hukm surdi. Qohira shahri egallangandan so‘ng ikki yuz ellik yildan ziyod davomida Misrni boshqargan mamluklar sulolasining boshqaruvi boshlandi. Mamluklarda o‘tgan bu davrda ikki sulola hukmronlik qildi. Bular Bahriylar (dengiziylar) (1250-1390) va Burjiylar (qal’aliylar) (1390-1517) edi. Bahriy sultonlarining dastlabki istiqomat joylari Nil daryosidagi ar-Raud oroli (al-Bahr)da bo‘lganligidan “Bahriy sultonlar” deb nom olgan, ikkinchisi Qohiradagi al-Burj istehkomidan bo‘lganligi uchun Burjiy sultonlar deb atalgan. Bahriylar umuman hokimiyatni hukmdor oila a’zolariga meros qilib beraverganlar. Lekin burjiylar o‘rtasida esa, hokimiyatning meros qolishiga ijozat berilmagan; qadimiy turkiy odatlarga binoan hukmdorlar saylangan. Bahriylar etnik jihatdan Rossiyaning janubiy dashtlarida ko‘chib yuradigan mo‘g‘ul va kurd aralash qipchoqlardan iborat edi. Burjiylar esa, asosan, Kavkazdan kelgan cherkaslar edi. Bahriylardan bo‘lgan Shajar ud-Dur 1250-yilda mamluklar taxtiga o‘tirdi.
Suriya, Misr sultonligi va mo‘g‘ullar. O‘rtayer dengizining sharqiy qirg‘oqlarida joylashgan davlatlar – Misr, Suriya va Kichik Armanistoni XIII asrda bosqinchilik xarakatlarining markaziga aylandi. Sharqdan mo‘g‘ullar, G‘arbdan G‘arbiy Yevropa davlatlarining feodallarining hujumlari boshlandi. Mo‘g‘ullarning Xulagular davlatining tashkil topishi va Bog‘dodni egallanishi Suriya, Falastin va Misrni mo‘g‘ul bosqinchiligi xavfi ostida qoldirdi. Mo‘g‘ul qo‘shinlari salibchilar ko‘magida Suriya hududlarini egalladi. Biroq mamluk sultoni Qutuz (1259-1260) 1260-yilda Aynjalut (Falastin) da bo‘lgan jangda mo‘g‘ullarni mag‘lub etadi.
Mamluklar o‘z ichki va tashqi siyosatida Ayyubiylarning an’analarini davom ettirdi. Mamluklarning ilk sultonlaridan Beybars (1260-1277) o‘zini ikkinchi Salohuddin deb xisoblagan. Beybars qipchoq qullaridan bo‘lib, sulton Saloh tomonidan sotib olingan va uning qo‘shinida jang qilgan. Lyudovik IX ning salibchi armiyasi bilan bo‘lgan jangda Misr armiyasiga qo‘mondonlik qilgan. So‘ngra Muazzam Turonshohga qarshi fitnada ishtirok etgan. Mo‘g‘ullar armiyasi Suriyaning ichkari qismiga kirib borgach, sulton

mamluklar deb harbiy qo‘shinda xizmat qiluvchi qul-jangchilar atalgan. Ular ko‘pincha yuqori harbiy lavozimlarni egallab, bu bilan hatto ozodlikka ham erishganlar. IX asrdan g‘ulom (o‘smir, qul-jangchi) so‘zining sinonimi sifatida, lekin odatda oq g‘ulomlarga nisbatan qo‘llanilgan; XII-XIII aslarda mamluk atamasi Suriya va Misrda g‘ulom so‘zini siqib chiqargan. Ayyubiylardan bo‘lgan Mamluk amirlari 1250-yil Misrda hokimiyatni qo‘lga olgan.


Qutuz boshchiligidagi mamluklar armiyasini mag‘lub qilgan (1260). So‘ngra sulton etib saylangan Baybars bor kuchini salibchilarning qolgan qismiga qaratdi. Asosiy yurish 1265-yil boshlandi. 1268-yilda Antioxiyani egallab, knyazlikni tugatdi.
1265-yil Beybars Kichik Armanistondagi mo‘g‘ullarga qarshi muvaffaqiyatli yurish qildi. Poytaxt Sis vayron qilindi. Arman podshosi Misrga vassalligini tan oldi. Xulagularga qarshi kurashda Beybars Oltin O‘rda bilan ittifoqchilikdan foydalandi. Oltin O‘rda bilan oxiriga qadar ittifoqchilik qildi. Mamlakatlar armiyasi 1275-yil Nubiyaga qarshi yurish qildi. 1277-yilda Albiston jangida mo‘g‘ullar Beybars qo‘shinlarini mag‘lub etdi.
1289-yilda mamluk sultoni Mansur Sayf ad-din Qulovun (1279-1290) tomonidan Tripoli egallandi. 1291-yilga kelib sulton Ashraf Salohuddin Xalil (1290-1293) salibchilardan Akka, Tir, Sidon, Bayrutni tortib oldi. Shu tariqa salibchilar Suriyadan tamoman quvib chiqarib tashlandi.
1287-yilda Xulagular hukmdori Arg‘unxon nasroniy monaxi, uyg‘ur Rabbin Sauma boshchiligida Fransiya, Angliya hukmdorlari, Genuya va Rim papasi oldiga elchi yubordi. Undan ko‘zlangan maqsad, birgalikda Suriya va Falastinga yangi salib yurishini amalga oshirish edi. Xulagu hukmdor Arg‘unxonning o‘g‘li G‘ozonxon Suriyaga bostirib kiradi. Xalab va Damashqni egallaydi. Ammo, 1303-yilda Marj as Saffarda bo‘lgan jangda mamluklardan mag‘lub bo‘ladi. Abu Said Elxonlar sulolasining eng so‘nggi atoqli vakili edi. 1323-yilda u mamluklar bilan sulh tuzdi va shu bilan Suriya uchun kurashga chek qo‘ydi.
XIV asrning ikkinchi yarmiga kelib Xulagular Suriya va Misrga yurish qilmay qo‘ydi. Bu hududlar mamluklar qo‘l ostida XVI asrning boshiga qadar qoldi.
Misr mamluklari nafaqat mo‘g‘ullar hujumini qaytarish bilan birga ularni uloqtirib tashlashga erisha oldi. Mamluk sultonlarining Xulagu hukmdorlariga qarshi kurashi “islomni himoya qilish” g‘oyasi ostida amalga oshirildi. Chunki, Bog‘dod egallangandan so‘ng, Qohiraga o‘zini so‘nggi xalifaning amakisi deb tanishtirgan qochqin keladi. Uni xalifa qilib ko‘tarib, diniy jihatdan ulug‘laydi. Beybars II (1308-1309) davrida Barka qo‘shib olinib, Nubiya bo‘ysundirildi. Hijoz va uning muqaddas shaharlari Makka hamda Madina ustidan mamluk sultonlarining hukmronligi saqlab qolindi. 1375-yilga kelib, Kichik Armaniston poytaxti Sis qal’asi egallandi. 1365- yilda Kipr floti mag‘lub etilib, Aleksandriya talan-taroj qilindi.
1382-yilda mamluklar davlatida yangi sulola-burjiylar boshqaruvi boshlandi. Yangi sulolaning birinchi sultoni Zohid Sayfuddin Barquq (1382- 1399) va uning vorisi Nosir Faraj davrida Shimoliy Suriyaga Temurning yurishi amalga oshirildi.
Misr armiyasi 1426-yili Ashraf Sayfiddin Barsbey (1422-1438) boshchiligida Kipr orolini egalladi. Kipr hukmdori Misrga vassallikni tan oldi. Bu vassallik Kipr 1489-yilda Venetsiya boshqaruvi ostiga o‘tguncha davom etdi.
Mamluklarning mansablar tizimi ancha murakkab bo‘lib, eng yuqori mansablarni sultonning shaxsiy mamluklari egallab turgan. Qul maqomi hokimiyat pillapoyalaridan ko‘tarilishning muhim sharti bo‘lgan, chunki erkin odamlar, shu jumladan, sobiq mamluklarning o‘g‘illari qo‘shinda eng quyi mansablarni egallashgan. (Usmonli turklar saltanatida ham turklarning holati shu tarzda bo‘lib, mansabga ko‘tarilish uchun eng qulay imkoniyatlar ko‘pi qullarida bo‘lgan). Sulton yakka hokimligi bosh amirlar va to‘rachilik mulozimlari tomonidan cheklab turilgan, hukmdorlarning tez-tez almashinib turishi va bir kishining bir necha bor hukmdor bo‘lishi sultonlikning barqarorligiga putur yetkazgan, jumladan, an-Nosir Muhammad ibn Qalavun hokimiyat tepasiga uch marta kelgan. Mamluklar ayyubiylarning sunniylik siyosatini davom ettirganlar.



Download 222.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling