Shaxsning jamoada qaror topishi. Shaxs


Jamoa rivojlanishining ikkinchi bosqichi


Download 215.5 Kb.
bet3/5
Sana18.01.2023
Hajmi215.5 Kb.
#1099164
1   2   3   4   5
Bog'liq
jamoa

Jamoa rivojlanishining ikkinchi bosqichi. Bu bosqich jamoa faolining oʻqituvchi talabini qoʻllab-quvvatlash va uning oʻzi ham bu talablarni jamoa a’zolari zimmasiga qoʻyishi bilan tafsiflanadi. Endilikda oʻqituvchi jamoada paydo boʻlgan va u bilan bogʻliq muammo, masalalarni yolgʻiz oʻzi hal qilmaydi. Jamoa faolini bu ishga uni jalb etadi. Ushbu bosqichda jamoa hayotini tashkil qilish usuli murakkablashib boradi, ya’ni, jamoa oʻz-oʻzini boshqarishga oʻtadi.
Oʻquvchilar amaliy faoliyatining doimiy ravishda murakkablashib borishi mazkur davrining muhim xususiyati sanaladi. Ikkinchi bosqichda jamoaning muhim ishlarini oʻquvchilar tomonidan mustaqil rejalashtirilishi, tadbirlarni oʻtkazishga tiyyorgarlik, uni oʻtkazish hamda faoliyat natijalarini muhokama qilish jamoa faoliyatining ijodiy xususyat kasb etishini koʻrsatuvchi omillar sanaladi.
Jamoaning ijobiy rivojlanishi uning a’zolarida motiv (ragʻbat)larning paydo boʻlishi, ijodiy hamkorlik va oʻzaro yordam munosabatlarining tez sur’atlar bilan rivojlanishiga olib keladi.
Jamoada mustaqil faoliyatning yuzaga kelshida jamoa faolining roli beqiyosdir. Ammo jamoa faolining jamoa a’zolari orasida hurmat qozona olishi, ularga namuna boʻlishi, oʻz burchlarini aniq va puxta bajarishi hamda oʻz mavqelaridan nooʻrin foydalanmasliklari juda muhimdir. Bu oʻrinda A.S.Makarenkoning jamoa faoliga nisbatan “jamoa vijdoni” deya bergan ta’rifini eslab oʻtish joizdir. Jamoa faoli birmuncha imtiyozlar (huquqlar)ga ega boʻlsada, ayni paytda uning oʻziga ham oshirilgan talablarning qoʻyilishi maqsadga muvofiqdir.
Jamoaning rivojlanishi bu bosqichda toʻxtab qolishi mumkin emas, chunki faoliyat koʻrsatayotgan kuch jamoaning bir qismigina xolos. Bordi-yu, jamoaning rivojlanishi ushbu bosqichda toʻxtatib qolinsa, jamoa faolining guruhning boshqa a’zolari bilan qarama-qarshi qoʻyish xavfli tugʻilishi mumkin. Bu bosqichda jamoaning barcha a’zolarining alohida faollik koʻrsatishga erishishlari zarur sanaladi.
Jamoa rivojlanishining uchinchi bosqichi. Bu bosqich anchagina sermahsul boʻlib, unda butun jamoa “ayrim oʻzini chetga olib qoluvchi, injiq shaxs”larga talab qoʻya boshlaydi.
Jamoa ishiga ushbu bosqichda faqat faolgina emas, balki uning butun a’zolari qiziqadi. Jamoa hayotidagi uchinchi bosqich, ijtimoiy fikr mavjudligi bilan ifodalanadi. Oʻqituvchi mazkur yoʻnalishda maqsadga muvofiq va izchil ish olib borgan sharoitdagina ijtimoiy fikrni shakllantirishga erishishi mumkin. SHu maqsadda u yoki bu tadbir rejasi, jamoaning birgalikdagi faoliyati va uning a’zolari xatti-harakati jamoa boʻlib muhokama qilinadi, turli mavzularda suhbatlar va ma’ruzalar uyushtiriladi, oʻquvchilar oʻrtasida samarali axborot vositalari yordamida ijtimoiy-gʻoyaviy, axloqiy, estetik, ekologik, huquqiy, iqtisodiy va hokazo bilimlarning targʻiboti tashkil etiladi. Oʻqituvchi jamoa a’zolarining birgalikdagi faoliyatini tashkil etar ekan, jamoa a’zolarining ijodiy tajribasiga hissa qoʻshish imkonini beradigan oʻzaro munosabatlarini shakllantirishga ta’sir koʻrsatadigan shakl va metodlardan foydalanadi.
Jamoaning har bir a’zosida ijtimoiy ahamiyatli faoliyatni maqsadga muvofiq ravishda tashkil etish koʻnikmasini hosil qila olishi jamoa a’zolari orasida barqaror insoniy munosabatlarning tarkib topishiga yordam beradi.
Jamoada barqaror insoniy munosabatlarning yuzaga kelishining sababi – uning a’zolarini ijobiy, madaniy-ma’rifiy mazmunga ega boʻlgan ishlarni tashkil etishda faol ishtirok etishlaridir.
Jamoa rivojlanishining uchinchi bosqichda koʻrsatib oʻtilgan xususiyatlar shundan dalolat beradiki, ushbu bosqichda jamoa faoligina emas, balki jamoaning har bir a’zosi bir-birlariga nisbatan axloqiy mazmundagi talablarni qoʻya boshlaydilar.

Download 215.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling