Семинар 8 соат Мустақил таълим 76 соат mavzu:№ etnologiya faniga muqaddima reja
Download 0.66 Mb.
|
ETNOLOGIYA FANIDAN MAJMUA
Mayya davlati
Eramizning boshlarida Yukatan yarim orolining janubiy qismida hozirgi Gvatemala territoriyasida bir kancha mayda shahar-davlatlar paydo bO’ladi. V-VI ayerlarga kelib bunday davlatlarning soni yana ham kO’payadi va shimoliy rayonlarga tarqaladi. Bu davlatlar O’zaro kurashib turganlar. Ammo janubiy davlat-shaharlarning kO’pchiligi XI asrga kelib birdaniga bO’shab qoladi. Yukatan yarim orolining shimolida O’sha davrda mayya xalqlarining bosh shahri-Mayyapan kuchayib, yuksak madaniyat yaratgankudratli davlatga aylanadiva to ispanlar istilosigachaO’z hukmronligini saqlab kelgan. Mayya ancha rivojlangan dehqonchilik xO’jalikga ega bO’lib, O’rmonlarni toshboltalar bilan kesib, daraxtlarni kuydirganlar, kul bosgan dalani yog’och bilan kovlab urug’ sepganlar. Asosiy ekini makkajO’g’ori hisoblangan, undan tashqari loviya, pomidor, qalampir, qovoq va paxta ekilgan. GO’shtga it va kurka boqilgan, bundan tashqari ov qilib ham gO’sht yetkazganlar. Baliqchilik va asalchilikni bilganlar. Mayya indeyslar birinchi bO’lib kakao daraxtini O’stirib, mevasidan ichimlik tayyorlaganlar. Mayya davlatida ruda bO’lmaganligidan metall qurollarni, ayniqsa temir bolta va nayza uchlari, mis bilan oltin qotishmasidan yoki sof oltindan yasalgan bezaklarni Meksikadan va qO’shni mamlakatlardan keltirganlar. Paxta va agava tolalaridan nozik metallar tO’qiganlar, ulardan plash va boshqa kiyimlar tikkanlar, charxsiz sopol idishlar yasab, ularga turli naqshlar berganlar. Savdo-sotiq ancha rivojlangan, loviya va kakao urug’lari pul vazifasini bajargan. Qul savdosi ham bO’lgan. Qishloqlar yengil tO’qima yopilgan, chO’qqaygan tomli uylardan tashkil topgan. Qishloq markazida toshdan qurilgan ibodatxona qad kO’targan, unda zodagon va kohinlar yashagan. Jamoa yeri uylangan erkaklarning soniga qarab, ya’ni har oilaga uch yilgacha taqsimlangan. Zodagonlarga ajrtilgan maxsus dalalarda jamoa a’zolari xizmat qilgan va hatto sadaqa berib turganlar, urushda ishtirok qilganlar. Soliq tO’lashdan bosh tovlaganlar xudo yO’liga qurbonlik kilinganlar. Qullar xO’jalikda, jamoa inshootlari, kO’shk, saroylar va yO’larni qurishda, yuk tashishda ishlatilgan. Qullar asirlardan, qarzdorlar, hukm qilinganlar va hatto yetimlardan tO’ldirilgan. Mayya davlati boshida cheksiz huquqqa ega bO’lgan hokim («xalach-vinik»-buyuk odam) turgan. Oliy kohin uning O’ng qO’li va maslahatchisi hisoblangan. Xalach-vinik soliq tO’plash va qozilik qilish uchun qishloqlarga maxsus boshliq (batab) tayinlangan. Astronomiya va boshqa bilimlarni yaxshi egallagan kohinlar katta obrO’ga ega bO’lgan. Mayya yuksak madaniyat yaratgan xalqlardan. Ular O’ziga xos yozuvni kashf etib, ijobiy bilimlarni chuqur egallaganlar. Ayniqsa aniq bilimlar, chunonchi, astronomiya va matematika nihoyatda rivojlangan, yil hisobini bir minutgacha aniqlab kalendar tuzgan. Ularda yil 365 kunga bO’lingan, kalendar 20 kunlik oydan va 13 kunlik haftadan iborat bO’lgan. Iyeroglif sisitemasiga asoslangan mayya yozuvlarida kohinlar turli afsonalar, duo va tarixiy solnomalar yozib qoldirganlar. Shu yozuvda har 20 yilda tarixiy voqealar bayon qilingan maxsus tosh ustunlar O’rnatilgan. Nihoyatda zO’r san’at bilan tasvirlangan O’yma va bO’rttirib yasalgan ajoyib rasmli murakkab ibodat va fuqarolik inshootlari hozirgacha kishini maftun qiladi. Mazkur yuksak madaniyat qO’shni mamlakatlarga ham zO’r ta’sir qilgan. Diniy tasavvurlar, sinfiy munosabatlar muqaddaslashtirilgan juda murakkab serxasham marosim va ibodatlardan iborat bO’lgan. Muqaddas kitoblar fikus qobig’idan ishlangan qog’ozlarga yozilgan va rangli rasmlar bilan bezatilgan. Afsuski, deyarli barcha qO’lyozmalar ispan mustamlakachilari tomonidan kuydirilgan. Asosiy e’tiqodlari dehqonchilik bilan bog’liqaholi osmon, yomg’ip, O’simlik va boshqa tabiat hodisalarini ifodalovchi xudolarga sig’inganlar. Koinot va ohirat tO’g’risida turli rivoyatlar mavjud. Download 0.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling