Samdu qoshidagi 1-son akademik litseyi


Download 87 Kb.
bet2/5
Sana30.04.2023
Hajmi87 Kb.
#1414909
1   2   3   4   5
Bog'liq
Ochiq dars ishlanmasi

Mavzuni yoritish:
Menyu – biror xuxusiyat bilan mujassamlashtirilgan buyruq yoki amallar majmuidir. Windows operatsion sistemasidan foydalanuvchilar 4 turdagi menyu bilan ishlashi mumkin:

Menyu bandlari orasida buyruqlardan tashqari qism (yoki kichik) menyuga kirish imkonini beruvchi bandlar ham bo’lishi mumkin. Bu holda biz iyerarxik yoki ichma-ich joylashgan menyu bilan ishlaymiz.
Menyular tizimida ishlatiladigan shartli belgilashlar quyidagilardan iborat:

  • agar menyu bandi davomida ko’p nuqta (...) berilsa, shu band bajarilganda muloqot oynasi ochiladi;

  • agar menyu bandi davomida uchburchak () berilsa, shu band bajarilganda qism menyu ochiladi;

  • agar menyu bandi och kulrang ko’rinishda bo’lsa, menyuning shu bandi ayni vaqtda faol emasligini bildiradi;

  • agar menyu bandi davomida klavish yoki klavishlar majmuasi ko’rsatilgan bo’lsa, u holda menyuning shu bandini menyuga kirmasdan turib klaviatura yordamida ko’rsatilgan klavishlarni bosib bajarish mumkin, bu tugmalar akselerator klavishlar (shortcut keys) deyiladi;

  • menyu bandidagi tagiga chizilgan harf faol klavish (hot key) deb nomlanadi va menyu faol vaqtda klaviaturadan shu harfni terib tegishli buyruqni bajarish mumkin;

  • agar menyu bandi oldida qalin nuqta () yoki () belgisi bo’lsa, u holda alternativ variantlardan birortasi tanlanganini bildiradi.

O datda masalalar panelining chap burchagida «PUSK» (Start) menyusi joylashgan. «Pusk» menyusi bosilganda, ekranda Windowsning ish boshlashi uchun kerak bo’ladigan asosiy menyusi ochiladi (1-rasm). Unda dasturni ishga tushirish, hujjatini ochish, tizim parametrlarini sozlash, kerakli faylni topish, zaruriy ma’lumotlarni olish va boshqa amallarni bajarish mumkin.
Asosiy menyuning yuqori qismidagi bo’limidan (rasmdagi Otkrыt dokument Microsoft Office, Sozdat dokument Microsoft Office, Yarlыk dlya Hypertrm) tashqari barcha bandlari standartdir.
Bu menyuning ko’rinishi quyidagicha:

Download 87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling