Sh. Ziyamuxamedova, G. Gulyamova yuristning yozma nutqi


Download 2.82 Kb.
Pdf ko'rish
bet38/68
Sana31.01.2024
Hajmi2.82 Kb.
#1832280
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   68
Bog'liq
yuristning yozma nutqi

Umr hikmati
«Inson umrining o‘zi bir hikmat. Zero, bu hayotda kimgadir 
umrning oppoq daftarini nurli bitiklarga to‘ldirib yashash, 
kimgadir butun umr ezgu o‘y, ezgu amallar yog‘du sochib turgan 
manzillarga intilib yashamoqlik baxti nasib etadi.


69
Tasavvur qiling: aql mash’ali bilan ming yillar burun 
dengiz ortini yoritgan Beruniy siymosini jonlantirmoq uchun 
ulug‘ vatandoshimizning tafakkur olamiga qay darajada oshno 
bo‘lmoq va uni qay darajada idrok eta olmoqlik talab etiladi. 
Qolaversa, shunday daho bilan dardlashgandek bo‘lib, ul zotning 
tafakkur ziyosidan bahramand bo‘lishga havas uyg‘otguvchi 
tuyg‘uni avlodlar qalbiga joylash ehtiyoji-chi? Buning uchun 
igna bilan quduq qazigandek o‘nlab kitoblarni mutolaa qilish
ona tarixni shunchaki bilishning o‘zigina kamlik qilar. Ehtimol, 
o‘tmishimizning yorug‘ timsollaridan o‘z qalbiga nur indirish va 
bu nurni ranglar jilvasida tasvir etish san’ati ham zarur bo‘lur.
Atoqli musavvir Malik Nabiyev qalbida ulug‘ ajdodlarimiz 
shavkatidan faxr-iftixor hissini tuyish shu qadar kuchli bo‘lganidan 
Amir Temurdek buyuk sohibqiron suvrati va siyratini xalqimizga 
manzur bo‘ladigan darajada gavdalantirishga muyassar bo‘ldi». 
Murod Abdullayev. «O‘zbekiston adabiyoti va san’ati» gaz.,
2008, 2-may

Istiqlol davri badiiy adabiyoti sahifalarini varaqlar ekanmiz
hozirgi davr badiiy adabiyoti tili, badiiy nutq nasriy asarlarda 
ham, nazmiy asarlarda ham yangi ruh bilan boyigani, yangi-
yangi obrazlar bilan birga, yangicha nutqiy vositalar ila 
boyiganini ko‘ramiz. Bu so‘zlarning tanlanishida ham, yangicha 
gap shakllarida ham, fikrlar hamda his-tuyg‘ularning davr ruhi 
bilan hamohang, hamnafas bo‘lishga intilishida ham ko‘rinadi. 
Namunalarni solishtiraylik:
«Nasim oshna, men birinchi ko‘ngildan iffatlisini ko‘rmadim, 
birinchi ko‘ngildan so‘nmasini ko‘rmadim.
Oshiq umrim mobaynida juda ko‘p qizlarni ko‘rdim.
Men qizlarni ko‘chalarda, teatrlarda ko‘rdim, to‘y-ma’rakalarda, 
kinolarda ko‘rdim. Bari qizlar xushro‘y-xushro‘y… Ayniqsa, hind 
kinolaridagi qizlar? Suv bilan yutguday qizlar! Suluv-suluv qizlar!


70
Hind qizlari to‘lg‘anib-to‘lg‘anib, eshilib-eshilib o‘ynadi!
Hind qizlari har qancha eshilib o‘ynasa-da, to‘lg‘anib o‘ynasa-
da, baribir… baribir, Momoqizga kelbat bermadi. Hind qizlari-da 
Momoqiz bo‘lolmadi.
Oshna, Tilovberdining onasiga-da ko‘nglim ketib uylandim. 
U… u Momoqizdan-da xushro‘y…
Oshna, uyam Momoqizning oldidan o‘ta bersin! 
Nasim oshna, men Momoqizdan ulug‘ini ko‘rmadim!»
Tog‘ay Murod,»Yulduzlar mangu yonadi».
Xullas, badiiy nutq ko‘p qirrali nutq bo‘lib, tilning boyligini, 
butun imkoniyatlarini to‘lig‘icha namoyon qila oladi. Shuning 
uchun tilni o‘rganish, undagi o‘zgarishlarni kuzatishda badiiy 
nutq (badiiy adabiyot tili) asos bo‘lib xizmat qiladi.

Download 2.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   68




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling