Shaxsning o’z-o’ziga baho berishi va kasbiy o’zligini anglashi. Reja


Dembo-Rubenshteynning O`z-o`zini baholash metodikasi


Download 35.07 Kb.
bet2/4
Sana10.02.2023
Hajmi35.07 Kb.
#1183860
1   2   3   4
Bog'liq
Mavzu Shaxsning o’z-o’ziga baho berishi va kasbiy o’zligini ang

Dembo-Rubenshteynning O`z-o`zini baholash metodikasi

Sog`liqq


Baxt

Xarakter


Aql, qobiliyat

Sog’liq ko’rsatkichi:


Sinaluvchilarning sog’liq bo’yicha ko’rsatkichlarini eng past darajasi 13% ni, o’rtacha darajasi 10% ni, yuqori darajasi esa 77% ni tashkil etgan. Demak, sinaluvchilarning asosiy qismi o’zining salomatligiga ishonadi. Bu ularning ko’p kasal bo’lmasliklari bilan bog’liq bo’lishi mumkin. Bu ko’rsatkich umumiy tahlil qilinsa, ijobiy natija sifatida olinishi mumkin, chunki barkamol va sog’lom avlodni tarbiyalash muhim bo’lgan ayni sharoitda yosh avlodning salomarligi dolzarb ahamiyat kasb etadi.
Sinaluvchining BAXT ko’rsatkichi bo’yicha natijalari quidagicha – past darajasi – 8%, o’rta ko’rsatkich – 10%, yuqori ko’rsatkich – 82% ni tashkil etdi. Bunga ko’ra sinaluvchilarning kata qismi o’zini baxtli xis qilinishini ko’rishimiz mumkin. Bbu ko’rsatkich ham davlatimiz tomonidan qo’yilgan ayni kundagi talab va siyosatga mos keladi. Bolalarning o’zini baxtli xis qilishi ularning ozod va obod Vatanda yashashini his qilishi bilan bog’liq holda tahlil qilinsa yanada ijobiy baho berish mumkin. Qolaversa, o’zini baxtli his qilgan bola, avvalo, ruhan baquvvat bo’ladi, bu uning po’quv faoliyatiga ham o’zining ijobiy ta’sirini ko’rsatishi mumkin. Bu esa uning shaxs sifatida shakllanishiga o’z ijobiy ta’sirini ko’rsatmasdan qolmaydi.
AQLIY DARAJA ko’rsatkichi – sinaluvchilarda quidagicha taqsimlangan – past daraja – 15%, o’rta daraja, 20%, yuqori daraja 65% ni tashkil etgan. Sinaluvchilarning asisiy qismida o’zining qobilyatlarini yuqori darajada baholashgan. Buni shunday izohlash mumkinki, bolalarning o’z kuchi va imkoniyatlariga bo’lgan ishonchini ko’rsatadi. Malumki, “Men” – obrazi shakllanishining reallik darajasi va tayanchlari maktabgacha davrda paydo bo‘lib, aynan maktabdagi o’zlashtirish darajasi bilan bog‘liq. Shu o’rinda bolalardagi past ko’rsatkich - o‘z qadr qimmati haqidagi tasavvurning yaxshi shakllanmaganligi va bu esa bolada maktabda o‘qish bilan bog‘liq turli qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi.
Sinaluvchilarning XARAKTER ko’rsatkichlari quidagicha - past daraja - 20%, o’rta daraja - 13%, yuqori daraja - 67%ni tashkil etgan. Bu ko’rsatkich sinaluvchining “MEN” konsepsiyasi bilan bog’liq. Shaxsning o‘z-o‘zini baxolashi, o‘zining xulq atvori, hatti-xarakati, fikr ma'sulligi hamda jamiyatdagi o‘rnini aniq bilib borishi uning ayni paytdagi “Мen” ini belgilaydi.
Yuqoridagi ko’rsatkichlar sinaluvchilarning shaxs sifatida rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko’rsatuvchi omillar sifatida ko’rinadi. Bilamizki, Shaxsning o‘y-fikrlari, muayyan maqsad yo‘lidagi kelajak orzu-intilishlari, tasavvurlari “men” obrazini tashkil etadi. Shuning zaminida shaxs rejalari, kasb faoliyati jarayonidagi faol harakatlari va istaklarini ro‘yobga chiqa borishi esa “men” qobiliyatini vujudga keltiradi. Shaxs qobiliyatining rivojlanishi va ro‘yobga chiqishida ichki va tashqi omillarning ta'siri bor. Ichki omil deganda shaxs ruhiyati va fikriy sog‘lomligi, mantiqiy tafakkurining aniqligi, iroda va e'tiqodning butunligi tushuniladi.
Kasbiy o'zlikni anglash tushunchasi "men-tushuncha", "o'z taqdirini o'zi belgilash" va "professionallik" tushunchalari bilan kesishadi. Kasbiy identifikatsiyaning asosiy elementlari kognitiv, affektiv, xulq-atvor komponentlarini o'z ichiga oladi. Kasbiy o'zini o'zi anglashda muhim rol "Men" ning professional imidjini, professional I-kontseptsiyani o'ynaydi. Kasbiy o'zini o'zi anglash kasbiy faoliyat tizimida mehnat predmetini anglash sifatida namoyon bo'lishi mumkin. Shuning uchun kasbiy o'zini o'zi anglash kasbiy o'zini o'zi aniqlashning natijasi sifatida qaraladi 2, 3]. Kasbiylik - bu professional o'zini o'zi aniqlashning, yuqori darajadagi kasbiy rivojlanish va o'z-o'zini anglashning natijasidir.Shuni ta'kidlashni istardimki, mahalliy olimlarning o'z-o'zini anglashni o'rganishga bag'ishlangan asosiy ilmiy tadqiqotlari, xususan B.G.ga tegishli. Ananyev, V.V. Stolin, E.A. Klimov, E.F. Ko'ruvchi, A.K. Markova, E.Yu. Pryazhnikova va boshqalar.
Huquqni muhofaza qilish organlari faoliyatida psixologiya yoki psixologik bilimlar doimo zarur bo'lgan. Chunki bu inson va uning ruhiyati bilan bog'liq va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari bevosita va bilvosita shaxslar bilan ishlaydi. Shunday ekan, inson shaxsini o'rganish masalasi bilan falsafa, psixologiya, pedagogika kabi fanlar shug'ullanadi. Hozirgi davrda inson muammosi aniq va ijtimoiy fanlarning umumiy tadqiqot obyektiga aylanib bormoqda. Birinchidan, inson u yoki bu aloqa tizimiga binoan biologik evolutsiya mahsuli sifatida o'rganiladi. Ikkinchidan, shaxs tarixiy jarayonning ham obyekti, ham subyekti tariqasida tadqiq etiladi. Uchinchidan, individ muayyan ko'lamda o'zgaruvchan taraqqiyotning genetik dasturiga asoslanuvchi alohida xususiyatli jonzod tarzida ilmiy jihatdan tekshiriladi.
XXI asrda yashovchi shaxslar insonparvarlik g'oyalarini o'zida aks ettiruvchi kishilar sifatida hayot va faoliyatda o'zini o'zi nazorat qilish, baholash, ifodalay olish, kamol toptirish, kashf qilish va o'ziga o'zi buyruq berish imkoniyatlariga ega bo'lmoqlari lozim. Bu esa, o'z navbatida, muayyan davrni taqozo etadi. Bir ijtimoiy jamiyatning ikkinchisiga almashishi, shuningdek milliy mustaqillik va uning ne'matlari respublikamizda tub o'zgarish- larni vujudga keltirmoqda. Milliy tuyg'u, milliy qiyofa, milliy ta'b, milliy kuy, milliy raqs, milliy ma'naviyat, qadriyat hamda ruhiyat ta'siri ostida o'zining tub mohiyatini aks ettira boshladi. Mehnat tufayli hayvonot olamidan ajralib chiqqan va jamiyatda rivoj topayotgan, boshqa odamlar bilan birgalikdagi faoliyatini amalga oshirayotgan va ular bilan munosabatga kirishayotgan kishi sekin-asta shaxsga aylanib bormoqda. Moddiy dunyoni, jamiyatni va, xususan, o'zini o'rganish va faol tarzda qayta o'zgarish subyektiga aylan- moqda. O 'z menligini anglagan, o 'zgalar bilan o 'zaro munosabatlarga kirisha oladigan, tabiat va jamiyatga faol ta'sir o'tkaza oladigan, har qanday individga shaxs deyiladi.
Chaqaloqning inson zotiga mansubligi individ tushunchasida ifodalanadi (bundan farqli o'laroq, hayvonot bolasi dunyoga kelishi bilanoq va hayotning oxiriga qadar jonzod deb yuritiladi). «Individ» tushunchasida kishining nasl-nasabi ham mujassamlashgan. Shunday qilib, muayyan kishini individ deb ataganda, biz juda ko'p narsalarni aytgan bo'lamiz. Aslini olganda, bu bilan uning po- tensial ravishda inson ekanligi ta'kidlanadi. Individ sifatida dunyoga kelgan kishi alohida ijtimoiy fazilat kasb etadi, shaxs bo'lib yetishadi. Individuallik kishining o'ziga xosligini, uning boshqa odamlardan farqini aks ettiruvchi psixologik fazilatlar birikmasidir. Individuallik temperament va xarakter xususiyatlarida, odatlarda, ustun darajadagi qiziqishlarda, bilish jarayoniga oid fazilatlar (idrok, xotira, tafakkur, tasavvur)da, qobiliyatlarda, faoliyatning shaxsga xos usullari va boshqalarda namoyon bo'ladi. «Individ» va «shaxs» tushunchalari bir-biriga o'xshash bo'lma- gani singari, o'z navbatida, shaxs va individuallik ham birlikni tashkil qiladi, lekin ular bir-biriga o'xshash emas.
«Shaxs» va «individuallik» tushunchalari qanchalik darajada bir- likdan iborat bo'lganiga qaramay, bir-biriga mos kelmasligining o'zi ham shaxsning tuzilishini kishining individual-psixologik xislatlari va fazilatlaridan tarkib topadigan allaqanday shakl sifatida tasavvur qilish imkoniyatini bermaydi. «Shaxs» va «individuallik» tushunchalari (xuddi «individ» va «shaxs» tushunchalari singari) aynan bir-biriga o'xshaydi, deb tan olinadigan va shaxsga tabiatan ijtimoiy munosabatlar subyekti sifati- da, individning tizimi tarzidagi ijtimoiy fazilat sifatida qaraladigan G'arb psixologiya fanining ayrim yo'nalishlarida shaxs bilan indivi- duallikning tuzilishi bir-biriga tobora mosligi tan olinadi. Bunday psi- xologik maktablar va yo'nalishlarning vakillari individuallikning tuzi- lishi aniq ta'riflab berilsa bas, bu kishining shaxsini to'lig'icha o'z ichiga oladi va ta'riflab beradi, degan nuqtai nazarni ilgari suradilar
Haqiqatda esa, agar shaxs hamisha o'zining muayyan ijtimoiy muhiti bilan «haqiqiy munosabatlar» subyekt sifatida namoyon bo'li- shi inobatga olinadigan bo'lsa, shaxsning tuzilishiga muayyan ijtimoiy guruhlar, jamoalar faoliyati va munosabatida tarkib topadigan ana shu «haqiqiy munosabatlar» va aloqalar muqarrar tarzda kiritilishi shart. Jumladan, psixologiyada individuallikning ko'pgina xislatlari - moslashuvchanlik, tajovuzkorlik, moyillik darajasi, tashvishlanish va shular kabilar aniqlangan. Bular jamlanib individning o'ziga xosligini ko'rsatadi. Shunday qilib, inson shaxsining tuzilishi individuallikning tuzili- shiga qaraganda keng ekanligi shubhasiz. Shu boisdan bunga, birinchi navbatda, uning individualligini ko'rsatadigan va faqat ehtirosda, ich- ki qiyofada, qobiliyatlarda va boshqalarda ancha keng ifodalanadigan fazilatlari va umumiy tuzilishigina emas, balki shaxsning rivojlanish darajasi har xil bo'lgan guruhlarda, guruh uchun yetakchi hisoblangan faoliyat orqali ifodalanadigan individlararo munosabatlarda o'zini namoyon etishini ham qo'shish shart. Individuallik tarzida shaxsni tadqiq etish natijasida olingan ma'lumotlar individlararo munosabatlar subyekti sifatida shaxsning ta'rifiga bevosita ko'chirilishi mumkin emas: individual-tipik xususiyat shaxs yashayotgan va shakllanayot- gan birlikning rivojlanishiga va individlararo munosabatlarning bilvo- sita ifodasi hisoblangan faoliyatning xususiyati, qadriyatlari va maq- sadlariga bog'liq tarzda, jiddiy ravishda turli xil ko'rinishda namoyon bo'ladi. Inson shaxsi tuzilishida biologik (tabiat) va ijtimoiy omillarning o'zaro nisbati masalasi hozirgi zamon psixologiyasidagi eng murak- kab va munozarali masalalardan biridir

Download 35.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling