Samarqand iqtisodiyot va servis instituti bektemirov a., Omonov a. A., Xaydarov z. Sh., Niyozov z. D. Tijorat banklari aktiv va passivlarini boshqarish


Download 1.01 Mb.
bet51/142
Sana14.01.2023
Hajmi1.01 Mb.
#1092889
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   142
Bog'liq
TIJORAT BANKLARI AKTIV VA PASSIVLARINI ЎҚУВ ҚЎЛЛАНМА лотинча

9.1. 1-jadval
Barklays bank aktivlarining tarkibi, 2018-yilning 1-yanvar holati17,18 foizda



Aktivlar tarkibi




2014 y.

2015 y.

2016 y.

2017 y.

2017 y.

2018 y.




Naqd

pullar

va






















Markaziy

bankdagi

3,3

4,1

5,7

8,4

4,6

15,6




pul mablagʻlari

























Boshqa

banklardagi

2,3

1,7

2,1

0,1

0,7

6,8




pul mablagʻlari































Qimmatli

qogʻozlarga

37,6

39,4

40,1

46,7

47,2

27,3




qilingan investitsiyalar



























17Жадвал AnnualReports. www.barclayc.com маълумотлари асосида муаллиф томонидан тузилган.

  1. Barclays PLC Annual Report 2018

99

Berilgan kreditlar




47,3

46,5

44,7

35,9

34,8

28,8




Asosiy vositalar

va

6,8

4,2

2,7

5,9

9,1

19,6




nomoddiy aktivlar































Boshqa aktivlar




2,7

4,1

4,7

3,0

3,6

1,9




Aktivlar -jami




100,0

100,0

100,0

100,0

100,0

100




9.1.1-jadval maʻlumotlaridan koʻrinadiki, Barklays bank aktivlarini umumiy hajmida uning boshqa banklardagi ―Nostro‖ vakillik hisobraqamlaridagi pul mablagʻlari juda kichik salmoqni egallaydi. Buning sababi shundaki, ushbu mablagʻlar bankka daromad keltirmaydi. Asosiy vositalar ham tijorat banklari uchun daromad keltirmaydigan aktiv hisoblanadi. Shu sababli, tijorat banklarini aktivlar hajmida asosiy vositalar juda kichik salmoqni egallaydi.


9.1.1-rasmda keltirilgan maʻlumotlardan koʻrinadiki, AQShning ―Benk of Amerika‖ banki va Germaniyaning ―Doychebank‖i aktivlarini umumiy hajmida yuqori likvidli qimmatli qogʻozlarga qilingan investitsiyalar sezilarli darajada yuqori salmoqni egallaydi. Bu esa, mazkur banklarni joriy likvidliligini yuqori likvidli qimmatli qogʻozlar hisobidan taʻminlanishi bilan izohlanadi.




9.1.1-rasm. Benk of Amerika (AQSh) va Doychebank (Germaniya) aktivlarini umumiy hajmida yuqori likvidli qimmatli qogʻozlarga qilingan investitsiyalarni salmogʻi19, 2018-yilning 1-yanvar holatiga koʻra (foizda)


19Расм муаллиф томонидан www.bankofamerica.com ваwww.db.com сайтлари маълумотлари асосида тузилган.

100

Taraqqiy etgan mamlakatlarda tijorat banklarining likvidliligini taʻminlashda kredit va foiz risklarini boshqarishga alohida eʻtibor qaratiladi20. Bu esa, risk-menejmentni takomillashtirishga olib keladi.


  • 9.2. Banklarning investitsion operatsiyalarini boshqarish prinsiplari

Tijorat banklarining investitsion operatsiyalarini boshqarish bir qator prinsiplarga tayanadi. Ana shunday muhim prinsiplardan biri bank investitsiya portfelini diversifikatsiya qilish prinsipi hisoblanadi.


Korporativ qimmatli qogʻozlar bilan amalga oshiriladigan operatsiyalar yuqori riskli boʻlganligi sababli tijorat banklari qimmatli qogʻozlar portfelini diversifikatsiyalashga katta eʻtibor beradilar


Xalqaro bank amaliyotida tijorat banklari investitsiya portfelini diversifikatsiya qilishda 7 foizli meʻyoriy chegara keng qoʻllaniladi. Yaʻni, bir emitentning qimmatli qogʻozlariga qilingan investitsiyalar tijorat banki investitsiya portfelini 7 foizidan oshib ketmasligi kerak.


Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan tijorat banklarini investitsion faoliyatiga nisbatan uchta iqtisodiy meʻyor belgilangan:





  • tijorat bankini bir emitentni qimmatli qogʻoziga qiladigan investitsiyalari miqdori uning birinchi darajali kapitalining 15 foiizdan oshib ketmasligi kerak;




  • tijorat bankini oldi-sotdiga moʻljallangan qimmatli qogʻozlariga qiladigan investitsiyalari miqdori uning birinchi darajali kapitalining 25 foizidan oshib ketmasligi lozim;




  • tijorat bankining barcha emitentlarni qimmatli qogʻozlariga qiladigan investitsiyalari miqdori uning birinchi darajali kapitalining 50 foizidan oshib ketmasligi kerak.

Tijorat banklari investitsion operatsiyalarini risk darajalari va daromadliligi oʻrtasidagi mutanosiblikni taʻminlash prinsipi ham asosiy prinsiplardan biri hisoblanadi.





  1. Ephraim Clark , Davide Salvatore Mare, Nemanja Radic Cooperative banks: What do we know about competition and risk preferences? J. Int. Financ. Markets Inst. Money 52 (2018) 90–101 journal homepage: www.elsevier.com/locate/intfin

101
Xalqaro amaliyotda valyuta opsionlarini ikki standarti mavjud boʻlib, ushbu standartlar risk darajasiga koʻra bir-biridan keskin farqlanadi. Valyuta opsionlarini birinchi standarti Yevropa standarti deb ataladi va bu opsionlar oʻz egasiga faqat shartnoma muddati tugagandan soʻng opsiondan foydalanish huquqini beradi. Valyuta opsionlarining ikkinchi standarti esa, Amerika standarti deyiladi va mazkur opsionlar oʻz egasiga opsion shartnomasi muddatining istalgan vaqtida opsiondan foydalanish huquqini beradi. Demak, valyuta opsionlarini Amerika standartida risk darajasi Yevropa standartiga nisbatan yuqori hisoblanadi21.


Valyuta fyuchers bozorini beqaror valyuta kursi hukm surayotgan mamlakatlarda tashkil etish lozim. Valyutalarning beqaror boʻlishida, eng avvalo, mamlakatda amalga oshirilayotgan iqtisodiy tadbirlarga ishonchning yoʻqligidadir.


Qayd etish joizki, derivativlar bilan amalga oshiriladigan spekulyativ operatsiyalar yuqori riskli operatsiyalar hisoblanadi va ular tijorat banklariga katta miqdorda zarar keltirishi mumkin. Bunga aniq misol qilib 1995-yil 25-fevralda bankrot deb eʻlon qilingan Angliyaning ―Berings‖ bankini keltirish mumkin. Holbuki, ushbu bank 233 yillik tarix tajribasiga ega edi.


―Berings‖ bankning Singapur filiali treyderi Nik Lison bankning passividagi barcha boʻsh turgan pul mablagʻlarini Singapur fond birjasiga chiqib, Yaponiya korporatsiyalarini fyuchers va opsionlarini sotib olishga yoʻnaltirdi. Oradan 3 kun oʻtgandan soʻng Yaponiyaning Kobe shahrida dahshatli zilzila boʻldi. Zilzila natijasida Yaponiya korporatsiyalarini fyuchers va opsionlarini bahosi keskin pasayib ketdi. Natijada, ―Berings‖ bank 1,3 mlrd. AQSh dollari miqdorida zarar koʻrdi.


―Berings‖ bankini Prezidenti dunyoning eng boy odamlaridan biri hisoblangan Bruney Sultoni bilan doʻst edi. U bankni qutqarib qolish uchun Bruney Sultonidan 1,0 mlrd. dollar qarz soʻradi. Ammo sulton tavakkal qilishni xohlamadi. Oxir-oqibat 233 yillik tarixga ega boʻlgan ―Berings‖ bank bankrot boʻldi.





  1. Красавина Л.Н. Международные валютно-кредитные отношения. – М. ФиС, 2013. – С. 173-176.

102
Oʻzbekiston Respublikasini tijorat banklarida valyutalarni sotib olish maqsadida berilgan opsionlar 92728-«Opsion bitimi boʻyicha sotib olish» hisobraqamini debetida va 96379-«Opsion boʻyicha sotib olish kontr hisobvragʻi»ni kreditida hisobga olinadi.

Tijorat banklarini valyuta opsionlaridan oladigan daromadlari 45404-hisobraqamini kreditida, opsionlardan koʻrilgan zararlar esa, 55306-hisobraqamini debetida hisobga olinadi.


Qimmatli qogʻozlar bozorida tijorat banklari moliyaviy broker sifatida qimmatli qogʻozlarni oldi-sotdisida mijozni hisobidan va uning topshirigʻi bilan komissiya shartnomasi yoki shartnoma topshirigʻiga muvofiq agentlik funksiyasini bajaradi. Tijorat banklarining komission muomalalari (operatsiyalari) oʻz mijozni topshirigʻiga muvofiq banklar komission operatsiyalarni bajaradi. Bunda ular mijozni topshirigʻiga muvofiq komissioner sifatida oʻz nomlaridan, mijozni hamma koʻrsatmalarini, masalan kurslarni cheklash, kelishuvlarni vaqti va kelishuv oʻtkaziladigan joy toʻgʻrisidagi koʻrsatmalarni bajarishi lozim.


Bu xizmatlar uchun bank mijozdan komissiya haqi, qoʻshimcha xarajatlar kompensasiyasini olishi kerak, chunki bu ishlar mijoz topshirigʻini bajarilishiga bogʻliq tadbirlardir. Komission kelishuv tipi ikki shartnomani tuzishni koʻzda tutadi:





  • bank (komissioner) va mijoz (komitent) oʻrtasidagi komission

shartnoma;





  • bank komissioner va uchinchi kelishuv qatnashchisi oʻrtasidagi oldi-sotdi shartnomasi, qoida boʻyicha, komitent sotib oluvchi qimmatli qogʻozlarni sotib olish shartnomasini tuzishdan oldin, vositachi-bank ixtiyoridagi oʻzini hisob varaqasiga pul mablagʻlarini oʻtkazadi. Oʻtkazilgan pul mablagʻlari qimmatli qogʻozlarni sotib olishga yetadigan darajada boʻlishi kerak.

Qimmatli qogʻozlarlarni sotishga bogʻliq shartnoma komissiyasini tuzishda, komitent sotuvchi vositachi-bankda sotishga moʻljallangan qimmatli qogʻozlarni deponentlashtiradi.


103
Qimmatli qogʻozlarni investitsion jozibadorligi banklarni investitsion operatsiyalarini rivojlantirishda muhim oʻrin tutadi. Shu sababli, banklarni investitsiya portfelini daromadliligi va risk darajalari oʻrtasidagi mutanosiblikni taʻminlashda sotib olinadigan qimmatli qogʻozlarni investitsion jozibadorligiga alohida eʻtibor qaratiladi.
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   142




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling