Rivojlangan mamlakatlarda inflyasiyaga qarshi siyosatning xususiyatlari
To`lov balansi va monetar siyosatning asosiy ko`rsatkichlari hamda ularni baholash
Download 1.02 Mb.
|
RIVOJLANGAN MAMLAKATLARDA INFLYASIYAGA QARSHI SIYOSATNING XUSUSIYATLARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Valyuta siyosati.
- Naqd valyuta bozoridagi operatsiyalar bo`yicha
To`lov balansi va monetar siyosatning asosiy ko`rsatkichlari hamda ularni baholash
2020yilda tashqi iqtisodiy faoliyatning tezkor sur`atlar bilan rivojlanishi kuzatildi. Chunonchi, mamlakatimizning yillik tashqi savdo aylanmasi 2019 yilga nisbatan 17,3 foizga, shu jumladan, eksport 24,6 foizga oshdi. Tovarlar va xizmatlar eksportining importga nisbatan yuqori sur`atlar bilan o`sishi natijasida eksport hajmi 3725,0 mln. AQSh dollarini, import hajmi 2964,2 mln. AQSh dollarini tashkil etdi hamda savdo balansining ijobiy qoldig`i 760,8 mln. AQSh dollariga teng bo`ldi. To`lov balansidagi joriy operatsiyalar hisob raqamlari qoldig`ining o`tgan yillarga nisbatan o`sib borishi kuzatilmoqda. Agar ushbu ko`rsatkich 2019 yilda salbiy bo`lib, YaIM ga nisbatan 1,1 foizni tashkil etgan bo`lsa, 2019 yilda uning ijobiy qoldig`i 2,3 foizga, 2020yilda esa 3,4 foizga teng bo`ldi. 2019 yildan boshlab asosiy xom ashyo tovarlari, shu jumladan, qimmatbaho metallar va paxta tolasi narxlarining barqaror o`sishi kuzatilmoqda, bu esa to`lov balansini sezilarli darajada yaxshilash va oltin valyuta zaxiralarini ko`paytirish imkonini bermoqda. Valyuta siyosati. 2020yilda O`zbekiston Respublikasi xukumati va Markaziy banki tomonidan tasdiqlangan «Milliy valyutaning joriy xalqaro operatsiyalar bo`yicha konvertatsiya qilinishini ta`minlashga doir harakat rejasi» ni ijro etish maqsadida birjadan tashqari valyuta bozori, naqd valyuta bozoridagi operatsiyalar, shuningdek, tashqi savdo operatsiyalari bo`yicha hisob kitoblarni amalga oshirishdagi mavjud ayrim cheklovlarni bekor qilish yuzasidan tegishli me`yoriy hujjatlar qabul qilindi. Xususan, birjadan tashqari valyuta bozoridagi operatsiyalar bo`yicha: savdo vositachilik tashkilotlari tomonidan chet el valyutasini xarid qilishni, shuningdek, xo`jalik yurituvchi sub`ektlarda byudjet oldida qarzdorlik yoki o`zlarining bo`sh valyuta mablag`lari mavjud bo`lgan taqdirda ularning chet el valyutasini xarid qilishlarini taqiqlovchi talablar bekor qilindi; qarz mablag`lari hisobiga chet el valyutasini xarid qilishga ruxsat etildi; birjadan tashqari valyuta bozorida so`m mablag`larini konvertatsiya qilish uchun xo`jalik yurituvchi sub`ektlar tomonidan vakolatli banklarga taqdim etiladigan hujjatlar ruyxati keskin qisqartirildi; korxonalarning so`mdagi mablag`larini chet el valyutasiga konvertatsiya qilish tartibini soddalashtirish bilan bir qatorda ularning so`mdagi mablag`larini konvertatsiya qilish uchun buyurtmalarni ko`rib chiqish muddati bir haftadan 3 kungacha qisqartirildi; ichki valyuta bozorida ayirboshlash kurslarini birxillashtirish to`liq yakunlavdi va hozirgi paytda barcha operatsiyalar banklararo savdo sessiyalarida belgilanadigan kurs asosida amalga oshirilmoqda. Naqd valyuta bozoridagi operatsiyalar bo`yicha: -vakolatli banklarning ayirboshlash shoxobchalari orqali jismoniy shaxslarga naqd chet el valyutasi hamda yo`l cheklarini sotish muddati va miqdori yuzasidan o`rnatilgan cheklovlar bekor qilindi; Tashqi savdo operatsiyalari bo`yicha hisob kitoblarni amalga oshirish borasida: import shartnomalari bo`yicha oldindan to`lovni amalga oshirishga doir cheklovlar, shuningdek, chet el banki kafolatnomasini talab qilish va avans to`lovi summasiga teng miqdordagi mablag`ni milliy valyutada band qilib qo`yish haqidagi talablar; ko`rsatilgan xizmatlar uchun offshor xududlarga avans to`lovlari yoki to`lovlarni amalga oshirishga oid cheklovlar; import shartnomalari bo`yicha uchunchi shaxs – norezidentlar foydasiga to`lovlarni amalga oshirishni taqiqlovchi cheklovlar hamda chet el kreditlarini jalb qilish munosabati bilan foiz va boshqa to`lovlar miqdori bo`yicha cheklovlar; nosavdo to`lov va o`tkazmalarni amalga oshirish bilan bog`liq cheklovlar; MDH davlatlari xo`jalik sub`ektlari bilan hisob kitoblarni faqat kliring asosida yoki erkin ayirboshlanadigan valyutada amalga oshirish haqidagi talablar bekor qilindi. Bundan tashqari, import shartnomalarini Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligida oldindan ruyxatga olish tartibi bekor qilindi va o`ning o`rniga import shartnomalarining bojxona monitoringi tizimi joriy etildi. Valyuta bozorini erkinlashtirish borasidagi amalga oshirilayotgan chora tadbirlar doirasida ikkinchi chaqiriq O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2015 yil 11 dekabrdagi o`n uchunchi sessiyasida yangi tahrirdagi «Valyutani tartibga solish to`g`risida» gi Qonun qabul qilindi. O`zbekiston Respublikasi bilan Xalqaro Valyuta Fondi o`rtasidagi samarali hamkorlik xarakat rejasida ko`zda tutilgan barcha chora tadbirlarnin muddatidan oldin bajarilishiga olib keldi. Valyutani tartibga solish tizimini o`zgartirish borasida ko`rilgan chora tadbirlar O`zbekiston Respublikasiga2018 yil 15 oktyabrdan boshlab, Xalqaro Valyuta Fondi Bitimi Moddalari VIII moddasining 2 (a), 3 va 4 bo`limlarida ko`zda tutilgan majburiyatlar, ya`ni milliy valyutaning joriy xalqaro operatsiyalar bo`yicha erkin Download 1.02 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling