Rustamova muyassarxon yo‘ldashboyevna tarbiyada bola shaxsini hurmat qilish va unga talabchanlik


 Sinf faollarini aniqlash va tarbiyalash usullari


Download 183 Kb.
bet4/5
Sana15.06.2023
Hajmi183 Kb.
#1478227
1   2   3   4   5
Bog'liq
427 RUSTAMOVA MUYASSARXON YO‘LDASHBOYEVNA

3. Sinf faollarini aniqlash va tarbiyalash usullari.
Har bir ishning oʻziga xos, ma’lum qonun-qoidalari boʻlganidek, bola tarbiyasining ham oʻziga xos bir qator muhim qonun-qoidalari bor, ularga amal qilish tarbiyaviy ishlarning samarali boʻlishini ta’minlaydi, ya’ni:
— tarbiyaning bir maqsadga qaratilganligi;
— tarbiyaning hayot, mehnat bilan, Oʻzbekistonimizning mustaqilligi, gullab-yashnashi yoʻlida qilinayotgan ishlar bilan bogʻlanishi;
— oʻquvchini jamoada, jamoa orqali tarbiyalash;
—tarbiyada bola shaxsini hurmat qilish va unga talabchanlik;
— tarbiyaviy ishlarning izchilligi, muntazamligi va birligi;
— tarbiyada oʻquvchilarning yoshi va oʻziga xos xususiyatlarini hisobga olish.
Tarbiya jarayonining mohiyati quyidagilardan iborat:
1. Tarbiyaning bir maqsadga qaratilganligi. Tarbiya maqsadini belgilashda jamiyat talablari, davr nafasi, milliy xususiyatlar asos qilib olinadi. Tarbiyaning maqsadi — har tomonlama kamol topgan, mukammal inson shaxsini tarbiyalashdir. Oʻqituvchilar jamoasi ana shu maqsadlardan kelib chiqib, tarbiyaviy ishlarning vazifalarini belgilaydi, uning mazmunini aniqlaydi hamda maktabda ish sharoitlarini hisobga olgan holda oʻquvchilarni tarbiyalashning shakl va uslublarini tanlaydi.

Tarbiyachi awaliga bolalardan biror narsani talab qilib, so’ngra o’zining bu talabini unutib qo’ysa yoki keyingi ishlarida o’zi bu talabga xilof ish tutsa, bu hoi tarbiyaga yomon ta’sir etadi. Biz bunday tarbiyachini o’z so’zida qat’iy turmaydigan kishi, deb ataymiz. U bolalarga topshiriq berib: «Bilib qo’yinglar, topshirilgan vazifani albatta tekshirib, tegishli bahoni qo’yaman», deb ogohlantiradi. Lekin bolalarning topshiriqni bajargan yoki bajarmaganlarini aslo tekshirmaydi. Bolalar tartibni salgina buzsalar, u ko’p do’q-po’pisa qilib, ularga qarshi turli choralar ko’rajagini aytadi-yu, ammo amalda hech qanday chora ko’rmaydi. U, biror qiziq tadbir o’tkazishni bolalarga va’da qiladi-yu, sal orada va’dasini esdan chiqarib qo’yadi, bolalarda bunday tarbiyachiga izzat va hurmat paydo bo’lmaydi. Har bir pedagogning so’zi bilan ishi bir xil bo’lishi kerak. U o’z ishida va so’zida izchil bo’lmog’i lozim. Har bir tarbiyachi uchun bu narsa qonun sifatida tan olinishi shart.


Bolalarga birdaniga juda ko’p talab-qoidalarni taqdim qilish mumkin emas; bolalarni xulq va yurish-turish ko’nikmalariga o’rgatgan vaqtda ham xuddi o’quv predmetlari mazmuniga kiradigan ko’nikmalarni o’rgatishdagi tadrijiylik va tizimlilikka rioya qilish kerak. SHunday qilinsa, bolalar xulqiy ko’nikmalarni puxta, mustahkam o’zlashtiradilar.
Boshlang’ich ta’lim mohir pedagoglari ish tajribalarining ko’rsa-tishicha, qaerda o’quvchilarga yuksak talabchanlik, hurmat, muhabbat, ishonch kuchli bo’lsa, o’shaerda tarbiyaning ta’siri samarali bo’ladi.
Bolaga mehribonlik, hurmat va muhabbat bilan qarash uning kuchiga kuch qo’shadi, o’ziga bo’lgan ishonchni yanada orttiradi, bu, ayni chog’da, o’quvchilarda o’z o’qituvchisiga nisbatan hurmat, ishonch va mehribonlik uyg’otadi. Zotan, bolalar g’amxo’r, mehribon va talabchan o’qituvchini sevadilar, hurmat qiladilar va unga to’la ishonadilar. Mana shunday o’qituvchining bolalarga tarbiyaviy ta’siri kuchli bo’ladi, uning obro’yi ortadi. Agarda o’qituvchi o’z o’quvchilarining kuchiga va imko-niyatiga ishonch bilan qarasa, ular bu ishonchni oqlashga intiladilar.

O’qituvchi va tarbiyachilarning o’quvchiga nisbatan haddan tashqari talabchan va qattiqqo’l bo’lishi ham, va aksincha, bolalarga bo’sh muomala qilishi ham yaramaydi.


O’qituvchi va tarbiyachilar o’quvchilarga nisbatan talabchan bo’lishlari va qo’ygan talablarining o’quvchilar tomonidan so’zsiz bajarilishiga erishmoqlari lozim. Bu esa bolalarni kattalar tomonidan qo’yilgan oqilona talablarni o’z vaqtida bajarishga odatlantiradi. SHu bilan birga, bolalar o’zlariga nisbatan ham talabchan bo’ladilar.

Tarbiya jarayonida bolalarga nisbatan o’qituvchilar, ota-onalar, bolalar va yoshlar tashkilotlari hamda barcha jamoatchilik tomonidan bir xilda talab bo’lishini, ya’ni talabda birlik bo’lishini ta’min etish g’oyat muhimdir.


Maktab ma’muriyati, sinf rahbarlari, o’qituvchilar bilan ota-onalar o’quvchilarga bir xilda talab qo’yishni ta’min etishlari kerak. Ota-onalar ham, o’z navbatida, bolalarni tarbiyalashni maktab bilan mustahkam aloqada olib borishlari hamda bolalarga nisbatan maktab bilan birga bir xil talab qo’yishlari lozim. Oila a’zolari: ota-ona, aka-uka, opa-singil va boshqalar o’rtasida ham bolalarga tarbiyaviy ta’sir ko’rsatishda birlik bo’lishi zarurdir. Bolaning sinfdan-sinfga o’tishi, yoshining ulg’ayishi, saviyasining ortishi, dunyoqarash doirasining kengayib borishi bilan talablarning mazmuni va shakli ham o’zgarib, ortib boradi.


Xullas, o’quvchilarga nisbatan talabchan bo’lish, ularga samimiy muhabbat va hurmat bilan qarash qoidasini oqilona hamda mohirlik bilan to’g’ri qo’llanishi, o’quvchilarnig kuchiga, imkoniyatlariga ishonch bilan qarashga - tarbiyaning muvaffaqiyatli borishiga yordam beradi.
Tarbiyaning hayot bilan bogʻliqligi qoidasi tarbiyaviy ishlarning mazmun va mohiyatini, tashkil etilishini doimo yangilab turishni talab etadi. Tarbiyachilar bolalar tarbiyasini hayot bilan bogʻlar ekanlar, ularga oʻzlarida iymon-e’tiqodni tarbiyalash imkonini beradilar. Tarbiyaviy ishlar shunday tashkil qilinganda yoshlar jamiyat hayotida faol ishtirok etadilar, bu esa oʻquvchi shaxsining tarkib topishiga yordam beradi. Ilgʻor oʻqituvchilar tajribasining koʻrsatishicha, oʻquvchilar ahil jamoa boʻlib uyushgandagina ularga jamoatchilik ruhini singdirib borish lozim. Sinf rahbari ishida oʻquvchilar jamoasini shakllantirish asosiy vazifa hisoblanadi, chunki jamoada shaxsni tarbiyalash tarbiyaning yetakchi tamoyillari hisoblanadi. Uning umumiy asoslari quyidagilardan iborat:
1. Talablar qoʻyish;
2. Faollarni tarbiyalash;
3. Oʻquv-mehnat, ijtimoiy-siyosiy va ommaviy-madaniy faoliyatdagi istiqbollarini tashkil etish;
4. Sogʻlom jamoatchilik fikrini shakllantirish;
5. Ijobiy an’analarni yaratish va koʻpaytirish.
Yuqorida ta’riflangan barcha qoidalar har qanday jamoani shakllantirish va rivojlantirish uchun qoʻllanma hisoblanadi. Tarbiya usullarini tanlashda ularni jamoaning rivojlanish darajasiga mosligi muvaffaqiyatning muhim sharti hisoblanadi. Shuning uchun har bir oʻqituvchi tarbiyaviy ishni sinfdagi jamoa munosabatlarining rivojlanish darajasini aniqlashdan boshlaydi. Tarbiya jarayoni oʻz-oʻzini tarbiyalash jarayoniga oʻtgandagina yuksak darajaga erishiladi. Ayrim oʻquvchilar va umuman, jamoa oʻz faoliyatini mustaqil rejalashtiradi va umumiy jamoani tashkil etadi, oʻziga va bir-biriga talablar qoʻyadi hamda oʻz-oʻzini nazorat qiladi.
Sinf rahbari oʻquvchilar jamoasining rivojlanish darajasini aniqlashda oʻquvchilarning faqat sinfdan tashqari faoliyatida namoyon boʻladigan munosabatlarini tahlil etish bilangina cheklanib qolmasligi kerak. Sinf rahbarining oʻziga xos xususiyati shundan iboratki, u oddiy bolalar jamoasini emas, balki oʻquvchilar jamoasini shakllantiradi. Oʻquvchilarning asosiy vazifasi oʻqishdan iborat. Shuning uchun sinf rahbari, avvalo, bolalarning oʻqishga qanday munosabatda ekanliklarini, oʻzlarini darsda qanday tutishlarini, uy vazifalarini sidqidildan bajarishlari yoki bajarmasliklarini aniqlaydi. Jamoaning rivojlanish darajasini aniqlashning eng ishonchli usuli — oʻquvchilarni ular bilan darsda, darsdan tashqarida, maktabdan tashqarida oʻzaro faol hamkorlik qilish darajasida kuzatishdan iboratdir. Oʻqituvchi jamoaning kuchli va zaif tomonlarini aniqlash uchun pedagogik vaziyatlar vujudga keltirishni qoʻllaydi. Lekin bunda shuni esda tutish kerakki, oʻquvchi kamchiliklarini hamma oʻrtasida yorqin namoyish etish uning qalbini jarohatlashi mumkin. Shunday vaziyatlarni vujudga keltirish kerakki, ularning salbiy tomonlarini emas, balki har bir bolada odatdagi sharoitda boshqalardan yashiringan ijobiy tomonlarini ham ochib berish maqsadga muvoffiqdir.
Sinf rahbari jamoaning rivojlanishi darajasiga qarab tarbiya usullarini tanlaydi. Ta’lim jarayonida jamoa munosabatlarini rivojlantirish istiqbollari sinf rahbaridan katta e’tibor berishni talab etadi. Jamoa faoliyatida koʻproq muomala qilishga boʻlgan ehtiyoj yotadi. Darslarda bu ehtiyoj kam foydalaniladidi. Agar darsdagi muomalaga boʻlgan ehtiyoj toʻgʻri tushunilsa, uning negizida oʻquvchilarning oʻzaro yordami, darslarga birgalikda foydali tayyorgarlik koʻrishi, qiziqishlari boʻyicha mashgʻulotlar tashkil etiladi. Jamoa rivojlanishining har qanday darajasida sinf rahbari muayyan usullardan foydalanib, jamoatchilik fikrini shakllantirish toʻgʻrisida gʻamxoʻrlik qiladi. Sinf rahbari jamoa va har bir alohida oʻquvchining tarbiyasi uchun ma’suldir. Shuning uchun uning jamoa tarzidagi va yakka tartibdagi shakllarini qoʻshib olib borishi tarbiyaviy ishdagi oʻziga xos xususiyatlaridan biri hisoblanadi. Bunda jamoaning shaxsga nisbatan yuksak talabchanligi kuzatiladi.
Maktablarda olib boriladigan ish faoliyati, odatda, ommaviy, jamoa, guruh va individulal shakllarda tashkil etiladi. Faoliyatni tashkil etishning ommaviy shakllari ham (ya’ni ularda oʻquvchilarning muayyan guruhlari ishtirok etadi) oʻz mohiyatiga koʻra uni amalga oshirish jarayonida faoliyat maqsadiga (masalan, ma’ruza, konsert va hokazo) erishish uchun qatnashchilarning oʻzaro muomalasini nazarda tutmaydi. Biroq, bundan oldingi holda boʻlgani kabi, bu shakllarda bevosita tengdoshlar bilan birgalikda qatnashish ba’zi hollarda ularning faoliyatidagi ishtirokini faollashtiradi, boshqa hollarda aksincha boʻladi. Bu koʻp jihatdan oʻquvchilarning faoliyat mazmuniga, munosabatiga (ijobiy, passiv yoki salbiy) bogʻliq boʻladi. Faoliyatni amalga oshirish jarayonida uning maqsadiga erishish uchun oʻquvchilarning oʻzaro muomalaga kirishishlarini nazarda tutuvchi faoliyat shakllari jamoa shakllari deyiladi. Bu muomala jarayonida oʻquvchilar oʻrtasida jamoa aloqalari vujudga keladi. Bu shakllar obyektiv jihatdan oʻzida muomala uchun muayyan shart-sharoitlarga ega boʻladi. Ular oʻquvchilarga ishni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun vazifalarni oʻzaro taqsimlab chiqish imkonini beradi, qatnashchilar oʻrtasida aloqa ta’sirining paydo boʻlishiga olib keladi.
Jamoatchi va bilimli sinf rahbari har qanday vaziyatdan juda ustalik bilan chiqib ketadi va har tomonlama rivojlangan sinf jamoasini tashkil qiladi. Jamoani tashkil etishning samarali shakllaridan biri guruhiy ishdir. Bunda mazkur ish bolalarning tarkib jihatidan uncha katta boʻlmagan (eng koʻpi bilan kishi 5 ta boʻlishi kerak) guruhlarida amalga oshiriladi. Bunday kichik guruhlarda barcha a’zolar bir-birlari bilan bevosita muomalada boʻladilar va bir-birlariga bevosita biror ta’sir koʻrsatadilar. Jamoada muomalani tashkil etganda oʻquvchilar muhitida mavjud boʻlgan haqiqiy guruhlarni nazarda tutish, bir-biriga mehr bilan qaraydigan va oʻzaro doʻstlashadigan bolalarni birlashtirish zarur. Pedagog bu guruhlarning xususiyatlarini, ularning yoʻnalishi, qiziqishlari, malakasi va hokazolarni bilishi, hisobga olishi va ulardan foydalanishi kerak.
Jamoa ishini tashkil etishda va amalga oshirishda vazifalarni taqsimlash vaqtida mazkur xususiyatlarni hisobga olish ishning samaradorligini oshiradi. Bu hol guruhdagi muomalani jamoaning qiziqishlari sohasiga va jamoaning qiziqishlarini guruhdagi muomala sohasiga olib kiradi. Masalan, jamoa yetarli darajada obroʻ qozongan, jamoatchilik yoʻnalishiga ega boʻlgan guruhga muayyan bir tadbirni tayyorlash va oʻtkazishga boshchilik qilishni topshirsa boʻladi. Qandaydir oʻziga xos qiziqishlari bor guruhga butun jamoa uchun bu qiziqishlarga mos keladigan ishning tashabbuskori va tashkilotchisi boʻlish taklif etiladi va hokazo.
Jamoa faoliyatini tashkil etishda oʻquvchilarning shaxslararo real, ya’ni aniq mavjud boʻlgan aloqalarini hisobga olish ikki xil maqsadga: guruh a’zolarini jamoa hayotiga jalb qilish va ular oʻrtasidagi muomalaga ta’sir koʻrsatish, bundan tashqari, oʻz oldilariga qoʻygan har bir maqsadiga erishish imkonini beradi.
XULOSA
Tarbiyaning asosiy o'chog'i esa oiladir. Tarbiya faqat ota-onaning shaxsiy ishigina bo'lib qolmay, balki ularning ijtimoiy burchi hamdir.
Ma'lumki, shaxsning qadr-qimmati uning jamiyatda tutgan o'rni bilan belgilanib, ko'p jihatdan uning tarbiyasiga bog'liq bo'ladi. Tabiiyki, bolaning ilk tarbiyasiga ota-ona hisoblanadi.
Bolalarni oila muhitida tarbiyalash davomida ularga hayot to'g'risida yaxshi va yomon xulqlar, odamlarning jamiyat oldidagi burchlari haqidagi dastlabki tasavvurlarni berish lozim. Bolalarning oiladagi an'ana va mavjud ijobiy odatlarni o'zlashtirishi beqiyos ahamiyatga ega.
Shaxsni o ’quvchilar jamoasida tarbiyalash va shakllantirish - barkamol shaxs tarbiyasining qoidasidir. Bola shaxsi faqat jamoadagina. uning ta'siridagina haqiqiy shaxs sifatida shakllanadi. Hozirgi sharoitda jamiyatning har bir a'zosi biror bir jam oaning laol a'zosi bo'lishi zarur. Insoniyat. masalan. XIX asrdagidan ko'ra X X asrda ancha ravnaq topdi. Bu ravnaqni ilmiy-texnika inqilobi. moddiy laravonlikka tegishli deb hisoblash mumkin. Shuning uchun ham 202 yosh avlodni maktabdanoq jamoada tarbiyalash zarur
Jamoaga qo‘yiladigan umumiy talablar majm ui ishlab chiqilgan. Jamoa a’zolari: - o'zaro munosabatlardan; o'qish va mehnat jarayonidan; rahbarlikdan; uyushqoqlikdan; ongli intizomdan; oqilona va foydali mehnatdan; xotirjamlikdan; o'z qadr-qimmatini saqlashdan; jam oa bilan faxrlanishdan; ximoyalanganlikdan qoniqish hosil qilishlari kerak. Jamoa a ’zolariga: - ixtiyoriylik; - demokratik faoliyat; - so'z erkinligi; - tashabbuskorlik; - mustaqillik; - faollik; - ijodiy faoliyat ko ‘rsatishlari uchun imkoniyat yaratish kerak. Bolalar jamoasi - katta kuch. Sinf o'quvchilarining hilma - xil faoliyati xuddi ana shu jamoada to'planadi. Xuddi shu yerda o'quvchi ma'naviy- ijtimoiy jihatdan har tomonlama chiniqish maktab ini o'taydi.

Download 183 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling