Shartnoma to`G`risida umumiy tushunchalar


-modda. O‘zbekiston Respublikasining ratifikatsiya qilinadigan xalqaro shartnomalari


Download 180.5 Kb.
bet7/11
Sana30.03.2023
Hajmi180.5 Kb.
#1308853
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
shartnoma tuzish

14-modda. O‘zbekiston Respublikasining ratifikatsiya qilinadigan xalqaro shartnomalari
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari Oliy Majlis tomonidan ratifikatsiya qilinadi.
Quyidagilar: O‘zbekiston Respublikasining hamkorlik va o‘zaro yordam to‘g‘risidagi shartnomalari; davlatlararo munosabatlarning asoslari to‘g‘risidagi shartnomalar; O‘zbekiston Respublikasining mudofaa qobiliyatiga daxldor masalalar bo‘yicha shartnomalar; kuch ishlatishdan yoki kuch ishlatish bilan tahdid qilishdan o‘zaro voz kechish to‘g‘risidagi shartnomalar; tinchlik shartnomalari va kollektiv xavfsizlik to‘g‘risidagi shartnomalar; O‘zbekiston Respublikasining boshqa davlatlar bilan hududiy chegaralanishi to‘g‘risidagi shartnomalar;
1.3. O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini ratifikatsiya qilish
O‘zbekiston Respublikasining davlatlararo ittifoqlarda, xalqaro tashkilotlarda va boshqa birlashmalarda ishtiroki to‘g‘risidagi shartnomalar; ijrosi amaldagi qonunlarning o‘zgartirilishini yoki yangi qonunlar qabul qilinishini taqozo etadigan, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining qonunlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalarni belgilaydigan xalqaro shartnomalar ratifikatsiya qilinadi.
Tuzish vaqtida tomonlar kelgusida uni ratifikatsiya qilish to‘g‘risida kelishib olgan O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari ham xuddi shunday ratifikatsiya qilinadi.
Oliy Majlis O‘zbekiston Respublikasining boshqa xalqaro shartnomalarini ham ratifikatsiya qilishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan yoki u vakolat bergan organlar tomonidan xalqaro moliya institutlari bilan tuzilgan O‘zbekiston Respublikasining xalqaro zayom va kafolatli shartnomalari ratifikatsiya qilinmaydi va O‘zbekiston Respublikasi uchun imzolangan paytdan e’tiboran kuchga kiradi.
15-modda. O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini ratifikatsiya qilish to‘g‘risidagi takliflar
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga muvofiq imzolangan xalqaro shartnomalarni ratifikatsiya qilish to‘g‘risidagi takliflar Oliy Majlisga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan kiritiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qaroriga muvofiq imzolangan O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini ratifikatsiya qilish to‘g‘risidagi takliflar Oliy Majlisga O‘zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan kiritiladi, bu haqda tegishli qaror qabul qilinadi.
O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini ratifikatsiya qilishga kiritish to‘g‘risidagi takliflar Tashqi ishlar vazirligi tomonidan mustaqil ravishda yoki agar shartnoma boshqa vazirliklar va idoralarning vakolatlariga kiradigan masalalarga daxldor bo‘lsa, ular bilan kelishilgan holda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti yoki O‘zbekiston Respublikasi Hukumatiga kiritiladi.
16-modda. O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini ratifikatsiya qilish to‘g‘risida Oliy Majlisning qarori
O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasini ratifikatsiya qilish to‘g‘risidagi Oliy Majlisning to‘xtami — qaror shaklida qabul qilinadi.

Download 180.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling