Samarqand iqtisodiyot va servis instituti bektemirov a., Omonov a. A., Xaydarov z. Sh., Niyozov z. D. Tijorat banklari aktiv va passivlarini boshqarish


Tijorat banklarining likvidliligini taʻminlash prinsipi quyidagi usullardan foydalanishni taqozo etadi


Download 1.01 Mb.
bet16/142
Sana14.01.2023
Hajmi1.01 Mb.
#1092889
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   142
Bog'liq
TIJORAT BANKLARI AKTIV VA PASSIVLARINI ЎҚУВ ҚЎЛЛАНМА лотинча

Tijorat banklarining likvidliligini taʻminlash prinsipi quyidagi usullardan foydalanishni taqozo etadi:

1. Tijorat bankining aktivlari va passivlarining optimal tarkibini shakllantirish usuli. Bu asosiy (birlamchi) usul hisoblanadi.


26

  1. Aktivlar va jalb qilingan resurslarning muddatlari oʻrtasidagi mutanosiblikni taʻminlash usuli.




  1. Aktivlar portfelini diversifikatsiya qilish usuli.




  1. Risklarning maqbul darajasini taʻminlash usuli.

Tijorat banklari aktiv va passivlarini boshqarish prinsiplaridan kompleks foydalanishga salbiy taʻsir qilayotgan omillar:





  1. Markaziy bank tomonidan tijorat banklarini kreditlash amaliyotining mavjud emasligi tufayli Markaziy bankning qayta moliyalash stavkasini oʻzgartirish yoʻli pul massasiga, tijorat banklarining likvidliligiga va kreditlarning bahosiga taʻsir etish imkoniyatining pastligi;




  1. Markaziy bankning majburiy zahira stavkalarining yuqori ekanligi va zahira ajratmalari summasini banklarning ―Nostro‖ vakillik hisobraqamlaridan olib qoʻyilayotganligi natijasida tijorat banklarining likvidliligiga va resurs bazasining barqarorligiga nisbatan salbiy taʻsirning yuzaga kelganligi;

2017-yilning 1 yanvar holatiga koʻra, Rossiya Markaziy bankining majburiy zahira stavkalarining oʻrtacha darajasi 5,6 foizni, Yevropa Markaziy bankining majburiy zahira stavkasi esa, 2,0 foizni tashkil etdi.





  1. Tijorat banklarining depozit bazasida uzoq muddatli depozitlar ulushining pastligi sababli ularning investitsiya jarayonlariga qatnashishi yetarli darajada emas. 2017-yil yakunlari boʻyicha respublikamizda asosiy kapitaldagi investitsiyalar tarkibida bank kreditlari va boshqa zayom mablagʻlarining ulushi 26,3% tashkil qiladi va ushbu koʻrsatkich oldingi yilga nisbatan oʻsgan.




  1. Respublikamizda imtiyozli kredit dasturlari koʻp boʻlib, (2019-yilda 78% kredit portfellarini tashkil qildi) ular moliyaviy resurslarni joylashtirish samaradorligini pasaytiradi va bank tizimida muammolarni vujudga keltiradi. Ayniqsa, davlat investitsiya dasturlariga kiritilgan loyihalarni tijorat banklari tomonidan maʻmuriy ravishda moliyalashtirilishi tijorat banklari moliyaviy holatiga salbiy taʻsir qilmoqda. Bu nafaqat tijorat banklarining kreditlash faoliyatiga, balki vakillik hisobvaraqlarida mablagʻlar yetishmovchiligiga olib

kelib iqtisodiyotimizda toʻlovlarni vaqtida oʻtishiga salbiy taʻsir qilishi mumkin.


27


  1. Respublikamizning yirik tijorat banklarida transformatsiya riskining mavjudligi.

Transformatsiya riskining yuzaga kelganligi va chuqurlashganligi qisqa muddatli resurslar bir yilgacha hisobidan uzoq muddatli (3-5 yilgacha) kreditlarning berilganligi bilan izohlanadi.


1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   142




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling