Seminar mashg’ulotlari bo’yicha o’quv materiallari Mustaqil ta’lim mashg’ulotlari Glossariy Ilova


Download 446.76 Kb.
bet24/66
Sana02.02.2023
Hajmi446.76 Kb.
#1147910
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   66
Bog'liq
Seminar mashg’ulotlari bo’yicha o’quv materiallari Mustaqil ta’l

Anomal (noto‘g‘ri) taraqqiyot psixologiyasi yoki «maxsus psixologiya» rivojlanish jarayonida psixikaning aynishi, miyadagi kasallikning turli xildagi kechishi jarayonida psixikaning tamomila izdan chiqishi kabi turllarni o‘rganadigan patopsixologiyaga, psixik rivojlanishning miyadagi tug‘ma asoratlar bilan bog‘liq atologiyasi to‘g‘risidagi fan bo’lgan oligofrenopsixologiyaga, quloq eshitishining butunlay kar bo’libqolishga qadar jiddiy kamchilnklari bo’lgan bolani voyaga etkazish psixologiyasi bo‘lmish surdopsixologiyaga, yaxshi ko‘rmaydiganlar va ko‘rlar rivojlanishi psixologiyasi-tiflopsixologiyaga bo’linadi.
Qiyosiy psixologiya-psixologiyaning psixik hayotning filogenetik shakllarini tadqiq qiladigan sohasidir.
Qiyosiy psixologiyada havonlar va odam psixikasi qiyoslanadi, ularning harakterlari, fe’l-atvoridagi mavjud o‘xshashlik va farqlarning sabablari aniqlanadi. Zoopsixologiya qiyosiy psixologiyaning bo‘limi bo‘lib, u turli sistematik guruhlarga mansub (turlarga, turkumlarga, oilalarga mansub) hayvonlar psixikasini, xatti-harakatining eng muhim shakllari va mexanizmlarini o‘rganadi. Qiyosiy psixolognyaning klassik obyektlari (o‘rgimchak, chumoli, asalari, qushlar, itlar, otlar, maymunlar) safiga hozirgi aytda kitsimonlar (delfinlar) ham qo‘shildi. Hayvonlarning xatti-harakatidagi tug‘ma mexanizmlar biologiya va psixologiyaning nisbatan yangi sohasi-ztologiyani fakt maxsus tadqiqot obyekti hisoblanadi.
Agar psixologiyaning shoxobchalarini shaxs bilan jamiyat o‘rtasidagi munosybatlarning psixologik jihatlari nuqtai nazaridan tasnif qilnnadigan bo‘lsa, u holda psixologiya fanining sotsial psixologiya tushunchasi zamirida birlashadigai sohalarining yana bir qatori ajralib chiqadi.
Sotsial psixologiya odamlarning turli xildagi uyushgan va uyushmagan ijtimoiy guruhlardagi o’zaro birgalikdagi harakati jarayonida vujudga keladigan psixik hodisalarni o’rganadi.
Hozirgi aytda sotsial psixologiya strukturasiga quyidagi uchta sohaga oid muammolar kiradi.
Katta guruhlarda (makromuxvtda)gi sotsial-psixologik hodisalar. Ularga ommaviy kommunikatsiya (radio, televidenie, matbuot va boshqalar) muammolari, ommaviy kommunikatsiya vositalarining odamlarning turli xildagi jamoalariga ta’sir qilish mexanizmlari va samaradorligi, moddalarning, mish-mishlarning, umumiy qabo‘l qilnngan did, rasm-rusmlar, soxta fikrlar, ijtimoiy kayfiyatlarning tarqalish qonuniyatlari, sinflar va millatlar psixologiyasi muammolari, div psixologiyasi kiradi.
Kichik deb atalmish guruhlardagi (mikromuhitdagi) sotsial-psixologik hodisolar. Bo‘larga tor guruhlardagi psixologik sig‘ishuvchanlik, guruhlardagi shaxslararo munosabat, guruh vaziyati, guruhda lider va etakchilar mavqei, guruh turlari (assotsiatsiya, kororatsiya, jamoalar) muammolari rasmiy va norasmiy guruhlarning nisbatan, kichik guruhlarning miqdoriy chegaralanganligi, guruhlar jisligi darajasi va sabablari, guruhda kishilarning bir-birini tushuna bilishi, guruhdagi qadriyatlar va shu kabi ko‘gina masalalar kiradi. Agar, masalan, oilani kichik guruh sifatida nazarda tutiladigan bo‘lsa, u holda muhim muahmolar qatoriga ota-onalar bilan bolalar o‘rtasidagi munosabatlar rivoji, katta yoshdagilarning obro‘-e’tiborini saqlash muammosi va boshqalar kiritilishi mumkin.
Kishi shaxsning sotsial-psixologik jihatdan o‘zligini namoyon qilishi (shaxsning sotsial psixologiyasi). Inson shaxsi sotsial psixologiyaning obyekti hisoblanadi. Shu asosda katta va kichik guruhlarda shaxsning sotsial maqsadlarga qanchalik mos kelishini, ushbu guruhlarning ta’sirini qanday qabo‘l qilishini, guruhlarning qadriyatli mo‘ljallarini qay tarzda o‘zlashtirnshini, shaxsning o‘ziga-o‘zi beradigan baho shaxsning o‘z» kiradigan guruhga nisbatan bahosiga qanchalik bog‘liqligini va boshqa masalalarii tadqiq qiladi. Shaxsning sotsial psixologiyasi muammolari jumlasiga shaxsning biror maqsad sari intilganligini, uning o‘ziga-o‘zi beradigan bahoni, kayfiyati va o‘zini hurmat qilishini, shaxsning barqarorligi va and-nasihatga ko‘nishini, jamoatchilik va shaxsiyatarastlikka munosabatini o‘rganish bilan, shaxsning dasturlarini, ularning o‘zgaruachanligi suroatlarini, shaxsning kelajagi bor-yo‘qligini o‘rganish bilan bog‘liq masalalar kiradi.
Sotsial psixologiyaning yuqorida paytib o‘tilgan uchta sohaga oid muammolari bir-biriga qarama-qarshi yoki biri ikknnchisidan keyin qo‘yilishi mumkin emas. Ular shaxs va jamiyatning birligi bilan shaxsning mohiyatini ochib beradigan munosabatlar majmuasi bilan belgilanadigai yaxlit holnda tushuniladi.
Yuqorida paytilganlardan ko‘rnnib turibdiki, tabaqalanish hozirgi zamon psixologiyasiga xos jarayon bo‘lib, u psixologiyaning sohalari anchagina shoxobchalarga bo’linib ketishiga olib keladi. Bu shoxobchalarning tadqiqot redmeti-psixikaning faktlari, qonuniyatlari va mexanizmlari garchi umumiy bo’libqolsa ham, ular har xil turdosh fanlar (sotsiologiya, texnika, zoologiya, meditsina va boshqalar)ga, tabiiyki, o‘rtalarida umumiylikning kam bo’lishiga qaramay, yaqinlashuvi oqibatida psixologiyaning bu shoxobchalari ko‘incha bir-biridan ancha o‘zoqlashgan bo’ladiva jiddiy farq qiladi. Psixologiyaning tabaqalanishi yaxlit tarzda birlashishgek muqobil jarayon bilan to‘ldiriladi. Natijada, birinchidan, psixologiyaning barcha turdosh fanlar (injenerlik psixologiyasi orqali texkika bilan, edagogik psixologiya orqali edagogika bilan) tutashuvi yo‘z beradi, ikkinchidan, psixologiya fanining o‘zida ham ilgari o‘zaro bog‘lanmagan sohalari birlashtiradigan ichkn imkoniyatlar borligining aniqlanmoqda. Umumiy psixologiya bu psixologiya tomonidan aniqlanadigan eng umumiy qonuniyatyairni, bu fanda qo’llaniladigan tadqiqot metodlarini, u amal qiladigan nazariy arintsiplarii, unda ishlatiladigan asosiy ilmiy tushunchalarni ta’riflash uchun qo’’llaniladigan maxsus nomdir.U psixologiya fanining pedagogik, yuridik, tibbiy, harbiy, qiyosiy psixologiya va shu kabi shahobchalari bilan bir qatorga qo‘yilishi mumkin bo’lgan shahobchasi emas.


Download 446.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   66




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling