Rustam ibragimov taqdir oldidagi ojizlik homerning “Iliada” asari misolida


ANTIK DUNYO ADABIYOTI VA UNING MIFOLOGIYASI Muhabbat Sharafutdinova


Download 381.97 Kb.
bet2/4
Sana17.02.2023
Hajmi381.97 Kb.
#1208935
1   2   3   4
Bog'liq
Microsoft Word Document

ANTIK DUNYO ADABIYOTI
VA UNING MIFOLOGIYASI
Muhabbat Sharafutdinova

Antik adabiyotni o‘rganishimizdagi birinchi vosita mifologiyadir. Antik adabiyoti mifologiya asosida yuzaga kelgandir.
Mifologiya mif, afsona va ertakdardan iborat. Buyuk adib Gorkiy mifologiya xalq badiiy faoliyatining alohida badiiy ustqurmasi, deb ko‘rsatilgan.
Mifologiya hali kishilar ongi juda past bo‘lgan paytida yuzaga kelgan. Shuning uchun insonlar o‘zlarira turli tuman xudolar yaratganlar. Masalan: mifoloriyaning ko‘rsatishicha, eng avvalgi xudo Uran, so‘ng Geya vujudga kelgan, bularning birlashuvidan Kron, Okean. Reylar tug‘ilgan. Kron bilan Peya birlashuvidan yana boshqa xudo avlodlari yuzaga kelgan, shulardan biri Zevs edi. Zevs katta bo‘lgach, otasini taxtdan tushirib, o‘zi taxtga chiqdi. Uning hukmronligiga qarshi chiqqan xudolarni Zevs qattiq qo‘llik bilan boshqaradi. Zevs Olimp tog‘larida yashovchi xudolarning Xudosi bo‘lib qoladi. Miloddan ilgarigi XII asrda vujudga kedgan «Illiada» va «Odisseya» afsonalarida Zevs bulutlarni haydovchi xudo sifatiga tasvirlanadi.
Gomer eposlari
Epik asar deb katta, qahramoni xalq bo‘lgan dostonlarga aytiladi.
Miloddan ilgarigi XII asrda greklar bilan kichik Osiyodagi Troya shahari o‘rtasida 10 yil urush bo‘lib, bu urushda greklar g‘alaba qozonadilar. Natijada Troya urushi qahramonlarini kuylagan dostonlari yuzaga keladi. Bu dostonlarni (baxshilar) yuzaga keltiradilar. Shunday nom bilan bizgacha kelgan baxshi Gomerdir.
Gomer afsonaviy shoir bulib, V asrda yashagan grek tarixchisi Gerodot Gomerni o‘zidan 400 yil ilgari yashaganligini aytadi. Demak, Gomer miloddan ilgarigi IX asrda yashagan. Ba’zi bir burjua olimlari Gomer nomidagi «Iliada» va «Odisseya» dostonlarini turli kishilar tomonidan yaratilgan deb da’vo qiladilar. Ba’zilari bu asarlarning kompazitsion qurilishida birlik bor, shuning uchun bir kishi tomonidan yaratilgan, deydilar. Bizga shynisi ma’lumki, bu dostonlar mifologiya asosida yaratilgan xalq ijodiyotidan iboratdir.
O‘zining so‘nggi takomillashtirishni bir kishi qo‘liga topganki, bu Gomerdir. Mil.avv. VI asrda Tiran-fizistirant saroyida bu dostonlarni yozib olganlar.
A) «Iliada» va «Odisseya» dostonlarida har xil davrning qatlami iz qoldirgan.
«Odisseya», «Iliada»dan tahminan 100 yil (bir asr) keyin yaratilgan.
B) «Iliada» va «Odisseya»da birlik elementlari mavjud.
V) «Iliada» va «Odisseya»da bir qator uyg‘unsizliklar, kelishmovchiliklar syujet harakatda yetkazilmagan.
G) Kichik qo‘shiqlar eposga qadar bo‘lgan, poemaga kichik qo‘shiqlarning yig‘indisi deb qarash noto‘g‘ridir, qo‘shiq qisqa, poema keng bo‘ladi.
«Iliada» va «Odisseya» keng poemalardir.
D) Har ikkala asardagi uyg‘unsizliklar shuni ko‘rsatadiki, «Iliada» bilan «Odisseya»keng poema bo‘lganlari uchun birqator yangi mijozlar bilan to‘ldirilgan.

Download 381.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling