Sana 9-sinf Adabiyot 1-dars Dars mavzusi: Ruhiy kamolot vositasi


Sana________________9-sinf adabiyot 25-dars


Download 444.72 Kb.
bet41/118
Sana13.07.2023
Hajmi444.72 Kb.
#1660166
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   118
Bog'liq
Sana 9-sinf Adabiyot 1-dars Dars mavzusi Ruhiy kamolot vositasi-hozir.org

Sana________________9-sinf adabiyot 25-dars

Dars mavzusi: “Ustina” radifli g’azali tahlili
Darsning maqsadi:
1.Ta’limiy maqsad: o’quvchilarga yangi mavzuni tushuntirish
2. Tarbiyaviy maqsad: o’quvchilarga vatanparvarlik tarbiyasini berish .
3. Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchilarning bilim va tafakkurini o’stirish, bilim olishga bo’lgan qiziqishini oshirish, mustaqil fikrlashga o’rgatish.


Axborot bilan ishlash kompetensiyasi:
mavjud axborot manbalaridan (kitob, ommaviy axborot vositalari, internet, lug‘at, ma’lumotnomalar, (audio-video yozuv), telefon, kompyuter) foydalana olish va ulardagi materiallarga munosabat bildirish.


O‘zini-o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:
shaxs sifatida ma’naviy, ruhiy va intellektual kamolotga intilishni ehtiyojga aylantira olish;


Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:
jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va unda faol ishtirok etish;


Milliy va umummadaniy kompetensiya:
badiiy adabiyot va san’atda aks etgan vatanparvarlik, insonparvarlik g‘oyalarini, umuminsoniy va milliy qadriyatlar tasvirini anglash, ulardagi go‘zallik va ezgulikdan o‘rnak olishga intilish, yovuzlik va xunuklikdan nafratlana olish.
Darsning usuli: an’anaviy.
Darsning jihozi: darslik, tarqatmali savollar.
Darsning borishi.

I. Tashkiliy qism: a) o’quvchilar bilan salomlashish:
b) davomatni aniqlash:
v) she’riy daqiqa.
II. O’tgan mavzuni so’rash.
a) yakka tartibda (tarqatmali savollar asosida)
b) ommaviy tarzda (uy vazifasi nazorati)

III. Yangi mavzu bayoni.
Ushbu g‘azal o‘zbek mumtoz adabiyotidagi eng mashhur asarlardan biri sanaladi. Bu g‘azal matni bilan kuylanadigan qo‘shiqni tinglagansiz, albatta. Unda yorning cheksiz go‘zalligi ta’riᵺanadi, li rik qahramonning ishqdagi o‘rtanishligi tasvirlanadi. G‘azalning birinchi baytidayoq Ogahiyning an’ana zaminida badiiy kashɘyotga erishish iste’dodi namoyon bo‘ladi:
Mushkin qoshining hay’ati ul chashmi jallod ustina,
Qatlim uchun “nas” kelturur “nun” eltibon “sod” ustina.
Matla’da ma’shuqaning qoshi va ko‘zi ta’rif etilmoqda. “Mushkin” so‘zi ham qoralik, ham xushbo‘ylikni ifodalaydi. “Mushkin (qora va xushbo‘y) qosh” tuklari, “chashmi jallod” – jallod ko‘zlar ustida hay’at a’zolaridek saf tortishgan. Ko‘zning qatl etuvchi, jon oluvchi jallod sifatida tasvirlanishi an’anaviy holat. “Mushkin qosh” iborasi ham an’anaviy. Biroq mushkin qosh tuklarining hay’at sifatida jonlantirilishi va jallod ko‘zlar bilan ittifoq tuzdirilishi Ogahiyning ijodiy kashfiyotidir. Kashɘyotning qiyomiga yetgan hosilasi shundaki, qoshlar ko‘zlar bilan ittifoq tuzib, oshiqni qatl etish uchun hukm chiqaradilar. Buning badiiy ifodasi ham juda maroqli. Bunda shoir harfiy o‘yinlar san’atidan foydalanadi. Qoshning “nun” harfiga qiyoslanishi, ko‘zning esa “sod” harɘga taqqoslanishi ham adabiy an’ana. Lekin kamdan-kam san’atkor ushbu an’anani uddalab, amalga oshirolgan. Boz ustiga, Ogahiy qosh va ko‘zning ittifoqini ifodalash uchun ularni (“nun” eltibon “sod” ustina) ostin-ustin joylashtiradi. Aslida ham qosh bilan ko‘z shunday joylashgan, hamjihat birikuvidan “nas” so‘zi vujudga keladi. Arabcha bu so‘z “hukm” degan ma’noni anglatadi. Baytning g‘azalxon uchun sirli va sehrli jihati ham shunda. Demak, qoshlar hay’ati jallod ko‘zga oshiqni qatl etish to‘g‘risida shafqatsiz hukm chiqarib beradi.
Ikkinchi baytning birinchi misrasida an’anaviy tasvir va ifodalar yaqqol ko‘zga tashlanadi. Lekin shoir an’anaviy sifatlashlar bilan cheklanib qolmaydi. U o‘xshatish uchun seviklining bo‘yi bilan yuzidek yaxlit go‘zallikni tabiatdan topolmaydi. Shuning uchun bog‘dorchilikdagi “payvand” usulini g‘azalga olib kiradi. Gul – yorning yuzidek yoniq va chiroyli, lekin unda shamshod daraxtidagidek ko‘rkam qomat yo‘q. Shamshod – qishin-yozin, umrbod yam-yashil
yashnab turadigan xushqomat daraxt. Biroq unda yorning gulgun chehrasidek gul ochimaydi. Tabiatda gulni shamshodga payvand etib ham bo‘lmaydi. Yorning qaddi shamshod va yuzining gul kabi eknligi va ular bir vujudda mujassamligini o‘quvchi ko‘zi oldida gavdalantirish kerak. Shunda shoir tasavvur qudratidan foydalanadi va g‘azal-xonga: “Agar shamshodning ustiga gul payvand bo‘lganini ko‘rmagan bo‘lsang, bunday mo‘jizani tabiatdan izlamay ham qo‘yaqolgin-da,
yorning zebo qomatiga yarashiq gulgun yuzini tomosha qil!” deya murojaat etadi.
Yuqoridagi baytlar, asosan, yor go‘zalligini vasf etishga qaratilgan bo‘lsa, quyidagi 3-, 4-, 5-, 6-baytlar izhor uslubida bitilgan. Ularda lirik qahramon kechinmalari ifodalangan. E’tibor bergan bo‘lsangiz, bu baytlarning bari mubolag‘a san’ati bilan sug‘orilgan. Oshiqning faryod-u ɘg‘on chekishicha, ma’shuqning noz-u adov-u g‘amzasi bir odamzodning bardosh va saboti yetmaydigan darajada qasd etib, uning ustiga dam-badam ofat yog‘diradi. Birinchi baytdagi qatlga farmon olgan qotil ko‘z yana jonlanadi, oshiqn ing xasta joniga tahlika solib, zulm ustiga zulm etadi. Boyagi gul yuz o‘zining shavqi bilan shaydo ko‘ngulni o‘rtaydi va u kecha-yu kunduz bulbul kabi yuz navo, ming faryod chekadi. Mubolag‘a misrama-misra kuchayib, oliy darajaga ko‘tariladi.
Besutun – Farhod qazigan afsonaviy tog‘. Ogahiy lirik qahramoni chekkan g‘am yuklari shu qadar og‘irki, agar falak Farhodning ustiga yana ming Besutun yog‘dirsa ham, oshiq chekayotgan g‘am yukining mingdan biricha bo‘lmaydi.
G‘azalning 7-, 8-baytlarida oshiqona kechinmalar izhoridan chekiniladi. Falsaɘy umumlashma ruhidagi baytlar bitiladi. Ular birinchi baytdan kam bo‘lmagan shohbayt darajasida vujudga kelgan.
Bu o‘rindagi shohga murojaatni Ogahiyning davr hukmdoriga qarata qo‘llagan. Ogahiyning yuqoridagi satrlarda tasvirlangan ma’shuqadan chekkan sitamlari, muayyan darajada, davrdan tortgan sitamlari timsoli ham edi. Demak, tushunish mumkinki, shoir izhori dard vositasida ko‘nglini bo‘shatib olgach, shohni adolatga chorlab, unga purhikmat pand aytadi


Download 444.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   118




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling