Sh. Ziyamuxamedova, G. Gulyamova yuristning yozma nutqi
-§. TINISH BELGILARINING QO‘LLANILISHI
Download 2.82 Kb. Pdf ko'rish
|
yuristning yozma nutqi
8-§. TINISH BELGILARINING QO‘LLANILISHI
Ko‘chirma gapli qo‘shma gaplarda tinish belgilarining qo‘llanishi 1. Ko‘chirma gaplar alohida abzas ko‘rinishida yangi qatordan emas, balki ketma-ket qatorda berilgan bo‘lsa, qo‘shtirnoqqa olinadi. Masalan, I. Karimov «Yuksak ma’naviyat – yengilmas 38 kuch» asarida ta’kidlaganidek: «Insonni, uning ma’naviy olamini kashf etadigan yana bir qudratli vosita borki, u ham bo‘lsa, so‘z san’ati, abadiy adabiyodir». Ammo, agar ko‘chirma gap alohida abzas ko‘rinishida yangi qatordan berilgan bo‘lsa, qo‘shtirnoqqa olinmaydi va uning boshlanishi oldidan tire qo‘yiladi: – Telefon qildilar! Indinga kelyaptilar, samolyotda! – dedi Saltanat entikib. – Qaysi reysda? – Nima? – Reysini so‘rayapman, qaysi reys? (O‘. Usmonov. «Girdob») 2. Agar ko‘chirma gap muallif gapidan keyin kelsa, muallif gapidan so‘ng ikki nuqta qo‘yiladi va ko‘chirma gap bosh harf bilan boshlanadi; ko‘chirma gap darak mazmunida bo‘lsa, nuqta qo‘shtirnoqdan tashqarida, so‘roq mazmunida yoki emotsionallikka ega bo‘lganda esa so‘roq yoki undov belgisi, shuningdek, ko‘pnuqta yopiluvchi qo‘shtirnoqdan oldin qo‘yiladi: To‘rtinchisi dedi: «Aytganlarimdan ko‘ra, aytmaganlarimni rad qilish menga osonroq…» (G‘azzoliy. «Til ofatlari kitobi»). 3. Ko‘chirma gap muallif gapidan oldin kelsa, muallif gapidan oldin tire qo‘yiladi; ko‘chirma gap darak mazmunida bo‘lsa, qo‘shtirnoqdan keyin vergul qo‘yiladi, so‘roq mazmunida yoki emotsionallikka ega bo‘lganda esa so‘roq yoki undov belgisi, shuningdek, ko‘pnuqta yopiluvchi qo‘shtirnoqdan oldin qo‘yiladi, muallif gapi esa kichik harf bilan boshlanadi: «Barakalla, o‘g‘lim!» – dedi Hasanali. (A. Qodiriy. «O‘tkan kunlar»). 4. Muallif gapi ko‘chirma gapning ichida kelganda, muallif gapi ikki tomonidan tire bilan ajratiladi; bo‘laklangan ko‘chirma gap qismlarining har biri emas, balki yaxlit ko‘chirma gap qo‘shtirnoqqa olinadi: «Meni ma’zur tuting, ustod, – dedi G‘iyosiddin, – kelayotgan edim, masjidi jomeda Husayn Voiz Koshifiy nutq so‘zlayotgan ekan, shunga mahliyo bo‘lib qolibman». 39 5. Agar bo‘laklangan ko‘chirma gapning birinchi qismi bo‘laklangunga qadar nuqtani taqozo etgan bo‘lsa, ko‘chirma gapning ayni uzilgan joyida vergul qo‘yiladi va muallif gapi kichik harf bilan boshlanib, undan keyin nuqta qoyiladi; ko‘chirma gapning ikkinchi qismi bosh harf bilan boshlanadi: «Yo‘q, savolni noto‘g‘ri qo‘ydingiz, – dedi Zargarov. – Bunday: Saltikov ilgari o‘lganmi, Shchedrinmi?» (A. Qahhor. «O‘jar»). 6. Agar bo‘laklangan ko‘chirma gapning birinchi qismi bo‘laklangunga qadar so‘roq yoki undov belgisini taqozo etgan bo‘lsa, ko‘chirma gapning ayni uzilgan joyida so‘roq yoki undov belgisi qo‘yiladi va muallif qapi kichik harf bilan boshlanib, undan keyin nuqta qo‘yiladi; ko‘chirma gapning ikkinchi qismi bosh harf bilan boshlanadi: «Tavba! – deyman. – Bu qanaqasi bo‘ldi!» (Sh. Xolmirzayev). 7. Ko‘chirma gap muallif gapining ichida kelganda, u bosh harf bilan boshlanib, qo‘shirnoqqa olinadi va uning oldidan ikki nuqta qo‘yiladi; ko‘chirma gapdan keyin uning mazmuniga muvofiq vergul yoki so‘roq, yoki undov, yoki ko‘pnuqta qo‘yiladi, bu belgilardan keyin esa tire qo‘yiladi: Afandining oshnasi undan: «Mulla Nasriddin, bola-chaqa ko‘pmi? – deb so‘rabdi. – Bolam ko‘p-u, chaqam kamroq, – deb javob beribdi Afandi». Download 2.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling