Sharq falsafasi. G’arb falsafasi


Download 344 Kb.
bet17/35
Sana24.04.2023
Hajmi344 Kb.
#1395297
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   35
Bog'liq
1-MAVZU. FALSAFANING FAN VA DUNYOQARASHGA DOIR MOHIYATI. BO’LG’USI PEDAGOGLARDA FANNI O’QITISHNING NAZARIY-AMALIY AHAMIYATI

Akvinalik Foma. Sxolastikani tizimga solishda dominikanlar Ordenining vakili Akvinalik Foma (1225-1274) muhim hissa qo’shdi. U o’ziga maqsad qilib xristianlik aqidalarini aqlga muvofiq ravishda ishlab chiqishga bel bog’ladi. Arastu shunday asosni yaratgan ediki, unga tayangan Foma xristianlik tushunchasi bo’lgan g’oyaviylik va moddiylik nisbatini avvaldan berilgan shakl qoidasi (tartib qoidasi) bilan beqaror va to’la barqaror bo’lmagan modda qoidasi (borliqning eng zaif ko’rinishi) o’rtasidagi nisbatni qoidaga aylantirdi. YAkka ko’rinishdagi hodisalar dunyosi, Akvinalik Foma nuqtai nazaricha shaklning birinchi qoidasi va moddaning qo’shilishidan tug’iladi. Insonning ruhi esa, shakl tashkil qiluvchi qoida bo’lib, o’zining yakka tarzda namoyon bo’lishini faqat badan bilan qo’shilgan holatdagina qo’lga kiritadi.
Ushbu xulosaviy qoida xristianlik sxolastikasining eng keskin masalalaridan birini murosasizlik jihatdan yakunladi. SHakllanayotgan xristianlik, sxolastika kabi, idealistik tizim bo’lib, o’zining moddaga bo’lgan munosabatini talqin qilishda chuqur tashvishda edi, negaki Xudoning uchinchi ko’rinishi bo’lgan Iso Masih, inson siymosida namoyon bo’lgan edi, ya’ni o’zida ham ilohiy (g’oyaviy), va ham insoniy (moddiy-jismiy) tabiatni birlashtirgan edi. Ilohiylik va insoniylikning qo’shilishi yolg’on borliq sifatida moddani to’la inkor etishga, uni «hech nima» (uni «hech nimadan» yaratilganligini aqida talab qilar edi) deb e’lon qilishga imkon bermas edi. SHuning uchun Akvinalik Foma tomonidan moddani «borliqning eng zaif ko’rinishi» sifatida talqin qilinishi cherkov tomonidan vujudga kelgan uslubiy va mantiqiy boshi berk ko’chadan chiqish sifatida qabul qilindi. Natijada modda sxolastikada tobelik holatida bo’lsa ham, qisman mavjud bo’lish huquqini qo’lga kiritdi.
Realizm va nominalizm. G’oyaviylik va moddiylik haqidagi eng keskin bahs realistlar (lot. realis–haqiqiy, ashyoviy) va nominalistlar (lot. nomen–ism, nom) o’rtasidagi mashhur munozarada namoyon bo’ldi. Gap universaliy (lot. - umumiy) umumiy yoki tur deb atalgan tushunchalarining tabiati haqida borar edi. Realistlar (Ioann Skott Eriguna, Kenterberiylik Anselm, Akvinalik Foma) Arastuning umumiylik yagonalik bilan bog’liq ravishda mavjud bo’lib, uning shaklidir degan qoidasiga asoslanadilar. Akvinalik Fomada universaliylar uch xil ko’rinishda mavjud edilar: «ashyolargacha» ilohiy aqlda; «ashyolarning o’zida» ularning mohiyati sifatida; va «ashyolardan so’ng» abstrakt fikrlash natijasi sifatida inson aqlida. Bunday Hukm yuritish falsafa tarixida «umumiy» faqat ashyolardan tashqarida mavjud bo’ladi degan «o’ta keskin realizm» dan farqli o’laroq, «mo’’tadil realizm» nomini oldi. O’ta keskin realizm o’zining ildizlari bilan Aflotun ta’limotiga borib taqalar edi va o’zining idealistik sxolastikaga yaqin bo’lib ko’rinishga qaramasdan cherkov tomonidan aynan shuning uchun qabul qilina olmas ediki, modda xristianlik tomonidan Iso Masihning ikki tabiatidan biri sifatida oqlangan edi.
Nominalistlar esa (Rosselin, Per Abelyar) «umumiy» ning ob’ektiv mavjudligini rad etib, universaliylar faqat tafakkurdagina mavjud deb hisoblar edilar. Ular umumiyning borligini faqat muayyan yakka ashyolardagina emas, balki uni «ashyolargacha» ham mavjudligini rad etar edilar va bu esa moddaning oldin kelishligi haqidagi shiorni qabul qilish bilan barobar edi. Rosselin fikricha, universaliylar faqat ashyolarning ismlaridir. Faqat yakka olingan narsalar mavjuddir. Rosselin va boshqalarning nominalistik qarashlari cherkov tomonidan mahkum etildi.

Download 344 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling