Sana 9-sinf Adabiyot 1-dars Dars mavzusi: Ruhiy kamolot vositasi


Download 444.72 Kb.
bet40/118
Sana13.07.2023
Hajmi444.72 Kb.
#1660166
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   118
Bog'liq
Sana 9-sinf Adabiyot 1-dars Dars mavzusi Ruhiy kamolot vositasi-hozir.org

I. Tashkiliy qism: a) o’quvchilar bilan salomlashish:
b) davomatni aniqlash:
v) she’riy daqiqa.
II. O’tgan mavzuni so’rash.
a) yakka tartibda (tarqatmali savollar asosida)
b) ommaviy tarzda (uy vazifasi nazorati)

III. Yangi mavzu bayoni.
G‘AzALLAR
Baland aylab quyoshga poya1 navro‘z,
Ko‘tardi yer yuzidin soya navro‘z.
Kelib fayz-u nishot-u2 aysh birla,
Muhayyo qildi elga voya3 navro‘z.
Tarab tiᵺin1 tug‘urdi dahr zoli2,
Ango bo‘ldi magarkim doya navro‘z.
Qilibdur mahliqolarning yuzini
Latofat mushaɘg‘a oya navro‘z.
Kiyib ahli g‘ino3 yuz rang xil’at,
To‘lo boshdin ayoq peroya4 navro‘z.
Hama o‘ynab olib qo‘lg‘a yumurta5,
Mening ilgimda yoqtur xoya6 navro‘z.
Diramdur7 moyai ishrat ulusg‘a,
Vale men bo‘lmisham bemoya navro‘z.
Janobi shahg‘a keldim bu jihatdin,
Ko‘zim yoshig‘a toya-toya navro‘z.
Ki shoyad o‘zgalardek Ogahiyni
Tarabnok aylagay beg‘oya navro‘z.
Mana, shoirning “navro‘z” radiᵺi g‘azali matni bilan tanishdik. Bu she’r tabiat lirikasining go‘zal namunasi sanaladi. Unda tashxis san’atidan foydalangan holda shoir bu bahoriy ayyomni madh etadi. Oldingi mavzularni o‘rganish, lirik asarlarni tahlil qilish asnosida tashxis haqida yetarli tushunchaga ega bo‘ldingiz. Dastlabki ikki baytda navro‘z ayyomi jonlantirilib, u quyoshni baland qadr va martabaga yuksaltirdi va bu bilan yer yuzidan soyani ko‘tardi, deb tasvirlanadi. U yurtga uch narsa: fayz, shodlik (nishot) va aysh bilan kirib keldi-da, bu uch xushbaxtlikni muhayyo qilib, ulardan elni bahramand qildi. Mazkur baytlarda navro‘z o‘zidagi bor yaxshi narsalarni boshqalarga chin ko‘ngildan ulashayotgan va bundan o‘zi ham g‘oyat zavqlanayotgan tanti va saxiy kishiga qiyoslangan.
Keyingi baytdagi tashxis ham yanada o‘ziga xosdir:
Tarab tiᵺin tug‘urdi dahr zoli,
Ango bo‘ldi magarkim doya navro‘z.
Tushunilishi qiyin bo‘lgan so‘zlar ma’nosi aniqlab olinadi: tarab – shodlik; tiᵺ – bola, go‘dak; tug‘urdi – tug‘di, dunyoga keltirdi; dahr – dunyo; zol – kampir. Demak, ushbu misralardan quyidagicha ma’noni uqish mumkin: Dahr (dunyo) kampiri shodlik chaqalog‘ini tug‘arkan (dunyoga keltirar ekan), navro‘z unga doyalik qildi. Tashxis uchun tabiatdagi o‘zgarishlar asos qilib olingan: dunyo otliq kampirning tug‘ishi va unga navro‘zning doyaligi. Shuningdek, tashbih bu san’at bilan baqamti qo‘llangan. Shodlik – chaqaloq, chunki u boshlanayotgan bahor tufayli kishilar ko‘nglida tug‘ilib kelayotibdi. Dunyo – kampir, chunki u yaratilish jihatdan eng qadimiy. Navbatdagi baytda ko‘klam go‘zalligi islomiy tushunchalar vositasida ochiladi:
Qilibdur mahliqolarning yuzini
Latofat mus’haɘg‘a oya navro‘z.
“Mus’haf” Qur’onga ishora bo‘lib, bu muqaddas kitob shu nom bilan ham ulug‘lanadi. Ikkinchi satrdagi “oya” esa oyat (Qur’on oyati) ning talaffuzdagi shaklidir. Shoir navro‘ziy latofatni Mus’hafga tenglashtiradi. Bu – tashbih, lekin uni mubolag‘a deb qabul qilish to‘g‘ri bo‘lmaydi. Chunki Qur’on ham, tabiat go‘zalligi, jumladan, bahor latofati ham Yaratganning ijodidir. Ularning har ikkisi birday go‘zal va muqaddas. Bir xil qimmatdagi voqelikni qiyoslashda bo‘rttirish bo‘lmaydi. Shunday qilib, navro‘z latofati Mus’haf bo‘lsa, mahliqolarning yuzi undagi oyatlardir. Tasavvufga ko‘ra inson go‘zalligi ilohiy husnning jilvasi yoki soyasi ekan, mahliqolarni oyatga mengzashda hech qanday shakkoklik yo‘q.
Keyingi baytlarda peyzaj (tabiat tasviri) ijtimoiy mavzuga almashadi. Ularda badavlat odamlar (ahli g‘ino)ning bu ko‘ngilli ayyomda “yuz rang xil’at” (turli xil kiyimlar) kiyishi, boshdan oyoq ziynatlanishlik, turli ko‘ngilocharliklar bilan zavqlanishlari bayon etiladi. Ishrat uchun moya bo‘lgan dirham ularning qo‘lida o‘ynasa, shoirning qo‘lida bu moya yo‘q. Shu bois, o‘tinch bilan shoh huzuriga kelishi mubolag‘a bilan tasvirlanadi.

IV. Mustahkamlash. Savol va javob.


1. Shoir “Ilohi, har kuning navro‘z bo‘lsun”, — der ekan, kundalik
hayotingda faqat bayramlardan iborat bo‘lsin degan tilakdan
boshqa narsani ham ko‘zda tutganmi?
2. “Qilib partav ɘkanlik ayni adling Quyoshoso jahonafruz
bo‘lsun” misralarini tahlil qiling. Bayt mazmunidan ushbu so‘zlar
kimga qarata aytilayotganini bilishga urining.
3. “Sango doyim bo‘lub davlat qushi rom, Shikorandoz-u
dastomuz bo‘lsun” baytidagi mazmunan aloqador so‘z
birikmalarini aniqlang va ularni sharhlang.
4. Hukmdorning dushmanlari hamda unga itoat etmovchilarga
bildirilgan tilaklarni o‘qing va izohlang.
5. Navro‘z haqidagi oldingi g‘azalning oxirgi ikki bayti bilan ushbu
g‘azal maqtasini solishtiring va ulardagi umumiylikni izohlang.
6. G‘azalni yod oling.
V. Uyga vazifa. Mazmunini o’rganish.
VI. Baholar tahlili.
O’IBDO’ ___________


Download 444.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   118




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling