Servis” fakulteti “iqtisodiyot va menejment”


Download 192.5 Kb.
bet2/17
Sana27.12.2022
Hajmi192.5 Kb.
#1069302
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
Korxona ishlab chiqarish . Uslubiy qo\'llanma. 2022-2023

Taqrizchilar:




i.f.n. B.A. Muxtorov

−Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universiteti dotsenti







i.f.n.S.A. Abdunazarov

−JizPI, “Iqtisodiyot va menejment“ kafedrasi mudiri, dotsent.

Tuzuvchilar:




G.Umirova O‘.Baytanov

- JizPI “Iqtisodiyot va menejment” kafedrasi assistenti
- JizPI “Iqtisodiyot va menejment” kafedrasi assistenti





Kirish

Iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, aholining turmush farovonligini oshirish zaruriyati insonlardan yangicha iqtisodiy fikrlashni talab qiladi. Bu esa ularda iqtisodiy bilimlarni o'zlashtirish zaruriyatini keltirib chiqarali. Xususan, 2019 yil 8 oktyabrda tasdiqlangan O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to’g’risida”gi PF-5847-sonli farmoniga asosan ilm-fanni yangi bosqichga ko’tarish ustivor vazifa sifatida belgilanganligi malakali kadrlarni tayyorlashga yangi talablarni qo’yadi. Ayniqsa, mamlakatimizda iqtisodiy sohada yuqori malakali ilmiy kadrlarni tayyorlashga bo’lgan ehtiyojni qondirish masalasi muhim ahamiyat kasb etmoqda. Chunki, O’zbekistonni yuqori darajadagi industrlashgan mamlakatga aylantirish sanoat korxonalari faoliyatini takomillashtirish bo’yicha asoslangan qarorlarni qabul qilishni talab qiladi. Zamonaviy ishlab chiqarishni tashkil etish qoidalarini va shakllarini hamda usullarini mukammal o’zlashtirgan mutaxassisgina mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishni ta’minlaydi.


Qo’yilgan ushbu masalalarni hal qilish yuqorida aytilganidek chuqur iqtisodiy bilimlarni talab etadi. Shuning uchun qurilish materiallari texnologiyasi sohasida malakali iqtisodchi kadrlarni tayyorlashda “Korxonalar ishlab chiqarish faoliyatini tashkil etish va boshqarish” fanining ahamiyati beqiyosdir. “Korxonalar ishlab chiqarish faoliyatini tashkil etish va boshqarish” fani ixtisoslik fanlar blokidagi tanlov fani sifatida “Devorbop va pardozbop qurilish materiallari texnologiyasi” ta’lim yo’nalishining o’quv rejasiga kiritilgan. ”Korxonalar ishlab chiqarish faoliyatini tashkil etish va boshqarish” fanini o’zlashtirish davomida talabalar korxonalarning tashkiliy huquqiy shakllari, ishlab chiqarish tuzilmasi, ishlab chiqarish turlari va usullari, mahsulot sifatini nazorat qilish usullari, korxonada strategik va taktik rejalashtirishni tashkil etish bo’yicha bilim va malakalarini shakllantiradi.

Download 192.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling